“Himoyaga ruxsat etilsin ” Fakultet dekani
O‘tkir Hoshimovning “Urushning so‘nggi qurboni” hikoyasini
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
o,hoshimov
2.1. O‘tkir Hoshimovning “Urushning so‘nggi qurboni” hikoyasini
o‘rganish O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov shaxsi va “Dunyoning ishlari” asaridan olingan parchalar bilan o‘quvchilar 5-sinfda tanishishgan. Qissaning shirali tili, jozibali ifodasi va ona timsolining samimiy tasviri tarbiyalanuvchilar ruhiyatida iz qoldirmasligi mumkin emas. Darsning boshida o‘qituvchi o‘quvchilarga buni bir eslatsa, adib va uning asari haqda bilganlarini gapirib berishni so‘rasa, o‘quvchilar o‘z fikrlarini o‘rtaga tashlashari, ruhan bugungi hikoyadan ham o‘shanday lazzatni tuyishga tashnalikni his qilishlari tabiiy. O‘qituvchi o‘z “hamkor”larini shu holatga tushirishi pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq bo‘ladi. Muallimga oltinchi sinfda O‘. Hoshimov qalamiga mansub “Urushning so‘nggi qurboni” nomli hikoya ustida ish boshlashdan oldin uni bir o‘qib olishi lozimligini eslatib o‘tishning hojati bo‘lmasa kerak. Hikoyada muallif qiyinchilik, qashshoqlik inson ma’naviyatini sinovdan o‘tkazuvchi bir vosita ekanini oddiy o‘zbek oilasi misolida, o‘ta samimiy tarzda namoyish eta bilgan. Asarni o‘rganishga kirishishdan oldin o‘qituvchi uning dasturdagi talqini bilan tanishishi, asarga qanday yondashishi lozimligini qat’iylashtirib olishi zarur. Bu talqin: “Asarda qiyinchilik inson ma’naviyatini sinovdan o‘tkazish vositasi ekanining ko‘rsatilganligi. Hikoyada urush yillarining haqqoniy tasvirlanganligi. Yo‘qchilik onani boladan, og‘ani inidan sovutganligining ta’sirchan ifodalanganligi. Asl odam har qanday sharoitda ham ma’naviy pokligicha qolishining tasvirlanganligi. Hikoyadagi SHoikrom, SHone’mat, Hadicha va Umri xola obrazlariga xos xususiyatlarning yorqin aks etganligi” tarzida ifodalangan 23 . 23 Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 5-9-sinfi uchun adabiyotdan o’quv dasturi. Ma’rifat, 4,7,11- oktyabr. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling