“Himoyaga ruxsat etilsin ” Fakultet dekani
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
o,hoshimov
46
yomonligi to‘g‘risida ham qat’iy xulosa aytish mushkul. Og‘ir turmush, yo‘qchilik har bir odam uchun sinov, ba’zilar uchun esa, to‘qchilik va farovonlik ham o‘ziga xos bir sinov. Hamma ham bu sinovlardan birday o‘ta olmaydi. Odamga xos asl fazilatlar ana shunday mushkul vaziyatlarda o‘zini ko‘rsatadi. Xadichaning shaxsini ochuvchi jihatlarning har biri savol-topshiriqqa aylantirilsa, uning fe’l-atvori o‘quvchilar tomonidan ochilib, xatti-harakatlari, muomalasidagi yaxshilik va yomonlik sabablari anglashiladi. Shoikrom timsolini Xadichadanda murakkab deyish mumkin. U – tabiatan fikr kishisi, mulohazali odam. Adib buni hikoyaning biror o‘rnida aytmagan bo‘lsada, tasvir maromi u haqda shu taxlit xulosa chiqarish imkonini beradi. O‘quvchilar oldiga ro‘zg‘orning fayzsizligi, kunlar isib ketgan bo‘lsada olib qo‘yilmagan sandal nima uchun aynan bugun uning g‘ashini keltirayotgani ham mulohaza qilib ko‘rilishi kerak. Uning o‘n kundan beri ukasining holidan xabar ololmay, uning og‘ziga bir kosa sut tutolmaganidan ezilishi, o‘zidan nafratlanishiga e’tibor qilinishi kerak. Hikoyada o‘quvchilar diqqat qaratishlari lozim bo‘lgan yana bir muhim jihat bor: SHoikrom ovqat borligini bila turib nega ayolini onasiga ovqat berishga majbur qilmadi? Buning o‘rniga, onasidan ovqatni qizg‘angan xotinini tushinishga harakat qildi. Ona uydagi ahvolni biladi, o‘sha ovqatni yemasligi ham mumkin edi. Onasiga ovqat obkeltirish SHoikromning farzandlik burchi emasmidi? Agar shunday qilolganda, uning ko‘nglidagi iztiroblar ham kamroq bo‘larmidi? SHu jihatlarning har biriga alohida munosabat bildirish tahlilni chuqurlashtirgan bo‘lardi. Shoikrom – qahri qattiq ham, mehrsiz ham, yovuz ham emas. Xo‘sh, buning uchun urushni, qashshoqlikni ayblash kerakmi? Yoki u tabiatan irodasiz-u vaziyat qiyinlashganda sinovlardan o‘tolmayaptimi? Balki u vaziyatning qulidir? Vaziyatdan qanday chiqishni bilmagani uchun xayoliga o‘g‘ridan qasos olish fikri kelganida vujudi titrab ketsada, ahdidan qaytmagandir? Razolatga qarshi qabohat yo‘li bilan kurashmaslik kerakligiga aqli yetmagandir? SHuning uchun ham o‘zi bilmagan, istamagan, xayoliga ham keltirmagan holda qotilga aylangandir. Yana, o‘z onasining qotiliga... O‘quvchilar bu qadar murakkablik qarshisida qanchalar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling