“Himoyaga ruxsat etilsin ” Fakultet dekani
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
o,hoshimov
33
Yangi mavzu bayoni: Otkir Hoshimov hayoti va ijodi hali o`quvchilarga notanish mavzu ekanligini hisobga olgan holda, sinf taxtasiga mavzu yozilgach, o`quvchilarga adibning hayot yo`li haqida ma`lumot beriladi. Bu jarayonda darsni adibning o`zi haqida yozgan xotiralaridan foydalanib boshlash, o`quvchini yangi darsni tez va oson o`zlashtirib olishini taminlaydi. Masalan: yozuvchi o`zi to`g`ilgan yillar bilan bog`liq voqealarni quyidagicha xotirlaydi: “Oyim bir gapni ko`p aytardi: Sen tug`ilganingda qiyomat qoyim bo`lgan edi. Lagerdagi o`ris xotinlar urush boshlanibdi deb yig`lagan, men ammamning buzog`i, hayron bo`lgandim. Urush allaqayoqda bo`layotibdi-yu, bular nega dod solidi degandim. Keyin aqlim yetdi…” 19 bu adib hayotiga tegishli bo`lgan tarjimayi holdan ko`rinib turibdiki, uning bolalik yillari ayni urush yillariga to`g`ri kelgan. Yozuvchining tug`ilib o`sgan joyi, ota-onasi haqida gap ketganda, adib “Mashaqqatli safar” tarjimayi holida otasi va onasi haqida shunday yozadi: “Otam eskicha alifbodagi kitoblarni ham, zamonaviy gazitalarni ham muttasil o`qib borar, kamgap, hiyla tajang, ammo nihoyatda haqparast odam edi… Onam- Hoshimova Hakima esa, otamning aksicha, nihoyatda yuvosh, juda mehribon edi. Qo`shnining mushugi tug`sa ham joni achigandir deb achinar, ko`chada biror bola yig`lab o`tirgan bo`lsa, albatta, tepasiga borib boshini silar, biror sabab bilan biz bolalarni qarg`asa, o`zi ham qo`shilib yig`lab yuborar, o`sha zahoti ko`nglimizni olishga harakat qilardi… onam ikki gapning birida maqol ishlatmasa turolmas, o`ta sodda, o`ta yuvosh bo`lgani bilan ertaklarni, afsonalarni koni edi…” 20 adibning tarjimayi holini bolalarga so`zlab berish, yaxshi tarbiyaviy samara beradi va yozuvchini ularga qalban yaqinlashtirishga xizmat qiladi. O`tkir Hoshimov ijodini o`quvchilarga so`zlab berish jarayonida, darslikda keltirilganidik yozuvchining ijodiy faoliyati 5-sinfadan boshlanganiga kuchliroq etibor qaratish darkor. Chunki, adib ijodini ayni o`quvchilar yoshida boshlaganini eslatish, o`quvchilar orasida badiiy ijodga moyili bor bolalarga ijobiy ta`sir etadi.5-sinf o‘quvchilari uchun dars jarayonini tashkil qilishda yozuvchi hayoti haqida, fikr yuritish bilan bir vaqtda, slaydlar 19 Adabiyot. O`qituvchilar uchun uslubiy qo`llanma. 6-sinf.T.; Ma`naviyat. 71-bet 20 O`. Hoshimov. Notanish orol. T.; Yosh gvardiya, 1990-y, 6-7-b |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling