"Himoyaga ruhsat etilsin"


Download 65.16 Kb.
bet3/11
Sana24.01.2023
Hajmi65.16 Kb.
#1117800
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Yevropa

Shimoliy Yevropa mamlakatlaridagi demografik vaziyatning umumiy jihatlari tug'ilish va o`limning past ko'rsatkichlari bilan tavsiflanadi. Biroq Skandinaviya va Boltiq mamlakatlarida demografik lmlat bir xil emas. Litva, Latviya va Estoniyada, uzoq muddat mobaynida Skandinaviya davlatlariga xos bo'lmagan aholining tabiiy kamayishi va migratsiyaning manfiy balansi kuzatilmoqda, ya’ni bu uch davlatning aholisi vaqt o'tgan sari kamayib bormoqda. Shimoliy Yevropa, ayniqsa, Skandinaviya davlatlari uchun aholi zichligining birinuneha past ko'rsatkiehlari xos. Urbanizatsiya barcha davlatlarda 70 fotzdan yuqori darajada, Islandiya, Norvegiya, Daniya va Shvetsiyada esa bu ko'rsatkieh 90 foizdan ham o`tib ketadi. Shimoliy Yevropadagi eng yirik aglomeratsivalar poytaxti shaharlari negizida vujudga kelgan.

Skandinaviya davlatlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi jihatidan dunyodagi eng rivojlangan davlatlar safidan joy olgan. Turmush darajasi ko'rsatkichlari bo'yicha bu mamlakatlar ko'plab xalqaro reytinglarda eng yuqori qatorlarini egallaydi. Boltiq davlatlari esa sobiq sotsialistik tuzumidagi mamlakatlar sifatida o'tish iqtisodiyotidagi davlatlar hisoblanadi. Lekin bu blokdagi davlatlar ichida Litva, Latviya va, ayniqsa, Estoniya ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari bo'yicha peshqadamlikka erishib, ko'p jihatlari bilan rivojlangan mamlakatlarga yaqinlashgan.

Xalqaro mehnat taqsimotida Shimoliy Yevropa davlatlari o‘rmon va sellyuloza-qog‘oz sanoati, elektr energiyani ko‘p talab qiladigan rangli metallurgiya sanoati, ko‘p tarmoqli mashinasozlik (kemasozlik, avtomobilsozlik, elektronika va elektrotexnika va boshqalar), baliqchilik, sut-go‘sht chorvachiligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, dengiz transporti hamda turizm xizmatlarini ko‘rsatish bilan faol ishtirok etadilar. Shuningdek, Shimoliy Yevropa davlatlarida tarixiy-madaniy va ekologik turizm ham yaxshi rivojlangan. Finlyandiyaga, ayniqsa, Rojdestvo bayrami (25-dekabr) arafasida millionlab turistlar tashrif buyuradilar, chunki bu davlatda Santa-Klaus (ya’ni, Qorbobo)ning "rasmiy qarorgohi” joylashgan. Latviya esa dengiz turizmi (Riga, Yurmala shaharlari) rivojlanishi bilan alohida ajralib turadi.


Download 65.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling