«Himoyaga ruxsat etaman» Markaz direktori Y. Saidov


Yog‘ochdagi begona narsalar va nuqsonlar


Download 433.02 Kb.
bet5/5
Sana01.11.2021
Hajmi433.02 Kb.
#169800
1   2   3   4   5
Bog'liq
Yog'ochlarning shakliy va tuzilishidagi nuqsonlar

Yog‘ochdagi begona narsalar va nuqsonlar

Nuqsonlarning bu gruppasiga: begona narsalar, mexanikaviy shikastlanishlar, kuyish, qiyshiq arralanish, obzol, po‘stloq yulinishi va qirqib ishlash nuqsonlari kiradi.

Yog‘ochdagi begona narsalar deganda unda o‘ziga xos bo‘lmagan begona narsalar — metall parchalari, mix, sim, tosh, kumning bo‘lishi tushuniladi. Tashqi belgilariga ko‘ra bu nuqsonlardumaloq yog‘och materiallarida bo‘rtib chiqqan va daraxt ildizida qolib ketgan, ba’zan yon sirtining deformatsiyalanishi va teshikli bo‘lishi mumkin, arralash mahsulotlarida rangining o‘zgarishi tarzida namoyon bo‘ladi.

Begona narsalar yog‘ochning ishlanishini qiyinlashtiradi, ko‘pincha asbobning sinishiga va avariyaga sabab bo‘ladi. Bunday nuqsonlar o‘lchanmaydi, biroq hisobga olinadi.

Mexanikaviy shikastlanishlar Deganda yog‘och tayyorlashda, tilishda, tashishda, saralashda va ishlov berishda uning asboblar va mexanizmlardan shikastlanishi tushuniladi. Mexanikaviy shikastlanishlarga po‘stloqning shilinishi, ker tik va arra izi, karra o‘yiq, siniq va uzuq changak izlari kiradi.

Po‘stloq yulinishi — po‘sti shilinmagan yog‘och materialining po‘sti shilinib ketgan uchastkasi. U yuza bo‘yicha (sortiment yon sirtining yuzasiga nisbatan protsentlarda) o‘lchanadi.

Kertik va arra izi — yog‘och materiali sirtining bolta, arra, chig‘ir trosi, mexanizmlar va boshqa asboblar bilan shikastlangai joylari. Ular chuqurligi bo‘yicha millimetrlarda yoki sor> timent o‘lchamlarining ulushlarida o‘lchanadi.

Karra — shiraeini olish vaqtida daraxt tanasida hosil bo‘ladigan jarohat. Karra zonasidagi yog‘ochlik kuchli smolalangan bo‘ladi.

Yo‘niq siniq va uzuq — yog‘och materiallar toretsidan ketadigan yonlama ochiq yoriq yoki toretsga ulangan yog‘ochlikning uzilgan kismi. Toretsdan uzrqlashishiga qarab yo‘niq qalinligi yoki yog‘och materialning ko‘chib chiqadigan qismi kamayadi. Yo‘nik, siniq va uzuqlik qalinlik, kenglik va uzunligi bo‘yicha millimetrlarda yoki sortiment o‘lchamlari ulushlarida o‘lchanadi. Bu nuqsonlar yog‘ochni noto‘g‘ri tayyorlash va ishlov berish natijasida vujudga keladi.

CHangak izlari dumaloq yog‘och materiallarni oqizish va sortlarga ajratish vaqtidagi sirtqi shikastlanishdir. Changak izlari dumaloq yog‘och materiallarda va arralash mahsulotlarida yuza (1,5—2 sm), shponda esa ochiq teshik ko‘rinishida bo‘ladi. Changak izlari ko‘pincha ximiyaviy rangli dog‘lar bilan o‘ralgan bo‘ladi. Bu izlar kengligi bo‘yicha (millimetrlarda) va 1 m2 da yoki listning butun yuzasi bo‘yicha donalab o‘lchanadi.

Mexanikaviy shikastlanishlar yog‘och sifatiga ta’sir etadi. Po‘stloq yulinishi po‘sti tozalanmagan dumaloq yog‘och materiallarini zamburug‘ bilan 75 shikastlanishiga.sabab bo‘ladi va yorilishga bo‘lgan mustahkamligini pasaytiradi. Kertik, arra izi, karra, yo‘niq, siniq va uzuqlik yog‘och materiallarning vazifasiga qarab ishlatishni qiyinlashtiradi, juda katta bo‘lganda ularning mustahkamligi va yaxlitligini buzadi, dumaloq yog‘och materiallarini arralashda va yo‘nishda, shuningdyok, arralash mahsulotlarini rejalashda chiqadigan chiqindilar miqdorini ko‘paytiradi. Shpondagi yo‘niq va siniq yog‘ochning haqiqiy kengligini kamaytiradi, changak izlari yog‘ochning tashqi ko‘rinishini xunuklashtiradi.

Qiyshiq arralash yog‘och materiallarini tayyorlash jarayonida hosil bo‘ladigan nuqson. U asosan sortiment bo‘ylama o‘qi toretslarining noperpendikulyarligidan iborat.

Qiyshiq arralash sortimentlarning haqiqiy uzunligini kamaytiradi. Ularni ishlatishni qiyinlashtiradi, ko‘ndalangiga tilganda chiqitlar miqdori oshadi. Arralash qiyshiqligi sortimentning eng kichik va eng katta uzunligi orasidagi farq (millimetrlarda yoki sortiment o‘lchamlaridan ulushlarda) orqali ifodalanadi.

Xulosa.

Respublikamizda, umuman olganda dunyoning ko`pgina davlatlarida yog`och materiallari qurilish va sanoat uchun material bo`lib xizmat qilib kelgan. Shu sababdan bir necha asrlar davomida yog`ochga ishlov berish bilan bog`liq kasb-hunarlar yuzaga kelgan, yog`ochga ishlov berishning ilmiy asoslari yaratilgan, o`rmonchilik sohasi rivojlantirilgan va yog`och tabiiy material bo`lganligi, uning tabiiy zaxirasi cheklanganligi sababli yog`och materiallarining chiqindilarini qayta ishlash orqali yog`och materiallari tayyorlash ishlari yo`lga qo`yilgan. XXI asrga kelib ham yog`och materiallari o`ziga xos xususiyatlari bilan o`z ahamiyatini yo’qotgani yo`q. Aksincha texnika va texnologiyaning jadal rivojlanishi natijasida yog`ochlarga ishlov berish jarayonlari ham turli dastgohlar yordamida amalga oshirilmoqda. O`quvchilarni yog’ochga ishlov berish jarayonlari va vositalari bilan tanishtirish va yog’och nuqsonlari tushuntirish, ko`nikmalar xosil qilish ularni kasbga yo`naltirish, kasb tanlash va kasb-hunar sirlarini o`rganishlari uchun imkoniyatlar eshigini ochib beradi.

Globallashuv jarayonida o`quvchilarning ma`lumot oluvchi manbalari soni kundan kunga ko`payib borayotgan bir davrda uzluksiz ta`lim tizimimizga noan`anaviy ta`lim texnologiyalari kirib keldi. No`ananaviy ta`lim texnologiyalarini ta`lim tizimiga joriy qilishdan asosiy maqsadlardan biri o`quvchilarda XXI asr ko`nikmalarini shakillantirishdan iboratdir. Maktab ta`limida interfaol ta`lim texnologiyalari asosda tashkil qilingan darslar hech shubxasiz o`quvchilarning ta`lim olishga bo`lgan ishtiyoqini va dunyoqarashini shakillantiradi. Ayniqsa amaliy mashg`ulotlar jarayonida o`quvchilarda shakllantiriladigan ko`nikma va malakalar hosil qilishda ushbu ko`nikmalarni kundalik hayot bilan bog`lab olib borish o`quvchilarda fanga oid kompetensiyalarni shakllantirish imkonini beradi.

Jamiyat taraqiyotida fanning o`rni tabora ortib bormoqda. Yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash ishlarini mazmuni, usullari hamda shakllari ham o`zgarmoqda. Ta`lim mazmuni yaxshilash, o`qitishning turli xil faol usullaridan foydalanish zamon talabiga aylanib qoldi.

Ta`lim jarayonida o`qituvchi mehnatining natijasi ko`p jihatdan o`quvchilarning faolligiga bog`liqdir. Buning uchun o`qituvchi yangiliklar izlashi, tashabbuskorlik va ijodkorlik namunalarini ko`rsatishi kerak. 5 va 6-sinflarda yog`ochlarga ishlov berish texnologiyasi asoslari bo`yicha yuqorida keltirilgan tushunchalar va usullar mehnat va kasb ta`limi darslarini takomillashtirish, o`quvchilarda mehnat ko`nikmalarini shakllantirish va ularni kasb tanlashga yo`llash ishlarini faollashtirishda o`qituvchilarimizga qo`l keladi, degan umiddamiz.

Bugungi kunda davlat va jamiyatning iqtisodiy rivojlanishida yog’och materiallariga bo’lgan talab va ehtiyoj ortib bormoqda. Shu bois yog’ochlarga ishlov berish texnologiyasi asoslarini maktablarda zamon talablari asosida o’qitish har bir o’qituvchi va ustozning muhim vazifalaridan biridir.



Foydalanilgan adabiyotlar.

  1. O.Qo`ysinov, O`.Toxirov, D.Mamatov, D.Aripova. Mehnat ta`limi fanidan dars ishlanmalari to`plami(murakkab mavzular bo`yicha yo`nalishlar kesimida). O`PFITI. Toshkent-2016 y.

  2. O.Qo`ysinov, O`.Toxirov, D.Mamatov, D.Aripova. Mehnat ta`limi

5-sinf.O`qituvchilar uchun metodik qo`llanma. O`PFITI. Toshkent-2016 y.

  1. Yog’ochshunoslik asoslari ma’ruza matni. Xabibullaev R.A Toshkent 2009.

  2. www.ziyonet.uz

  3. www.arxiv.uz

  4. www.aim.uz

Ilovalar.

1-rasm. Ko‘zlarning turi a — yumaloq, b — ovalsimon, v — uzungoq, g — plastga chiqqan, d — yonga chiqqan, ye — qirraga chiqqan.





2-rasm. Taxtalardagi asosiy yoriq turlari: I—taxta yuzidagi III—taxta toretsidagi, yoriqlar, a — chatnoq, II — qirradagi yoriqlar, b — sovuqdan yorilish, e — qurib yorilishlar v — qurib yorilish g — ajroqlar





3-rasm. Yog‘ochning tuzilishidagi nuqsonlar: a — tolalarning tangental qiyshayishi, b — qing‘irlik (kren), v—murakkab bilong‘ilik, g — buranglik, d — ko‘zlar, s — soxta o‘zak.
Download 433.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling