“Himoyaga ruxsat etaman” O„quv va uslubiy ishlar bo„yicha prorektori
III BOB . PEDAGOGIK TADQIQOT JARAYONI USLUBIYATINING
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
NAZAROVA kti
III BOB . PEDAGOGIK TADQIQOT JARAYONI USLUBIYATINING
SAMARADORLIGI VA OLGAN NATIJALARNI TAHLILI 44 3.1. Tadqiqotda qo„llanilgan usullarning samaradorligi Hozirgi zamon pedagogika fanining asosiy vazifalaridan biri xalq xazinalarini insonparvar pedagogik tarbiya tizimida qo„llash va ulardan mohirona foydalanish, bu bebaho, xalqchil, ma‟naviy boyliklarni o„qituvchilarning har kungi ta‟lim tarbiyaviy ishlariga aylantirishdan iborat. SHunga ko„ra o„sib borayotgan avlodning tarbiya tizimida xalq pedagogikasi tajribalari yoshlarning xarakteri va ongini boshqaruvchi vosita, asosiy kuch deb hisoblanadi. SHundan kelib chiqib, tadqiqotning maqsadini xalq milliy harakatli o„yinlaridan foydalanish orqali MTT yoshidagi bolalarning jismoniy sifatlarini oshirish yo„llarni aniqlash, rivojlantirish, milliy harakatli o„yinlarning rolini oshirishning samarador shakllarini topish, xalq o„yinlarining tarbiyaviy imkoniyatlarini nazariy jihatdan asoslash, aniqlash tashkil etadi. Ushbu maqsadga erishish quyidagi vazifalar asosida amalga oshirildi: - jismoniy madaniyatning xalq an‟analari bilan bog„liqligini ko„rsatib berish, o„zbek xalq milliy harakatli o„yinlarini va respublika ijtimoiy hayotining turli tomonlari bilan bog„liqligini oydinlashtirish; - milliy harakatli o„yinlardan foydalanish orqali MTT bolalarining jismoniy tayyorgarligini aniqlab, rivojlanish jarayonini kuzatish orqali ma‟lum xulosalar chiqarish; - jismoniy tarbiya mashg„ulotlarida o„zbek xalq milliy harakatli o„yinlaridan foydlanish orqali bolalarda jismoniy sifatlarni tarbiyalashning samarador usullari, shakllari, yo„llarini aniqlash. Tadqiqotlar quyidagi uslub va test mashqlari yordamida o„tkazildi: Mavzu bo„yicha adabiyotlardan berilgan ma‟lumotlarni tahlil qilish; pedagogik tajriba, suhbat, pedagogiu kuzatuv va boshqalar; matematik statistika metodiorqali qayd etilgan tadqiqot uslublarini qo„llash tartibi bandlarda to„liq aks ettirildi; 45 testlar orqali MTT yoshidagi bolalarning jismoniy tarbiya vositalari bolalarning jinsiga, yoshiga qarab jismoniy tayorgarligini hisobga olgan holda aniqlanib, bolalarda jismoniy tayyorgarlikni aniqlash uchun 3.1.1-jadvalda keltirilgan testlar qo„llanildi. Pedagogik tajribada tadqiqot o„tkazish tartibi 4 oy davomida ikki guruh ya‟ni, nazorat va tajriba guruhlari ishtirokida amalga oshirildi. Nazorat guruhida (NG) ishtirok etgan bolalar jismoniy tarbiya dasturi asosida o„tkazilgan mashg„ulotlarda shug„ullangan. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling