Himoyaga ruxsat etaman” tarmoq markazi direktori N. A. Muslimov 2016-yil qo’chqarova feruza
Download 450 Kb.
|
Kuchkarova
Munozara. Munozara mavzusi ota-onalarning asosli axborotga bo‘lgan ehtiyoji asosida belgilanadi (buni ota-onalar bergan savollardan bilib olish mumkin).
Munozara o‘tkazish qoidalari: 1. Har bir kishi o‘z fikrini aytishi, boshqalarning fikrlariga e’tibor berishi zarur. 2. Bir kishi gapirganda qolganlar eshitadi. 3. Munozara mavzusidan chetlashmaslik zarur. 4. Barcha o‘z hissiyotini ochadi va fikrini aytadi. 5. Qatnashchilar shaxsi emas, muammo haqidagi fikrlar muhokama qilinadi. 6. Boshqalarni haqorat qilish, fikriga baho berish mumkin emas. 7. Har kim qisqa va masala yuzasidan gapirish majburiyatini oladi. Olib boruvchi ishtirokchilarni qoidalar bilan tanishtiradi. Qoidalar barcha ishtirokchilar ko‘rishi uchun taxtaga yozib qo‘yiladi. Munozarani tayyorlash. 1. O‘zingiz uchun quyidagi savollarga javob bering: – Munozarada ishtirok etish uchun kimlarni taklif qilaman? – Munozara ishtirokchilaridan nimani xohlayman? – Munozaradan qanday natija kutaman? 2..Munozara mavzusini shakllantiring (tortishuvga sabab bo‘ladigan mavzu bo‘lsa yana ham yaxshiroq bo‘ladi). 3. Muhokama uchun savollar tuzing ( 5–7 savol ). Munozarani o‘tkazish bosqichlari. Ishonch muhitini yaratish. Olib boruvchi ishtirokchilarni doira bo‘lib o‘tirishga, tanishib olishga taklif qiladi, munozara qoidalari bilan tanishtiradi. 1. Olib boruvchi vaqt belgilaydi, munozara mavzusi va maqsadini shakllantiradi, ishtirokchilardan aniqlovchi savollar berishni so‘raydi 2. Muammo muhokamasi. Olib boruvchi: – har bir ishtirokchiga o‘z fikrini aytishni taklif qiladi. Buning ikki turi mavjud: a) xohlovchilarning erkin fikr bildirishlari; b) navbat bilan chiqish (doira bo‘ylab). – tortinchoq ishtirokchilar faollashtiriladi (ulardan o‘z fikrini aytish so‘raladi); – o‘ta faol ishtirokchilar to‘xtatilib turiladi; – mo‘‘tadil muhit yaratilib, ishtirokchilar orasidagi tushunmovchilik bartaraf etiladi, baholash fikri bartaraf qilinadi; – mavzudan chetlashganlar muammoni muhokama etishga jalb qilinadi, munozara mavzusi eslatiladi; – luqma tashlash yo‘li bilan muammo yuzasidan aniqlik kiritiladi; – vaqti-vaqti bilan ishtirokchilar fikri umumlashtiriladi. 4. O‘zaro fikriy uyg‘unlikni hosil qilish. Olib boruvchi muhokamani to‘xtatadi, guruh a’zolarining turlicha fikrlarini e’lon qiladi, guruh fikrini munozara vazifasi va mazkur masalada maslahat olingan mutaxassislar fikri bilan solishtiradi. 5. Guruh qarorini ishlab chiqish. Boshlovchi ishtirokchilarning muammoni hal etish yuzasidan fikrlarini qo‘zg‘aydi, roziligini so‘raydi, guruh qarorini shakllantiradi. Masalan, ishtirokchilar barcha ota-onalarning uyda va maktabda o‘z bolalarining mafkuraviy xavfsizligini qanday qilib ta’minlashi yuzasidan axborot berishi va o‘qitishi zarurligi haqida qaror qiladi. 6. Munozara yakuni. Download 450 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling