“Himoyaga ruxsat etilsin ” Fakultet dekani
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
o,hoshimov
43
nomli maqolasida bu hayrotomuz hodisa haqida shunday deb yozadi: “SHundan so‘ng munkillagan yoshida so‘nggi kunlardagi voqealardan (“vabo qo‘zg‘oloni”dan, demoqchi) qattiq larzaga tushgan muhtaram Abulqosimxon tezda – 4 iyulda vafot etdi. Qiziqarlisi shundaki, vabo barham topdi, toshkentlik sartlar buni uning vafotiga nisbat berdilar…” Ajdodlarim to‘g‘risida bu qadar batafsil to‘xtalganimning sababi shundaki, ellik yoshga chiqqinumcha bobolarimning kim bo‘lganini bilmaganman. 1991 yil taniqli olim va jurnalist Sirojiddin Ahmedov shajaramiz to‘g‘risidagi ma’lumotni qo‘limga topshirdi. Keksa yoshdagi qarindoshlarimdan bu dalillarni nega menga aytishmaganini so‘raganimda juda asosli javob eshitdim. Gap shundaki, agar bu gaplarni bilganimda qaerdadir aytishim yoki yozishim muqarrar edi. SHo‘ro siyosati esa “xalq dushmanlari”ga aloqador bo‘lgan odamni ko‘kartirmasligi aniq edi…”. O‘qituvchi bu asarni o‘rganishga ajratilgan ikki soatni yaxlitlashi, ya’ni ikkala akademik soatdan bir kunda qatorasiga foydalanishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. SHunda o‘quvchilarning matn o‘qishi davomida olgan taassurotlari, ko‘ngillarida paydo bo‘lgan iztirob, achinish singari hissiyotlar asar ustida ishlash jarayonida “issig‘ida” tilga chiqa boshlaydi. Ular tahlil mobaynida tug‘ilgan fikrlariga ruhiyatida paydo bo‘lgan tuyg‘ularni ham qo‘shib ifodalaydilar. Bu esa, o‘z navbatida, o‘z-o‘zini taftish qilish demakdir. Bu yoshdagi o‘quvchilarning ruhiy kechinmalarini bir-birlaridan yashirmay, tortinmay, uyalmay ifodalashi ularda shaxslik sifatlarining shakllanishiga ijobiy ta’sir etadi. Muallim hikoya matnini o‘zi o‘qib berishi shart va o‘qish jarayonida Shoikromning holati ifodalangan o‘rinlarni, uning fikrlarini toliqqan ovoz bilan, onaning so‘zlarini yumshoq, Xadichaning ovozini qalbakiroq ohangda, muallifning so‘zlarini qat’iyroq, SHone’matning ovozini dardli, siniq tarzda ifodalay olishga erishishi asarning ta’sir kuchini oshirishi tayin. SHoikromning pushtalar orasida mukka tushib yotgan onasini ko‘rgandagi holati va qichqirig‘ini o‘qish jarayonida tabiiy ifodalay olish uchun o‘qituvchi shu holatni to‘liq his qilishi, o‘zini shunga tayyorlashi lozim. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling