Himoyaga ruxsat etaman” tarmoq markazi direktori N. A. Muslimov 2016-yil qo’chqarova feruza


Ijtimoiy pedagogik nuqtai nazardan oila turlari


Download 450 Kb.
bet15/42
Sana28.03.2023
Hajmi450 Kb.
#1302713
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   42
Bog'liq
Kuchkarova

Ijtimoiy pedagogik nuqtai nazardan oila turlari

Oila nikohga yoki a’zolarining ijtimoiy turmush tarzi, o’zaro axloqiy javobgarligi va o’zaro yordamiga asoslangan qon-qarindoshlarning kichik guruhi.


Insonparvar demokratik huquqiy davlatda mavjud bo’lgan oilaga quyidagicha ta’rif mavjud: «Oila jamiyatning tabiiy va asosiy bo’g’ini bo’lib, yuridik ma’noda nikoh, qarindoshlik, farzandlikka olish yoki boshqa shakllarda bolalarni doimiy tarbiyaga olishdan kelib chiqadigan tegishli huquq va majburiyatlar bilan bog’langan shaxslar doirasidan iborat bo’lgan milliy mustaqillik mafkurasiga, umuminsoniy qadriyatlar va sharqona an’analarga asoslangan oilaviy munosabatlarni rivojlantirib, uni mustahkamlashga qaratilgan fuqarolar ittifoqidan iboratdir».
Oila jamiyatning asosiy bo’g’ini, u nikoh va qon-qarindoshlikka asoslanishi hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo’lish huquqiga ega, shuningdek, jamiyat va davlat oilani, otalik, onalik va bolalikni himoya qiladi va oilaviy munosabatlarga umuminsoniy va milliy qadriyatlar joriy etilishini ta’minlaydi.
Ijtimoiy pedagogik nuqtai nazardan M.A.Galaguzova oilaning to’rt asosiy turini ajratib ko’rsatadi:
1. Tinch, baxtli oilalar. Bunday oilalar o’z vazifalarini muvafaqqiyatli hal etadi, o’z bolasi ehtiyojlariga tez moslashadi. Muammolar kelib chiqqan holatda ularga bir karra yordam ko’rsatish etarli.
2. Ajralish xavfi bor oilalar guruhi. Bunday oilalar ba’zi me’yordan og’ish, ularda adaptiv qobiliyatlar pastligi bilan tavsiflanadi. Ular bola tarbiyasini katta qiyinchilik bilan eplashadi va ijtimoiy pedagog tomonidan beriladigan o’z vaqtidagi yordam va kuzatuvga ehtiyoj sezadilar.
3. Notinch, baxtsiz oilalar. Bunday oilalar hayotiy faoliyatning biror-bir sohasida past ijtimoiy maqomga ega bo’lib, ular o’zlariga yuklatilgan vazifalarni bajara olmaydilar, ularning adaptiv imkoniyatlari past, bola tarbiyasi jarayoni katta qiyinchiliklar bilan sekin, kam natijali kechadi. Bu oila turi uchun ijtimoiy pedagogning faol va davomiy ko’magi zarur. Muammolari xarakteridan kelib chiqib ijtimoiy pedagog ularga uzoq davom etadigan ishlar doirasida ta’limiy, psixologik, yordamlar ko’rsatadi.
4. Asotsial oilalar. Bunday oilalarning holati ularni tubdan isloh qilinishiga ehtiyoj sezadi. Bu oilalarda ota-onalar amoral va g’ayriqonuniy hayot tarzini yo’lga qo’yishadi, yashash sharoitlari eng oddiy sanitar-gigienik talablarga javob bermaydi. Bolalar tarbiyasi bilan esa qoidaga muvofiq, albatta hech kim shug’ullanmaydi, bolalar nazoratsiz, yarim och qolib ketishadi, rivojlanishda ortda qolishadi. Ijtimoiy pedagog bu oilalar bilan ish olib borganda, huquqni muhofaza qilish, vasiylik va homiylik organlari bilan yaqindan aloqa o’rnatishi kerak.



Download 450 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling