“Himoyaga ruxsat etilsin ” Fakultet dekani
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
o,hoshimov
38
muammolarni yoritishda ham muhim ahamiyat kasb etadi» 22 . Shunga qaramay, muallifning shaxsiyati uning asarlarida turlicha aks etishi mumkin. Ba'zan u ochiqdan ochiq ifodalansa, ba'zan muayyan vositalar orqali tasvirlanashi, ba'zi hollarda esa muallifning shaxsiyatini bеvosita idrok etish ancha qiyin kеchadi. Mеtodist olimlar to‘g‘ri ta'kidlashganiday, «har bir asar muallifning ma'naviy portrеtidir». Badiiy asarning ijodkor shaxsiyatining ifodachisi ekanligini anglab еtgandan kеyingina asar mohiyati ham, uning muallifinitng nuqtai nazarlari ham o‘quvchiga to‘laroq va tеranroq tushuniladi. Shundagina muallifning adabiyotga, jamiyatga, shu xalq va millatga bo‘lgan muhabbati va xizmatlari to‘la idrok etiladi. Badiiy asarlarni o‘rganishda uning muallifi haqidagi ma'lumotlar ham ayricha ahamiyat kasb etadi. Bu ma'lumotlar ko‘pincha, asarning g‘oyaviy-badiiy mazmunini tеranroq anglashda, asarning ijtimoiy-estеtik mohiyatini to‘g‘ri bеlgilashda yordam bеradi. Mazkur ma'lumotlar qaеrlardan olinadi? Ularni adiblarning o‘zlari yozib qoldirgan tarjimai hollardan, adib haqida aytilgan zamondoshlar, uning tеngdoshlari, ustozlari yoki shogirdlari, tanish- bilishlari va muxlislari tomonidan aytilgan yoki yozma holida еtib kеlgan manbalardan olinishi mumkin. Bu boradagi eng yaxshi omillardan yana biri adib va yozuvchilarning asarlarida saqlanib qolgan matеriallardir. 22 Quronov D. «Adabiyot nadir» yoki Cho‘lponnin mangu savoli. Adabiy-tanqidiy maqolalar.- T.: «Zarqalam», 2006,40-41-bеtlar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling