Himoyaga ruxsat etaman” tarmoq markazi direktori N. A. Muslimov 2016-yil qo’chqarova feruza


-ilova Yetimlikning kelib chiqishi sabablari


Download 450 Kb.
bet17/42
Sana28.03.2023
Hajmi450 Kb.
#1302713
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   42
Bog'liq
Kuchkarova

5-ilova
Yetimlikning kelib chiqishi sabablari

Har qanday davlatda, har qanday jamiyatda ham ota-ona qaramog’isiz qolgan bolalar bo’lgan, hozir ham mavjud. Bunday hollarda davlat bu bolalarning rivojlanishi va tarbiyalanishi mas’uliyatini o’z zimmasiga oladi.


Ota-onasini yo’qotgan bola bu, haqiqatan ham, fojia. Ota- onaga ega bo’lish ehtiyoji bolaning eng kuchli ehtiyojlaridan biridir. Ota-onasiz bolalar o’z-o’zidan “etim” degan maqomni oladilar. “Etim” va “ijtimoiy etim” degan tushunchalar bir- biridan farqlanadi.
Yetim bolalar bu 18 yoshgacha ota-onasining biri yoki ikkovi vafot etgan bolalardir. Ijtimoiy etim bolalar esa biologik ota-onalari bor-u, biroq ular turli sabablarga ko’ra uning tarbiyasi bilan shug’ullanmaydilar. Bunday holatlarda ham bolalarga g’amxo’rlik qilishni davlat o’z zimmasiga oladi. Ijtimoiy etimlik muammosi aksariyat rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarga xos muammo hisoblanadi.
Bola muammolarini o’rganish bilan shug’ullanayotgan pedagog va psixologlar, hayotining ilk davrlaridanoq yaqinlaridan ajralib qolish bolaning keyingi taqdirini belgilab berishini aniqlashgan. Ota-onasidan va, umuman, yaqinlaridan ayrilib qolish bolalarning har tomonlama rivojiga katta ta’sir ko’rsatadi.
Bolalik insonning ruhiy bardoshliligini, hayotga qiziqishini, maqsadga intiluvchanligini ta’minlovchi asosiy hislatlarning shakllanish davridir. Bu ma’naviy hislatlar betartib shakllanmasdan, ota-ona mehri ta’sirida, oilaning bola oldidagi har tomonlama mas’uliyat va majburiyatlaridan kelib chiqib shakllanishi kerak.
Etimlikning barcha sabablarini sanab o’tish mushkul, chunki bu turli fan sohalarning (tibbiyot, psixologiya, sotsiologiya, pedagogika va boshqalar) olimlari shug’ullanayotgan ko’p jihatli muammolardan biridir. Biroq etimlikning asosiy uchta sababni ajratib ko’rsatishimiz mumkin:
1) ota-onalarning (odatda, onalarning) o’z voyaga etmagan bolasidan voz kechishi, asosan, go’daklik davridagi boladan voz kechishi;
2) uning ota-onasidan ota-onalik huquqini olib qo’yilgandan so’ng oiladan majburan ajratib olinishi;
3) turli sabablar bilan ota-onalarning vafoti.



Download 450 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling