“Himoyaga ruxsat etilsin ” Fakultet dekani


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/58
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544133
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   58
Bog'liq
o,hoshimov

48 
 
tasvirlangan insoniy taqdirlarga o‘quvchilarning beparvo bo‘lmasliklari va ularga 
astoydil munosabat bildirishlaridan iborat.
Muallif onaning qurbon bo‘lishiga urush aybdor degan fikrni o‘tkazishga 
moyil. Asarning nomlanishi ham shunga ishora. Ammo bugungi kun axloqi, badiiy 
matnga yangicha yondashish, tahlilda ijtimoiy yo‘nalishga emas, balki estetik 
asoslarga tayanish tufayli asarning keyingi umri boshlanishi, undan adib o‘ylamagan 
ma’nolarni kashf etish imkonini beradi. O‘quvchilar ayni shu jarayonning faol 
ishtirokchilariga aylanishlari lozim. 
Dars oxirida hikoyaning davomini yaratishni ixtiyoriy uy vazifasi sifatida topshirish 
mumkin. Xohlovchi o‘quvchilar hikoya qahramonlarining keyingi hayotini qanday 
tasavvur qilishlarini qog‘ozga tushirib kelsinlar. Bu topshiriq qobiliyatli 
o‘quvchilarning tasavvurini boyitish va kengaytirish, ijodiy fikrlash ko‘nikmasini 
o‘stirish, hayotga, insonga munosabatini tiniqlashtirishga zamin tayyorlaydi 
2.2. 5-sinfda O‘tkir Hoshimovning “ Dunyoning ishlari” qissasini o‘rganish 
Darsning mavzusi; O‘tkir Hoshimov hayoti va ijodi. “ Dunyoning ishlari” 
qissasi. 
O‘tkir Hoshimov hayoti va ijodi bilan tanishtirish hamda “Dunyoning 
ishlari” asarining mohiyatini o‘rganish.
Dars jarayonida quyidagi vazifalar bajariladi.
1. 
O‘quvchilarga O‘tkir Hoshimov hayoti va ijodi borasida bilimlarni bеrish.
2. O‘quvchilarni “Dunyoning ishlari” asarining mazmuni bilan tanishtirish. 
3. O‘quvchilar tomonidan asarning mazmuni va mohiyatining chuqur 
o‘zlashtirishini ta’minlash. 
4. O‘quvchilarda 
onalarning buyuk zot ekanliklari to‘g‘risidagi 
tushunchalarni qaror toptirish.


49 
 
5. Ularda onalarga nisbatan chеksiz hurmatni uyg‘otish. 
Dars jihozi; O‘tkir Hoshimovning portrеti, adib ijodi hususida ma’lumot 
bеruvchi jadval, “ Dunyoning ishlari” asarining nusxasi.
Dars jarayonida qo‘llanuvchi mеtodlar; suhbat, savol-javob, “5x5x5”, “3x3”, 
“Tafakkur cho‘qqisi”
Darsning rеjasi;
1. O‘tkir Hoshimov- zamonaviy o‘zbеk adabiyotining yеtuk
namayondalaridan biri. 
2. “ Dunyoning ishlari” asarining asosiy g‘oyasi. 
3. Asarda onalarga xos bo‘lgan fazilatlarning yoritilishi. 
1. Darsning borishi;

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling