«Himoyaga ruxsat etaman» Markaz direktori Y. Saidov


Yog‘och shaklidagi nuqsonlar


Download 433.02 Kb.
bet3/5
Sana01.11.2021
Hajmi433.02 Kb.
#169800
1   2   3   4   5
Bog'liq
Yog'ochlarning shakliy va tuzilishidagi nuqsonlar

Yog‘och shaklidagi nuqsonlar

Yog‘och tuzilishidagi nuqsonlarga tananing egriligi, ingichkalashishi, yo‘g‘onlashishi va g‘urralar kiradi. Ingichkalashish dumaloq yog‘och materiallarining asta-sekin ingichkalasha borishi yoki yonlari qirqilmagan arralash materiallarining butun uzunligi bo‘yicha (sortiment uzunligi har 1 metriga 1 sm ga teng kattalikdagi) normal ingichkalashishdan ortiq ingichkalashishidan iborat, Ingichkalashish yumaloq yog‘och materiallarshsh tilishda chitsindilar miqdorini ko‘paytiradi. Yumaloq yog‘och materiallaridagi va tilinmagan arralash materiallaridagi ingichkalashish sortiment yuqori va pastki uchlari diametrlari (yoki kengliklari) orasidagi farq bo‘yicha 1 m uzunlikka santimetrlarda yoki sortiment uzunligiga nisbatan protsentlarda o‘lchanadi, To‘nkali yog‘och materiallarida sortimentning pastki uchi pastki toretsidan 1 m masofadan hisobda olinadi.(3-rasm)

Yo‘g‘onlashish bu dumaloq yog‘och materialining to‘nka qismi juda yo‘g‘onlashishi yoki taxtaning ana shunday pastki qismining enini juda ortib ketishi to‘nka toretsi diametri toretsidan 1 m masofada o‘lchangan sortiment 59 diametri (eki eni)dan kamida 1,2 marta ortishi tushuniladi. Yo‘g‘onlashish dumaloq va qirrali shaklda bo‘lishi mumkin, Dumaloq tarzda yo‘g‘onlashgan sortiment ko‘ndalang kesimi doiraviy, qirrali yo‘g‘onlashishda esa sortiment ko‘ndalang kesimi yulduz-kurakcha shaklida bo‘ladi.

Bunday yog‘ochdan taxta tilganda, po‘stini tozalaganda, arralash mahsulotlarini yo‘nib olishda ko‘p chiqindi chiqadi, arralash maxsulotlari va shponda radial qiya tolalar hosil bo‘ladi.

Yo‘g‘onlashish to‘nka toretsidan va undan 1 m masofadan o‘lchanadigan sortiment diametrlari (kengliklari) orasidagi farqdan iborat va u chiziqli o‘lchamlarda yoki sortiment o‘lchamlari ulushlarida belgilanadi.

Qirrali yo‘g‘onlashishlar sortiment to‘nkasi toretsidagi eng katta va eng kichik diametrlar orasidagi farq bo‘yicha chiziqli o‘lchamlarda yoki torets diametrlari ulushlarida belgilanadi.

G‘urralar daraxt tanasidagi xilma: xil va kattakichik keskin yo‘g‘onlashish bo‘lib, tolalari chalkashib ketgan yog‘ochlik hosil qiladi. G‘urralar hamma yog‘och turlarida, ayniqsa, yaproqli daraxtlarda ko‘proq uchraydi. G‘urralari bo‘lgan yog‘ochni vazifasiga karab ishlatilishini hamda qayta ishlanishini qiyinlashtiradi. Tolalari chalkashib ketganligi, fatilalar yoki ko‘zlar (butoqlar) bo‘lishi tufayli g‘urraning teksturasi juda chiroyli bo‘ladi. Shuning uchun mebellar va nafis buyumlar yasashda g‘urrali yog‘och yuqori baholanadi. Mebellar va daraxtlar sirtiga qoplanadigan pardoz faner g‘urrali yog‘ochdan tayyorlanadi, Yong‘oq, qayrag‘och va sada qayrag‘ochda bo‘ladigan g‘urralar ancha qadrlidir.

G‘urralarning uzunligi va qalinligi chiziqli o‘lchamlarda yoki sortiment o‘lchamlari ulushlarida o‘lchanadi.

Egrilik sortiment bo‘ylama o‘qining qiyshayishidir. Egrilik oddiy va murakkab bo‘lishi mumkin. Oddiy egrilik sortimentni bir marta qiyshayishi bilan, murakkab egrilik sortimentning bir necha marta qiyshayishi bilan xarakterlanadi.

Yumaloq yog‘och materiallarining egriligi ularni ishlatishni qiyinlashtiradi, ularni arralash, po‘stini tozalash hamda arralash mahsulotlarini tilishda chiqadigan chiqindilar miqdoriny ko‘paytiradi, arralash mahsulotlarida va shponda radial qiya tolalar hosil qiladi.

Oddiy egrilik sortiment qiyshaygan joyidagi qiyshayish strelasining kattaligi bo‘yicha sortiment uzunligidagi butun; qiyshayishdan protsentlarda o‘lchanadi.

Murakkab qiyshayish uning qiyshiqligini tashkil etuvchi eng katta qiyshayish strelasining kattaligi bo‘yicha sortiment uzunligidagi qiyshayish uzunligidan protsentlarda o‘lchanadi.

To‘nkali yog‘och materiallar egriligini o‘lchashda pastki toretsdan hisoblaganda birinchi metrdagi egrilik hisobga olinmaydi.

Bo‘laklarga bo‘lishga mo‘ljallangan dumaloq yog‘och materiallaridagi egrilik har bir bo‘lak uchun alohida o‘lchanadi.




Download 433.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling