“Himoyaga ruxsat etilsin ” Fakultet dekani


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/58
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544133
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58
Bog'liq
o,hoshimov

79 
 
ko‘rinishlar talaygina. Epik tur janrlari bo‘lmish hikoya, qissa, romandagi 
o‘xshashliklar va tafovutlar haqida istagancha mulohaza yuritish mumkin. Bu 
janrlarga xos tipologiyani farqlamay turib, muayyan janrga mansub asar yaratish 
ham, uning nazariy masalalari xususida mulohaza yuritish ham to‘g‘ri emas. 
Shuningdek, hikoya janri haqida fikr yuritilinar ekan, uning mumtoz adabiyotimizda 
yaratilgan hikoyatlarni Hikoya janri hajman ixchamligi, shakl va mazmun 
kompozitsiyasi, qurilishi, til, uslub va boshqa poetik unsurlar originalligi bilan 
g‘oyaviy-emotsional qiymat kasb etadi. Unda qahramonlar tayyor holda sahnaga 
chiqishi ham, voqelik tasviri jarayonida yaxlit obraz-xarakterga aylanishi ham 
mumkin. Bu jihat hikoyanavisning tasvir uslubiga, badiiy niyatini, aniqrog‘i estetik 
idealiga bog‘liq.
Bu kichik epik janrning poetik imkoniyatlari kattadir. Hikoya uchun voqeani 
quruqdan quruq so‘zlab berish emas, balki obrazlar, ramzlar, badiiy usullar 
vositasida xarakter yaratish muhimdir. Hikoya - inson tafakkuriga bir zarb bilan 
tezda muhrlanadigan, go‘zal poetik shakl qurilishiga ega adabiy hodisa sanaladi. 
Hikoya bamisoli o‘z o‘rnida topib aytilgan qanotli ibora, frazeologik birlik, bir 
gapga joylashgan hikmat. Siz bu hodisani qanday izohlaysiz? Hikoyachilikda 
“hikoya” bilan bir qatorda “novella” termini uchraydi. Ularning farqli tomonlari 
bormi? Mumtoz adabiyotda hikoya janriga mansub asarlar yozilganmi? Ushbu 
muammolarning yechimini toping va yozma tarzda bayon qiling? 
Xulosa qilib aytganda, ta'limning mazmuni har tomonlama yеtuk ma'naviyatli, 
ma'rifatli kadrlarni kamol toptirish, voyaga еtkazish har bir ta'lim-tarbiya bеruvchi 
shaxsdan ya'ni, o‘qituvchidan, yuksak istе'dod talab qiladilar. Bu istе'dod faqat 
o‘qituvchining bilimini oshirishga qaratilgan bo‘lishi, buning uchun o‘qituvchi 
hamma soha bilan hamnafas bo‘lishi nazarda tutiladi. Har bir darsga alohida 
mas'uliyat bilan tayyorlanish o‘qituvchining muqaddas burchidir. Bilimdonlik
tajriba, kasbiy mahorat, ko‘nikma adabiyot darslarining samaradorligini oshiruvchi 
muhim omildir.



Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling