Himoyaga ruxsat berildi” Xalq ijodiyoti fakulteti dekani E. Sodiqov


Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi


Download 66 Kb.
bet3/6
Sana30.09.2023
Hajmi66 Kb.
#1690277
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
namuna

Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi. Mintaqamizdagi Birinchi Renessans allomalaridan biri Farobiy fozil jamiyatni shunday tasvirlagan edi: Davlatning vazifasi insonlarni baxt-saodaatga olib borishdir. Bu esa ilm va yaxshi axloq yordamida qo‘lga kiritiladi. Bugun yurtimizda amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, ilm-ma’rifat sohasidagi ulkan o‘zgarishlarni tahlil etganimizda, har gal ulug‘ allomaning shu so‘zlari yodimizga kelaveradi.
O‘zbekistonda tarixan juda qisqa fursatda butunlay yangicha siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-ma’rifiy va madaniy muhit yaratildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Yangi O‘zbekistonni barpo etish va Uchinchi Renessans asosini yaratish borasidagi g‘oyasi va tashabbusi bugun reallikka ko‘cha boshladi.
Davlatimiz rahbari tomonidan madaniyat va san’at sohasi rivoji borasida amalga oshirilayotgan ishlar, say-harakatlar, madaniyatimiz va san’atimizning jahon hamjamiyatida tutgan o‘rnini oshirish va mustahkamlash kabi ma’lumotlardan asosida tadqiqot ishi olib borildi. Bitiruv malakaviy ishini asoslashda sohago doir ilmiy maqolalar, qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar, ommaviy axborot vositalari ma’lumotlaridan foydalanildi. Madaniyat va san’at muassasalari oldida turgan dolzarb vazifalar, davlat siyosatining madaniyat sohasiga qaratilgan yo‘nalishlari haqida atroflicha ma’lumotlar, fikr mulohazalar keltirilgan bo‘lib, ba’zi bir kamchiliklar ham e’tibordan chetda qolmagan. Prezidentimizning sohaga doir imzolagan farmon, qaror va farmoyishlariga sharh, shaxsiy fikr mulohazalar o‘rin olgan.
Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Mazkur mavzuni о‘rganishda, О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bir qator asarlari, madaniyat va san’at sohasida doir Farmon, qarorlari hamda sо‘zlagan nutqlariga murojat qilib, unda madaniyat va san’at sohasiga berilgan baholar, xususan bugungi О‘zbekistonning ijtimoiy – iqtisodiy ahvoli, ma’naviy – madaniy hayoti haqidagi fikrlari va mustaqillik yillari tarixiy xotirani tiklash, millat, jamiyat, о‘sib kelayotgan avlod hayotining ma’naviy asoslarini mustahkamlash yо‘lidagi kо‘rsatmalari va ularni amalga oshirish lozimligi va ahamiyati xususida berilgan oqilona fikr mulohazalari ishning asosiy manbaviy asosni va adabiyotlarini tashkil etdi.3
Jumladan, soha olimlaridan siyosiy fanlar nomzodi, professor Azamat Haydarovning madaniyat va san’at sohasiga doir adabiyotlaridan foydalanildi4.
Shuningdek, Sayyora To‘ychiyeva5, I. Mahmudov6, Xolov A7 va boshqa mualliflarning kitoblarida madaniyat va san’at muassasalarining maqsad vazifalari hamda soha rahbar kadrlari qanday bo‘lishi kerakligi bayon etilganligi bayon etilgan.

Download 66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling