Himoyaga ruxsat etaman” Hududiy markaz direktori
Download 78.19 Kb.
|
2 мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qor bo‘ron texnologiyasi.
- Asalari galasi texnologiyasi.
- Akvarium texnologiyasi
Mojaro texnologiyasi
Mojaro uslubi favqulotdagi vaziyatlarda qilinadigan hatti-harakatlarni tarbiyalanuvchilarga o‘rgatish maqsadida amaliyot mashg‘ulotlarda qo‘llaniladi. Tarbiyalanuvchiga muammo yuzasidan vaziyatga oid har qanday top shiriq ko‘rinishidagi qisqacha axborot taqdim etiladi. Berilgan top shiriqni tahlil qilib chiqish va 1-1,5 daqiqa ichida tezgina qaror qabul qilish zarur. Bu uslubda mashg‘ulot o‘tkazish tarbiyalanuvchilarning fikr qilishini juda ham faollashtiradi va ularni favqulotdagi vaziyatlarda ishlashga o‘rgatadi. Bunda muhimi topshiriqni to‘la bajarish emas, balki tezlik bilan chaqqon bajarishdir. Tarbiyalanuvchi topshiriqning birinchi galda uddalash kerak bo‘lgan qismini bajarishi mumkinki, bu ham uning o‘qishida ahamiyatga ega. Mazkur uslub mashg‘ulotning turli bosqichlarida qo‘llanilishi bilan birga, yangi materialni ishlab chiqish va mustahkamlashga qaratilgan asosiy bosqichda hammadan ko‘p foydalaniladi. Qor bo‘ron texnologiyasi. Ushbu uslubda ikki guruh tarbiyalanuvchilari bir muammo yoki vaziyatni eng ko‘p miqdorda to‘g‘ri javoblar olish maqsadida birgalikda muhokama qilishadi. Masalan, o‘rganilayotgan mavzuga doir savol topshiriqlar beriladi. Har bir to‘g‘ri javob «yumaloqlangan qor» ko‘rinishida o‘sha guruhga ball tariqasida yozib qo‘yiladi. Eng ko‘p ball olgan guruhga a’lo baholar qo‘yiladi. Asalari galasi texnologiyasi.Asalari galasi usulida berilgan muammoni yo butun guruh yoki ikkita kichik guruh tomonidan muhokama qilib chiqishga mo‘ljallangan. Topshiriqlar har xil yoki butun guruhga bitta bo‘lishi mumkin. Guruhlar muammoning yechimini 10-15 daqiqa davomida muhokama etib, hamkasblariga ma’lum qilishadi. Bunda eng yaxshi javob varianti tanlab olinadi. Akvarium texnologiyasi Akvarium uslubida guruhdan ixtiyoriy ravishda uch tarbiyalanuvchi tanlab olinadi. Bular gurux xonasining o‘rtasidan joy oladilar – go‘yoki akvariumdagi baliqlardek, qolgan tarbiyalanuvchilar esa, kuzatuvchi bo‘lishadi. Shu kichik guruhga bir vaziyat taklif etiladi, ular buni 10-15 daqiqa davomida birgalikda muhokama qilishlari, kuzatuvchilar esa, davradagi guruhdoshlarining to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri javoblarini tinglab borishlari kerak. Avval akvarium baliqlari fikri taklif etiladi, uni kuzatuvchilar muhokama qilishadi, keyin kuzatuvchilar o‘z fikrlarini taklif etishadi, shu fikrlarning eng yaxshisining muallifi o‘z fikrini taklif etmagan tarbiyalanuvchi o‘rniga kichik guruhga o‘tadi. Bu usul xuddi «Nima, qayerda va qachon?» degan o‘yin singari o‘tkazish mumkin, tarbiyachi oldindan tayyorlab qo‘yilgan savollarni beradi, tarbiyalanuvchilar berilgan savollarni bir daqiqa davomida muhokama qilib, javob berishadi. Javoblar qanoatlanarli bo‘lmasa, stolga boshqa uch nafar tarbiyalanuvchi borib o‘tiradi. Download 78.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling