“Himoyaga ruxsat etilsin ” Fakultet dekani
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
o,hoshimov
40
Hikoyaning darslikdagi to‘liq matnini o‘qib chiqish uchun 25–26 daqiqa kerak bo‘ladi 24 . Mazkur hikoyani o‘rganish uchun dasturda belgilangan ikki soatning birinchisi hikoya matni bilan o‘quvchilarni tanishtirishga bag‘ishlanadi. O‘tkir Hoshimov shaxsi haqida darslikda berilgan biografik material 5-sinfdagi hasbi holning bir oz o‘zgartirilgan varianti. Bu kabi takrorlardan qochib, o‘qituvchi muallifning o‘z xotiralaridan foydalansa, dars samarasi ortishi aniq: “Men 1941 yil 5 avgustda Toshkent biqinidagi Do‘mbirobod qishlog‘ida tug‘ilgan ekanman. Qishloqda, tag‘in, poytaxt biqinidagi qishloqda tug‘ilganim taqdirning hadyasi bo‘lsa ajab emas. Negaki, ijodkorda qishloqning qalbi, shaharning aqli bo‘lishi kerak. Oilamizda bir qiz, to‘rt o‘g‘il bor edik. Men uchinchi o‘g‘il edim… Otamdan qattiq hayiqar edik. Otam biron marta ham birontamizni bir tarsaki urgan emaslar. Otani qattiq izzat qilishni onam o‘rgatganlar: «Hozir adang keladila, uyni supurib qo‘y», «Adangni jahllari yomon, tinch o‘tiringlar», «Adangni ketmoniga tegma», «Adangni soatiga qo‘l tegizma…» Bilmadim, balki hozirgi – zamonaviy oilalarga bizning holat «feodallik» bo‘lib tuyular. Ammo bizning oilamizda ota shaxsiga sig‘inish farzandlarga ziyon keltirganini eslay olmayman… Etti yoshga to‘lar-to‘lmas, akalarimga ergashib, Do‘mbiroboddagi maktbga bordim. Bu – yetti yillik maktab edi. Uni bitirib, ancha naridagi «katta» maktabda o‘qishni davom ettirdim. «Ikki eshik orasi» romanida Muzaffarning «katta maktab»ga borishi, «Alvasti ko‘prik», Bo‘rijar manzaralari o‘sha palladagi kuzatuvlar hosili bo‘lsa ajabmas. Urushdan keyingi og‘ir yillar edi. O‘qituvchilarda ham, o‘quvchilarda ham allaqanday fidoyilik bor edi… O‘qituvchilarimiz biz uchun namuna edi. Kiyinishi ham, yurish-turishi ham… Ayni paytda domlalarimiz dars o‘ta turib, temir pechkaga o‘tin tashlab qo‘yishdan ham erinmasdi. «Alifbe»ni o‘rgatgan Ma’suda opani, faqat direktor emas, haqiqiy tashkilotchi bo‘lgan Odil akani, Zuhriddin aka, Abduusmon aka, Qo‘chqor aka, Maryam opa, Abduvali aka degan o‘qituvchilarimni unuta olmayman. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling