«Himoyaga ruxsat etaman» Markaz direktori Y. Saidov


Bitiruv malaka ishining maqsadi


Download 433.02 Kb.
bet2/5
Sana01.11.2021
Hajmi433.02 Kb.
#169800
1   2   3   4   5
Bog'liq
Yog'ochlarning shakliy va tuzilishidagi nuqsonlar

Bitiruv malaka ishining maqsadi: Yog’ochlarning shakliy va tuzilishidagi nuqsonlarining ilmiy asoslarini o`rganish, o`rganilgan va to`plangan materiallar asosida texnologiya darslari mazmunini boyituvchi metodik manba tayyorlash va ularni o`rgatishning metodik jihatlarini tahlil qilish.

Tadqiqot predmeti: Texnologiya fani “Yog`ochga ishlov berish texnologiyasi” bo`limini o`qitish bo`yicha dars mashg`ulotlari.

Tadqiqot ob`ekti: Umumta`lim maktablari 5-7-sinf o`quvchilari.

Tadqiqot metodlari: Ilg`or tajribalarni o`rganish, adabiyotlarni tahlil qilish.

Bitiruv malaka ishining tarkibiy tuzilishi: Bitiruv malaka ishi kirish, asosiy qism, adabiyotlar ro`yxati, xulosa va ilovalardan iborat.

Asosiy qism.

Yog’ochdagi nuqsonlar.

Yog‘ochning tashqi ko‘rinishi o‘zgarishi, to‘qimalar va hujayra po‘stlog‘ini yaxlitligini, uning to‘g‘ri tuzilishining buzilishi va sifatini pasaytiradigan va qo‘llanish imkoniyatini cheklaydigan shikastlanishlar nuqsonlar dyob ataladi. Zagotovka tayyorlash, tashish, sortlarga ajratish jarayonlarida va mexanikaviy ishlov berish vaqtida vujudga keladigan yog‘ochning mexanikaviy nuqsonlari — defektlar deb ataladi. Nuqsonning yog‘och sifatiga ko‘rsatadigan ta’siri sortimentdagi ko‘rinishi, o‘lchami, joylashishi va vazifasiga borliq. Ma’lumki, nuqsonlar yog‘och materialivivg mustahkamligiga va dekorativligiga putur yetkazadi, shu sababdan yog‘ochning sorti» ni belgilashda undagi nuqsonlar albatta hyasobga olinadi. Sortiment standartlar va teknikaviy shartlarga mos keladigan, ma’lum ishga mo‘ljallangan yumaloq va yorilgan yog‘och materiali.

Yog‘ochdagi nuqsonlar (GOST 2140—71) quyidagi gruppalarga bo‘linadi: ko‘z (butoq)lar, yorilishlar, daraxt tanasi shaklidagi nuqsonlar, yog‘ochlikning tuzilishidagi nuqsonlar, ximiyaviy ranglar, zamburug‘, qurt yegan joylar, yog‘ochdagi; g‘uddalar, undagi boshqa defektlar, deformatsiyalanishi (shakl o‘zgarishi) va h. k. Nuqsonlarning har bir gruppasi turli ko‘rinish va shakllarga bo‘linadi.

Nuqsonlarning ko‘pchiligi o‘sayotgan daraxtlarda o‘sish sharoitining noqulayligi, iqlim sharoitining ta’siri, shuningdek, har xil mexanikaviy shikastlanish natijasidir. Qo‘pgina nuqsonlar tayyorlangan yog‘och taxtada (yorilish, qurt yeyishi) paydo bo‘lishi mumkin. Chirish hodisasi ko‘karib turgan daraxtda ham tayyorlab qo‘yilgan yog‘ochtaxtalarda ham bo‘ladi.

Ko‘z (butoq)lar Ko‘z daraxt tanasidagi butoq negizidir. Ko‘zlar qoramtir dog‘larga o‘xshash ajralib turadi va ularning yillik qatlamlari mustaqil bo‘ladi. Ko‘zlar klassifikatsiyasi. Sortiment sirtidagi ko‘zlar ko‘rinishiga ko‘ra dumaloq, ovalsimon va uzunchoq xillarga ajratiladi. Qatta diametrining kichik diametriga nisbati ikkidan oshmaydigan qilib qirqilgan ko‘zlar yumaloq ko‘zlar deyiladi. Ovalsimon ko‘zlarda bu nisbat ikkidan ortiq, biroq to‘rtdan kam, uzunchoq ko‘zlarda bu nisbat to‘rtdan ortiq bo‘ladi.(1-rasm).

Yorilishlar

Yorilishlar yog‘ochning tolalar bo‘yicha uzilishidan iborat. Yorilishlar klassifikatsiyasi. Yorilishlar chatnoq, sovuqdan yorilish, qurib yorilish va ajroq xillarga bo‘linadi. (2-rasm).

Chatnoq deb yadro yoki yetilgan yog‘ochlikdagi o‘zakdan chiqadigan va sortiment uzunligi bo‘yicha uzoqsa cho‘zilgan radial yo‘nalishdagi ichki yorilishlarga aytiladi. Chatnoqlar ko‘karib turgan daraxtlarda sodir bo‘ladi va kesilgan daraxtning qurishi jarayonida kattalasha boradi.

Sovuqdan yorilish po‘stloqostidan yadroga o‘tadigan va sortiment uzunligi bo‘yicha cho‘zilgan, radial yo‘nalishdagi tashqi yoriqlardir. Bunday yoriqlar ko‘karib turgan daraxtda bo‘ladi va daraxt tanasida valiklar hamda o‘sgan yog‘ochlik va to‘nkada taroqsimon ko‘rinishda hosil bo‘ladi.

Ajroqlar yillik qatlamlar orasidan o‘tadigan yoriqlar bo‘lib, sortiment uzunligi bo‘yicha anchaga .cho‘ziladi. Ajroqlar ko‘karib turgan daraxtda bo‘ladi va daraxt qirqilgandan keyin qurish jarayonida kattalashadi. Qurib yorilish kesilgan daraxtda qurish jarayonida ichki kuchlanishlar ta’eirida hosil bo‘ladigan radial yo‘nalishdagi yoriqlardir. Chatnoq va sovuqdan yorilishlardan qurib yorilish sortiment uzunligi bo‘yicha ko‘p cho‘znlmasligi (1 m dan ortmaydi) va yuzaligi bilan farq qiladi.


Download 433.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling