“Himoyaga ruxsat etilsin ” Fakultet dekani
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
o,hoshimov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Musulmonlikka oid materiallar to‘plami
42
Mening bobolarim o‘z davrining mashhur kishilari bo‘lishgan ekan. Jumladan, bobokalonim – otamning bobolari Abulqosimxon eshon Turkiston tarixida chuqur iz qoldirgan ulug‘ shaxslardan bo‘lgan ekanlar. Toshkentda, Xalqlar do‘stligi saroyi bilan Oliy Majlisning muhtasham binosi o‘rtasida qadimiy obida – madrasa bor. Mana shu obidani 1832 yili Abulqosimxon eshon bunyod etgan ekanlar. Bu zukko inson o‘zbek tilidan tashqari arab, fors, rus va boshqa tillarni mukammmal bilgan, Turkistonning CHor Rossiyasi tomonidan bosib olinishiga qarshi kurashning g‘oyaviy rahnamolaridan biri bo‘lgan ekanlar. 1899 yili Sankt-peterburgda nashr etilgan “Musulmonlikka oid materiallar to‘plami” kitobida bunday deb yozilgan: “1892 yili vafot etgan Abulqosimxon eshonning Toshkent va boshqa shaharlarda o‘n minglab muridlari bo‘lib, ulardan kelgan mablag‘lar va vaqf yerlaridan tushgan daromadlar hisobidan eshon 30 ming oltin so‘mga madrasa qurdirgan. Bu madrasada 100 – 150 talaba tahsil olgan… Uning aholi orasidagi nufuzi nihoyatda baland bo‘lgan…” Madrasada faqat diniy emas, dunyoviy ilmlar ham o‘rgatilgan. …1892 yili Toshkentda vabo kasali tarqaladi. Ustiga-ustak kelgindilar zulmidan tinkasi qurigan xalq qo‘zg‘olon ko‘taradi. Tarixga “Vabo qo‘zg‘oloni” nomi bilan kirgan milliy-ozodlik harakati boshlanadi. CHor hukumati askarlari eski shaharga bostirib kirgan qirg‘in chog‘ida Abulqosimxon eshon muqarrar o‘limni bo‘yniga olib, o‘sha paytdagi Turkiston general-gubernatori Vrevskiy nomiga rus tilida ariza yozib, uning oldiga boradi. Bosqinchi askarlar Toshkentning mahalliy aholi yashaydigan qismidan (eski shahardan) olib chiqilmasa, oqibati ikkala tomon uchun ham fojiali bo‘lishini tushuntiradi. Gubernator buyrug‘i bilan “sallotlar” shahardan olib chiqiladi. Keyin esa undan ham g‘aroyib hodisa ro‘y beradi… 1892 yil 30 iyung’ kuni Abulqosimxon eshon Xo‘ja Ahror jome masjidida ming-ming odamlar orasida va’z aytib, Toshkent ahli bir balodan qutilgani – bosqinchi askarlar shahardan olib chiqilgani bilan xaloyiqni qutlaydi va tag‘in bir ofatni – vaboni o‘zi bilan olib ketish niyatida ekanini aytib, Allohga iltijo qiladi. “Turkiston viloyatining gazeti” muharriri N. Ostroumov “Fon Kaufman – Turkiston o‘lkasining tashkilotchisi” |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling