Bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalari. Bitiruv ishining asosiy maqsadi – madaniyat va san’at muassasalari faoliyatini boshqaruv jarayonlarini o‘rganish. Ushbu maqsaddan kelib chiqib, ishning quyidagi asosiy vazifalari belgilab olindi:
– boshqaruv va uning nazariyasini o‘rganish;
Rahbar kadrlar saloyihatini oshirishga doir tavsiyalar ishlab chiqish;
– madaniyat va san’at muassasalari faoliyatini tahlil etish;
– madaniyat va san’at muassasalari boshqaruvini rivojlantirish;
– hozirgi kunda madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlanishidagi sa’y harakatlarni tahlil etish;
– madaniyat va san’at sohasiga doir imzolangan farmon va qarorlarning ijrosini tahlil etish;
Bitiruv malakaviy ishining obyekti va predmeti. Tadqiqotning obyekti O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha madaniyat va san’at muassasalari hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev va Vazirlar Mahkamasining madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish borasida imzolangan farmon va qarorlari, Madaniyat va turizm vazirligining tegishli buyruqlari, madaniyat va san’at sohasi bo‘yicha mutaxassislar tomonidan yaratilgan darslik va o‘quv qo‘llanmalari uning predmetidir.
Tadqiqotning nazariy-metadologik asoslarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev va Vazirlar Mahkamasining madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish borasida imzolangan farmon va qarorlari, Madaniyat va turizm vazirligining tegishli buyruqlari, madaniyat va san’at sohasi bo‘yicha mutaxassislar tomonidan yaratilgan darslik va o‘quv qo‘llanmalari, shuningdek umumiy ilmiy tamoyillar-ilmiy xolislik, mantaqiy izchillik, batartiblik bitiruv ishining mohiyatini ochib berishda katta ahamiyat kasb etadi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Tadqiqot madaniyat va san’at sohasining o‘ziga hos jihatlarini yangi davr nuqtayi nazaridan kashf etdi, unga yangicha mazmun va g‘oya berdi, mavjud kamchiliklar va muammolar tahliliy jihatdan ko‘rsatib o‘tildi, inson omili qanday o‘rinda ekanligi, madaniyat va sanat sohasi qamrovini oshirish nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |