«Himoyaga ruxsat etaman» Markaz direktori Y. Saidov


Yog‘och tuzilishidagi nuqsonlar


Download 433.02 Kb.
bet4/5
Sana01.11.2021
Hajmi433.02 Kb.
#169800
1   2   3   4   5
Bog'liq
Yog'ochlarning shakliy va tuzilishidagi nuqsonlar

Yog‘och tuzilishidagi nuqsonlar

Yog‘och tuzilishidagi nuqsonlarga quyidagilar kiradi: tolalarning qiyaligi, qing‘irlik (kren), burang yog‘ochlik, bilong‘ilik, fatila, ko‘zlar, smola cho‘ntagi, o‘zak, qo‘shaloq o‘zak, bachki, qurigan joy, g‘udda, rak, smola o‘rni, qalbaki yadro, chiporlik, ichki po‘stloqosti, suv qatlam.

Tolalar qiyaligi bu sortiment bo‘ylama o‘qi bo‘yicha yog‘och tolalarining noparallelligidir. Tolalar qiyaligi tangental va radial bo‘lishi mumkin.

Tolalarning tangental qiyaligi yumyaloq yog‘och materiallarining yon sirtlarida, arralash mahsulotlari va shponning taigental sirtlarnda o‘zak nurlarining, smola yo‘llarining, yoriqlar va zamburuglar jarohatlagan polosachalarning sortiment bo‘ylama o‘kiga noparallelligi tufayli vujudga keladi. Bundan tashqari, tolalarning tangental qiyaligi biror qattiq narsa bilan (qirquvchi asbobdan tashkari) tolalar bo‘yicha chnziqlar chizib aniqlash mumkin.

Arralash mahsulotlari va shpondagi radial sirtlarda tolalarning radial qiyaligi sortiment bo‘ylama o‘qiga nisbatan yillik qatlamlarning noparallelligidan, tangental sirtlarda esa — ponalanish rasmi va yillik qatlamlar qirqimidan aniqlanadi. Tolalarning radial qiyaligi nuqsonli (ingichkalashgan, yo‘g‘onlashgan va bilong‘i dumaloq) yog‘och turlaridan tayyorlangan arralash mahsulotlari va shponda uchraydi.

Tolalar qiyaligi yog‘ochning yorilishga mustahkamligini oshiradi, uning mexanikaviy ishlanishini qiyinlashtiradi, egilish xossasinn, shuningdek, arralash mahsulotlari hamda shponning tolalar bo‘yicha cho‘zilishga va egilishga mustahkamligini kamaytnradi. Arralash materiallaridagi tolalarning tangental qiyaligi qurib kichrayishni va buralishni oshiradi.

Tolalar qiyaligi quyidagicha o‘lchanadi: dumalok yog‘och materiallarida sortiment bo‘ylama o‘qiga parallel chiziqdan tolalarni orish kattalngiga mos bo‘lgan vatar bo‘yicha (toretsdan 1 m uzoqlikda santimetrlarda yoki yuqorigi torets diametrnming ulushlarnda) o‘lchanadi; arralash maxsulotn va shponlarda – list (yoki shpon) bo‘ylama o‘qiga parallel chiziqdan va kamida sortimentning ikkilangan kengligicha uzunlikdan (arralash mahsulotlari uchun) bir xil tolalariing og‘ish kattaligi bo‘yicha shu qiyalik o‘lchangan uzunlikka nisbatan protsentda o‘lchanadi.

Qing‘irlik nina bargli daraxt yog‘ochi tuzilishining tana va shoxshabbaning kichik zonasida bir joy o‘zgarib, yillik qatlamlardagi kech yetilgan zonaning birdan yo‘g‘onlashib ketishi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Yog‘och materiallar toretslarida qing‘irlik yoysimon ko‘rinishda, ba’zan halqasimon uchastkalarning qizg‘ish-qo‘ng‘ir yog‘ochlik; arralash mahsulotlari va shpon yon sirtida ham xuddi shunday rangdagi polosalar ko‘rinishnda bo‘ladi.

Qing‘irlik ko‘pincha archa yog‘ochida va poyasi qiyshaygan hamda kiya o‘sadigan daraxtlarga, shuningdek, hamma shox-shabbalarga xos xususiyatdir.

Qing‘irlik mahalliy va yaxlit bo‘lishi mumkin. Maxalliy qing‘irlik bir yoki bir necha yillik qatlamni qamrab olgan ensiz yoysimon uchastkalar ko‘rinishida 61 bo‘ladi. Yaxlit qing‘irlik yog‘och ko‘ndalang kesimi maydonining katta qismini, ba’zan yarmini va undan katta qismini qamrab oladi. Yaxlit qing‘irlik •o‘zakning bir tomoniga joylashadi.

Qing‘irlik yog‘och qattiqligini hamda siqilish va statlk egilishdagi mustahkamligini oshiradi; egilishda zarbiy qovushoqligini va cho‘zilishda mustahkamligini kamaytiradi, tolalar bo‘yicha qurib kichrayishini oshirib, arralash mahsulotining yorilishiga va bo‘yiga buralishiga olib keladi; yog‘ochning nam singdiruvchanligini kamaytirib, uning antiseptiklar singdirishini qiyinlashtiradi, shuningdek, yog‘ochning tashki ko‘rinishini xunuklashtiradi.

Qing‘irlik o‘lchamlari nuqson egallagan zona kengligi va uzunligi bo‘yicha chiziqli o‘lchamlarda yoki sortiment o‘lchamlarining ulushlarida aniqlanadi.

Burang yog‘ochlik — yaproqli yog‘och turlari tuzilnshining poyalar vg shox-shabbalar tarmoqlangan zonasida yillik .k(avatlarining keskin kengayishi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi, ulariing rangi och va kumushsimon tusda bo‘ladi. Bu ranglik yog‘och materiallari ko‘ndalangnga va bo‘yiga tilinganda baxmalsimon mayin tolali (tukli) sirt hosil kiladi. Bunday nukson toretslarda yoysimon uchastkalar ko‘rnnishnda, yillik qatlamlari yaqqol ko‘rinib turadigan yog‘och (eman, shumtol) shponlarda va arralash mahsulotlarining radial yuzalarida ensiz polosa tarzida bo‘ladi. Yillik qatlamlari yaxshi sezilmaydigan (klyon, qarag‘ay) yog‘och materiallarida tarmoqlangan yog‘ochlikni aniqlash ancha qiyin.

Bu nuqson yog‘ochning tolalar bo‘yicha cho‘zilish mustahkamligini va egilishdagi zarbiy qovushoqlikni oshiradi, tolalar bo‘yicha siqilishga hamda statik egilishga mustahkamligini kamaytiradi, hamma yo‘nalishlarda, ayniqsa, tolalar bo‘yicha qurib kichrayish ortadi, bu esa burilish va yorilishni hosil kiladi, ishlov berishni qiyinlashtiradi, sertuk va moxli yuzalar hosil bo‘lishiga olib keladi.

Buranglik yog‘ochning nuqson egallagan zona uzunligi va kengligi bo‘yicha chiziqli o‘lchamlarda va sortimentlar o‘lchamlarining ulushlarida o‘lchanadi; nuqsonli zona maydoni sortimentning tegishli tomoni maydoniga nisbatan protsentlarda ifodalanadi.

Bilong‘ilik—yog‘och tolalarining to‘lqinsimon yoki chalkashib ketishi tushuniladi. Bilong‘i hamma daraxt turlarida, ayniqsa, yaproqli va yog‘ochning to‘nka qismidai tayyorlangan yog‘och materiallarida uchraydi. Bilong‘ilik to‘lqinsimon va chalkash bo‘ladi. To‘lqinsimon bilong‘ilik yog‘och tolalarining ko‘p yoki oz darajada-to‘g‘ri joylashishi bilan xarakterlanadi, chalkashda yog‘och tolalari tartibsiz joylashgan bo‘ladi. Bilong‘ilik yog‘ochning cho‘zilishga, siqilishga va egilishga mustahkamligini kamaytiradi, bo‘yiga yorish va qoqishga mustahkamligini .oshiradi, yog‘ochni randalash va yo‘nishni qiyinlashtiradi. Bilong‘ilik yog‘ochning qing‘irligi va burangligi kabi o‘lchanadi.

Fatilalar: butoqlar yoki chandik joylar tufayli yillik qatlamlarning qiyshayishidir. Fatilalar :qisman qirqilgan, yillik qatlamlarning qing‘irligi tufayli zgilgan konsentrik konturlardan iborat skobasimon ko‘rinish da uchraydi. Bir tomonlama va ikki tomonlama fatilalar bo‘ladi.

Bir tomonlama fatila sortimentning bir tomoniga yoki ikki yondosh tomoniga chiqadi, ochiq fatila esa sortimentning ikki qarama-qarshi tomoniga chiqadi.

Fatilalar, ayniqsa, ochiqlari yog‘och tolalari bo‘shcha siqilishga va cho‘zilishga hamda statik egilishdagi mustahkamligini, shuningdek, egilish vaqtidagi zarbiy qovushoqligini pasaytiradi. Fatilalar xavfli qirqimning cho‘zilgan zonasida joylashganda yog‘och,mustahkamligini ancha kamaytiradi.

Fatila uzunligi va qengligi chiziqli o‘lchamlarda yoki sortiment o‘lchamlarining ulushlarida, ularning miqdori esa donalarda hisoblanadi; arralash mahsulotlarida 1 m uzunlikka yoki sortimentning hamma tomoniga, shponda esa 1 m2 yoki listning butun yuzasiga to‘g‘ri keltan miqdori bo‘yicha.

Ko‘zlar bu chala yetilgan joy o‘rnidir. Ko‘zlar diametri 5 mm dan ortmaydi.

Ko‘zlar joylashishiga qarab tarqoq va gruppaviy bo‘lishn mumkin. Tarqoq ko‘zlar yakka holatda va bir-biriga nisbatan kamida 10 mm oraliqda joylashadi. Gruppaviy ko‘zlarda uchta va undan ortiq ko‘z bir joyga to‘plangan va bir-biridan ko‘pi bilan 10 mm masofada bo‘ladi.

Ko‘zlar rangiga qarab yorqin va qoramtir bo‘lishi mumkin. Yorqin ko‘zlar yog‘och rangiga o‘xshab ketadi, qoramtirlari esa undan ancha qora bo‘ladi.

Smola to‘plangan kovaklar bir tomonli va.ochyq bo‘lishi mumkin. Bir tomonli smola to‘plangan kovaklar bir yoki ikki yonma-yon, ochiqlari esa sortimentning ikki qarama-qarshi tomonlariga chiqadi. Smola to‘plangan kovaklar mayda detallarda yog‘ochning mustahkamligini kamaytiradi.

Smola to‘plangan kovaklardan smolaning oqib 63 chiqishi buyum yuzini buzadi va ularni pardozlash va yelimlashda halaqit qiladi.

Smola kovaklari chuqurligi, kengligi va uzunligi bo‘yicha millimetrlarda yoki sortiment o‘lchamlarining ulushlarida va donalab sanab hisoblanadi: arralash mahsulotida 1 m uzunlikda yoki sortimentning hamma tomonlari, shponda 1 m2 yuzada yoki listning butun yuzi bo‘yicha.

O‘zak — daraxt tanasining bo‘sh to‘qimalardan tuzilgan markaziy ingichka qismidir; o‘zak qo‘ng‘ir yoki atrofidagi yog‘ochlik rangidan tiniqligi bilan ajralib turadi. O‘zak sortiment toretslarida kichik (5 mm gacha) turli xil dog‘ ko‘rinishida, radial tekisliklarda esa ensiz tor polosa ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Bunday nuqsonli sor,timentlar yorilgan bo‘ladi.

Soxta yadro deganda o‘snb turgan daraxtlarning ba’zi turlarida (qayin, shamshod, olxa, zarang va boshqa) yog‘ochining kattiqligi kamaymagan holda tananing ichki qismidagi turli tusdagi markaziy qism tushuniladi. Soxta yadro yog‘ochlikning ko‘ndalang qirkimida yumaloq, yulduzsimon yoki kurakli, ba’zan ekssentrik shaklda bo‘ladi. Bunday yadro to‘q ko‘ng‘ir yoki qizg‘ishqo‘ng‘ir tusli, ba’zan binafsha rangli yoki to‘q yashil rangli bo‘lishi mumkpn. Po‘stloqosti qatlamda soxta yadro qoramtir (ba’zi hollarda yorqin rangli) hoshiya bilan ajralnb turadn. Bo‘ylama qirkimlarda bir xil yoki bir necha rangli keng polosa ko‘rinishida bo‘ladi.

Bunday nuqson faqat yaproqli daraxt turlaridagina uchraydi. Soxta yadro yog‘ochning tashqi ko‘rinishini xunuklashtiradi, singdiruvchanl'igini yomonlashtiradn, tolalar bo‘yicha cho‘zilishdagi mustahkamlikni pasaytiradi va juda mo‘rt bo‘ladi. Qayindagi soxta yadro osongina yorilib ketadi; Chirishda chidamligi jihatidan soxta yadro po‘stloqosti qatlamidan ustun turadi.

Yumaloq yog‘och materiallarida soxta yadro chizilishi mumkin bo‘lgan aylananing eng kichik diametri bo‘yicha, yoki nuqsonlarsiz periferiya zonasining eng kichik kengligr bo‘yicha, chiziqli o‘lchamlarda yoki torets diametri ulushlarida; nuqson egallagan zona maydoni bo‘yicha torets maydoni hisobidan protsentlarda xisoblanadi. Arralash mahsulotlari va shponda soxta yadro quyidagicha: nuqsonlar egallagan zona kengligi va uzunligi, chukurligi bo‘yicha chiziqli o‘lchamlarda yoki sortiment o‘lchamlari ulushlarida o‘lchanadi.

CHiporlik yog‘ochlik qattiqligini kamaytirmasdan, yadro tusiga yaqin rangli, po‘stloqostidagi dog‘lar va polosalar ko‘rinishida bo‘ladi. Chiporlik o‘sib turgan daraxtda hosil bo‘lib, bir necha xil ko‘rinishda — tangental, radial taram-taram yo‘llar, tarqoq taram-taram yo‘llar, to‘da-to‘da yo‘llar, taramtaram. yo‘llar ko‘rinishida bo‘ladi.

Tangental chiporlik — ko‘ndalang qirqimlarda yillik qatlam bo‘yicha cho‘zilgan dog‘lar; bo‘ylama qirqimda ensiz va uzun polosalar ko‘rinishida ko‘zga tashlanadi.

Radial chiporlik— ko‘ndalang qirqimlarda o‘zak nurlari bo‘ylab radial yo‘nalishda cho‘zilgan dog‘lar; bo‘ylama qirqimlarda — ikkala uchi o‘tkirlashib ketgan bo‘ylama ensiz polosalar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Radial chiporlik zamburug‘ yoki hasharotlar tufayli vujudga keladi.

O‘zak dog‘lar (projilki) yillik qatlamlar chegarasida joylashgan chirigan to‘qimalardan iborat sarg‘ish-qo‘ng‘ir yo‘llar tarzida namoyon bo‘ladi. Bu yo‘llarni daraxt kambiy qatlamini yoshligida shikastlaydigan ba’zi pashsha turlari soladi va keyin berkilib ketadi.

Tarqoq o‘zak dog‘lari yakka joylashgan, gruppaviylari esa bir joyga To‘plangan, bir-biriga ayqashib ketadigan yo‘llar ko‘rinishida bo‘ladi .

O‘zak dog‘larining izlari ko‘pi bilan 1 mm chuqurlikda bo‘lgan shpon sirtidagi oqish yoki qoramtir polosalardir.

Chiporlik yog‘ochning mexanikaviy xossalariga ta’sir etmaydi, shponda radial katta dog‘lari bor joylar ba’zan yoriladi.

Chiporlik nuqson egallagan zonaning kengligi va uzunligi bo‘yicha chiziqli o‘lchamlarda yoki sortiment o‘lchamlarining ulushlarida o‘lchanadi.

Suv shimilgan qatlam (vodosloy) ko‘karib turgan dapaxtdagi yadro yoki yetilgan yog‘ochlikning odatdagidan ko‘proq suv shimilgan uchastkasidir. Bu nuqson endigina kesilgan daraxt toretslarida ho‘l, qizg‘nsh rangli, qishda esa yaxlagan, shishasimon, turli shakl va kattalikdagi dog‘lar ko‘rinishida, bo‘ylama qirqimlarda — polosa ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. yog‘och quriganidan keyin ho‘l dog‘lar yo‘qoladi, lekin ular o‘rnida juda ko‘p mayda yoriqlar paydo bo‘ladi. Suv shimilgan qatlam hamma turdagi daraxtlarni, ko‘pincha, nina bargli daraxtlarning to‘nka qismidan qilingan yog‘och materiallarida uchraydi.

Suv shimilgan qatlam yorilishga olib keladi, bundan tashqari, u egilishdagi zarbiy qovushoqlikni pasaytiradi va ko‘pincha chirishga olib keladi.

Dumaloq yog‘och materiallarida suv shimilgan qatlam ko‘proq nuqson egallagan zona maydoni bo‘yicha (torets maydonidan protsentlarda); arralash mahsulotlarida nuqson egallagan zona kengligi va uzunligi bo‘yicha (chiziqli o‘lchamlarda yoki sortiment o‘lchamlari ulushlarida), shuningdek, nuqson egallagan zona maydoni bo‘yicha (sortimentning tegishli tomonlari maydonn bo‘yicha protsentlarda) o‘lchanadi.


Download 433.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling