“Himoyaga ruxsat etaman” O„quv va uslubiy ishlar bo„yicha prorektori


II BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING JISMONIY


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/16
Sana25.02.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1229775
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
NAZAROVA kti

 
II BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING JISMONIY 
TARBIYASIDA MILLIY HARAKATLI
 
O„YINLARDAN FOYDALANISH 
USULLARINI TASHKIL ETISH YO„LLARI 
 
2.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiyasida milliy 
harakatli o„yinlardan foydalanish usullari 
 
 
MTT bolalarida qadriyatlarga muhabbat uyg„otish, xalq an‟analarini asrab-
avaylashga o„rgatish ko„p jihatdan o„zbek xalq milliy harakatli o„yinlaridan unumli 
foydalanib bilishga bog„liq. 
Qo„yilgan muammoni echish uchun ilmiy-usuliy adabiyotlarni tahlil qilish va 
tajribalarni umumlashtirish; ota-onalar bilan suhbat (so„rov varaqalarini to„ldirib 
olish va og„zaki savol-javoblar o„tkazish); maktab bolalarining jismoniy 
tayyorgarligini turli tomondan aniqlash uchun pedagogik nazorat sinovi (test) 


28 
o„tkazish; jismoniy tayyorgarlik va jismoniy rivojlanish natijalarini baholash; 
antropometrik o„lchovlar; bolalar sog„ligining ahvolini hakimlik nazoratidan 
o„tkazish; bolalarning harakat faolligini o„rganish; xronometrik o„lchovlar; 
bolalarning umumiy o„zlashtirish saviyasini hisobga olish - matematik hisoblash kabi 
tadqiqot usullariga ham tayaniladi. 
Xalq xalq milliy o„yinlariga e‟tibor bolalarda o„z xalqining o„tmishiga, 
qadriyatlariga, an‟analariga qiziqishni kuchaytiradi. Jismoniy tarbiya va sport 
mashg„ulotlarida xalqning qadimiy xalq milliy o„yinlari orqali bolalarni shu ruhda 
tarbiyalashga, uning turli shakllari vausullarini izlab topishga o„qituvchilar katta 
e‟tibor qaratishlari lozim. 
Maktabda jismoniy tarbiya mashg„ulotlarida, ba‟zida sinfdan tashqari bolalar 
o„yinlarining to„g„ri tashkil etilishi bolaning jismoniy mo„tadil(normal) rivojlanishi, 
uning qaddi-qomati vaishchanlik qobiliyatini o„stiradi. SHu bilan birga sezgi 
organlari va murakkab xulq-atvor shakllari intizomlik, qat‟iylik, mehnatsevarlikva 
boshqa qimmatli insoniy fazilatlarning rivojlanishiga ijobiy ta‟sir etadi. Bunda 
qiziquvchanlik, 
intiluvchanlik, 
biror 
maqsadga 
qaratilganlik, 
xotiraning 
mantiqiyligini esda tutish ahamiyati kasb etgan milliy harakatli o„yinlar asosida 
rivojlantirish alohida ahamiyatga ega. Xulq-atvorning alohida fazilati sifatida 
ixtiyoriylikni rivojlantirish tarbiyaning shu bilan birga jismoniy madaniyatning asosiy 
vazifalaridan biridir. Ixtiyoriylik harakat maqsadini ongli ravishda belgilash, unga 
erishish vositalarini topish maqsad yo„lidagi qiyinchiliklar va to„siqlarni engishda 
ifodalanadi. Kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash jarayoni ahloqiy, jismoniy, mehnat 
va estetik tarbiya vazifalarining kengayishi hisobiga ancha murkkablashadi. 
Sabr-toqat chidamlikni, o„ziga xos diatni talab qiluvchi rang-barang xalq 
o„yinlarini tashkil etish va o„tkazish pedagogning mahoratiga ham bog„liq. O„zbek 
xalqining qadimgi shunday o„yinlari borki, ular aynan bolalardagi ana shu qiziqishni 
kuchaytirishga yordam beradi. Masalan, “oq terakmi ko„k terak”, “ko„k chopon”, 
“ko„z yumdi”, “uloq” kabi o„yinlar. 
Bu o„yinlarda bolalar o„zini namoyon qilishga intiladi, o„zining etakligini 
ko„rsatish imkoniyatlarini izlaydi. Ana shu imkoniyatlarni milliy harakatli o„yinlar 


29 
jamlagan. Jismoniy tarbiya va sportbolalari bolaning bu intilishini milliy harakatli 
o„yinlar orqali oqilona qo„llash yo„llarini unga ko„rstish kerak. Ijobiy qiziqishlar: 
o„yinni bilishga qiziqish, sport bilan muntazam shug„ullanish alohida e‟tiborni talab 
etadi. 
Bola 
tevarak-atrofdagi 
kishilar, 
ayniqsa, 
o„rtoqlari hatti-harakatini 
o„zlashtirishga moyil bo„ladi. O„rtoqlari orasida munosib o„rin egallash bolani 
muayyan hatti-harakatlarga undaydigan asosiy sababdir. SHuning uchun sport ishlari, 
turli xil o„yinlar ularni jalb qilishi mumkin. 
YOshlik davrida muntazam o„qib o„rganish, shug„ullanish natijasida ilmiy 
dunyoqarash shakllanib boradi. Sport bilan shug„ullanuvchilarda sport etikasiga, 
sportning shakllariga, shu jumladan, milliy harakatli o„yinlarga qiziqish ortib boradi. 
MTT bolalari o„z tuyg„ularini boshqarishga va ularning tashqi namoyon 
bo„lishini tartibga solishga intiluvchan bo„ladilar. Bu yoshda iroda mustahkamlanib 
boradi, irodaviy faollik, sabr-toqat va o„zini tuta bilishga intilish tuyg„usi rivojlanadi. 
O„z-o„zini tarbiyalash va mustaqil bilim olish yo„nalishi yoshlarda yaqqol 
ifodalanadi. SHuning uchun bu yoshda bolalarni ruhiy jihatdan tarbiyalovchi, 
mustaqillik undovchi vatanparvarlik, yurtga mehnatga sadoqat ruhidagi milliy 
harakatli o„yinlardan foydalanish ayni muddaodir. Bunda diqqat e‟tibor hushyorlik
g„amxo„rlik, munosabatlarning samimiyligi, ularning mustaqilligini bukmasdan turib, 
hatti- harakatlarini mohirona boshqarish lozim. O„qituvchi, trener o„z bolalarining 
o„qish, mehnat va sport faoliyati xususiyatlarini, ularning aqliy va jismoniy 
rivojlanganlik darajasini, xarakter xislatlarini, tevarak-atrofdagilarga va o„z-o„ziga 
munosabatini doimo o„rganib borishlari kerak. Bu xususiyatlarni qayd qilib borish 
ham o„yinlarni o„tkazishda foydalidir. 
Milliy o„zbek milliy harakatli o„yinlarini yoshlar, ayniqsa maktab bolalari 
sevib, maroq bilan o„ynamoqdalar. Bunday o„yinlar jismoniy tarbiya va sport 
mashg„ulotlaridagina emas, balki hovlilar va bog„, parklarda dam olish soatlarida 
o„ynaladi. Muhim sifatlarni rivojlantirishga mo„ljallangan umumiy rivojlantiruvchi 
va maxsus mashqlarga doir bayon qilingan material ko„proq o„yin tarzida beriladi, 
lekin mashqlarni tushuntirish va faol dam olish uchun qisqacha pauzalar bo„lgan 


30 
kichik dozada uzluksiz bajariladi. O„yin mashqlaridan keyin bo„shashtiradigan, ohista 
yuriladigan mashqlarni yoki diqqat-e‟tiborini o„stiradigan mashqlarni berish lozim. 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling