Himoyaga ruxsat etaman” tarmoq markazi direktori N. A. Muslimov 2016-yil qo’chqarova feruza
-ilova Ijtimoiy pedagogning oilalar bilan olib boradigan ishlari shakl, metod va vositalari
Download 450 Kb.
|
Kuchkarova
4-ilova
Ijtimoiy pedagogning oilalar bilan olib boradigan ishlari shakl, metod va vositalari Oilalarga ijtimoiy-pedagogik yordam ko’rsatishda ijtimoiy pedagoglarning roli beqiyos. Ijtimoiy pedagog tomonidan oilaga ko’rsatiladigan pedagogik yordamning maqsadi shubhasiz inqirozli vaziyatlarni hal qilishdir. Mazkur maqsadga tayangan holda ijtimoiy pedagog oila bilan ish yuritishda turli sub’ekt sifatida namoyon bo’ladi (1-rasm): Oilalarga ko’rsatiladigan ijtimoiy-pedagogik yordam uch asosiy xususiyatga ega bo’ladi. Ya’ni: 1) ta’limiy – ta’lim berish va tarbiyalash; 2) psixologik – ruhiy jihatdan qo’llab quvvatlash, ruhiy zo’riqishlarni bartaraf etish va qayta tiklash; 3) vositachilik – tashkil etish, ta’lim va tarbiyada yuzaga keluvchi muammolarning oldini olish, mavjud muammolarni bartaraf etish orqali bola xulq-atvoridagi og’ishlarni yoki fiziologik nuqsonlarni bartaraf etish hamda zarur axborotlar bilan ta’minlash. Shu nuqtai nazardan ijtimoiy-pedagogik faoliyatni amalga oshirishda ota-onalarning pedagogik bilimlarni puxta egallaganliklari, bolaga ta’lim-tarbiya berishda zarur metod va usullarni o’zlashtira olganliklari, shuningdek, pedagogik madaniyatga ega ekanliklarini hisobga olish muhimligini to’g’ri anglay olishlari lozim. Shuningdek, ijtimoiy pedagoglar ota-onalar tomonidan bolaga ta’lim va tarbiya berishda pedagogik xatolarga yo’l qo’yilayotganliklarini ham aniqlay olishga e’tiborni qaratishlari talab etiladi. Manbalarda ko’rsatilishida ota-onalar tomonidan yo’l qo’yilayotgan xatolar sirasida: tarbiyaning maqsadi, metodi va vazifalarining etarli darajada to’g’ri anglay olmasliklari; oilaning barcha a’zolari tomonidan bola tarbiyasiga nisbatan yagona talabning qo’yilmasligi; bolaga haddan tashqari mehr qo’yish; keragidan ortiq qattiqqo’l bo’lish; tarbiya mas’uliyatini butunlay ta’lim muassasalari zimmasiga yuklashlari; bolalar bilan munosabatda pedagogik ijobiy pedagogik yondashuv (takt)ning mavjud bo’lmasligi; jismoniy jazolarning qo’llanilishi, oiladagi bolalarga nisbatan bir xil munosabatda bo’lmaslik; ta’lim-tarbiya jarayonida qat’iylik ko’rsatilmaslik; nazoratning izchil amalga oshirilmasligi; bolaga munosabatda bir xillikning barqaror bo’lmasligi (gohida o’ta yumshoqlik, gohida esa o’ta qattiqqo’l bo’lish); bola tarbiyasi uchun mas’uliyatni oilaning boshqa a’zosi zimmasiga yuklash va boshqalar. Ijtimoiy-pedagog oilalarga ijtimoiy-pedagogik yordam ko’rsatishda quyidagi jihatlarni inobatga olishi zarur: - ota-onalarning bo’lajak farzandlarini tarbiyalashlari uchun pedagogik, psixologik va ijtimoiy-biologik tayyorgarliklari; - bir muncha hayotiy tajribaga ega ota-onalarning farzandlar tarbiyasini to’g’ri tashkil etish, ularni turli salbiy ijtimoiy ta’sirlardan himoyalash borasidagi bilimlari darajasi; - ota-onalarning bolalarda tengdoshlariga nisbatan adekvant (to’g’ri) munosabatni shakllantirishda o’rni; - bola tarbiyasida ota-onalarning shaxsiy namunasi va obro’-e’tiborining ahamiyati; - oilada turli avlodlarning o’zaro munosabati; - ota-onalarning bolalarga pedagogik ta’sir ko’rsatishda samarali metod va usullarga egaliklari; - oilada bolalar va ota-onalar hamda yoshi katta oila a’zolari o’rtasidagi munosabatning ijobiy xususiyatga egaligi; - oilada bolalarning o’z-o’zini tarbiyalashlariga imkoniyat yaratilganligi, ota-onalarning bu jarayondagi roli; - oila tarbiyasida rag’batlantirish va jazolash metodlaridan foydalanilishi; - ota-onalar tomonidan bola tarbiyasida yo’l qo’yiluvchi tipik xatolar; - jismoniy va ruhiy rivojlanishdan orqada qolgan bolalarni tarbiyalashning o’ziga xos jihatlari; - oilada mehnat tarbiyasini tashkil etishga e’tibor qaratilishi; - oilada bolalarning mehnat qilish, ta’lim va dam olish tartibining yo’lga qo’yilganligi; - bolalarni maktabga tayyorlashga ahamiyat qaratilishi; - ota-onalar yoki yoshi katta oila a’zolarining ijtimoiy muhit bilan aloqaga kirisha olish layoqatlari; - ota-onalarning xalq pedagogika g’oyalaridan xabardor bo’lishlari; - oila tarbiyasida milliy qadriyatlarda aks etuvchi g’oyalardan foydalanish malakalariga egaliklari; - oila a’zolarining milliy ruhiyati, ruhiy tetiklikka egaliklari; - ota-onalar hamda oilaning boshqa a’zolarining tolerantlik sifatlarini namoyon eta olishlari. Download 450 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling