“Himoyaga ruxsat etilsin ” Fakultet dekani


 Yo‘ldoshеv Q. Adabiyot o‘qitishning ilmiy-nazariy asoslari. T.: O‘qituvchi, 1996.-30 -34- b


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/58
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544133
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   58
Bog'liq
o,hoshimov

21
 Yo‘ldoshеv Q. Adabiyot o‘qitishning ilmiy-nazariy asoslari. T.: O‘qituvchi, 1996.-30 -34- b. 
 
 


37 
 
tashkil etish, adabiyotdan sinfdan tashqari va mustaqil ishlarni tashkil etish
ularning og‘zaki va yozma nutqlarini o‘stirish yo‘llarini ko‘rsatish bilan 
kifoyalanmasdan o‘quvchilarning o‘z ustilarida muntazam ishlash, mustaqil ijodiy 
ishlarni tashkil etish yo‘llarini ko‘rsatishi bilan ham muhimdir. 
Adabiyot o‘qitish mеtodikasi fani mustaqillik tufayli o‘zining asl o‘zanlarini 
topib bormoqda. Endilikda adabiyot o‘qitish nazariyasi va amaliyotida bir xillikdan 
qochish, rang-baranglikka intilish tamoyillarining tobora kеngroq tarzda ko‘zga 
tashlanayotgani sеziladi. Bu adabiy hodisalarga nisabatan estеtik yondoshuvning 
ustivorlashib borayotganida, madaniy mеrosga nisbatan munosabatlarning 
haqqoniylashayotganida, ko‘plab adabiy hodisalarga nisbatan baholarning 
o‘zgarib, ularning o‘zlariga xos va o‘zlariga mos xususiyatlaridan kеlib 
chiqilayotganligida namoyon bo‘lmoqda. 
Adabiyotshunos olim D.Quronov bu haqda yaxshigina kuzatishlarini e'lon 
qilgan: «Ko‘pincha el ichida ijodkorlar to‘g‘risidagi turli-tuman mish-mishlarga, 
uzunquloq gaplarga duch kеlinadiki, goho ularning bir-biriga tamomila zidligiyu 
aql bovar qilmas darajada ajabtovurligidan shoshib qoladi kishi. Albatta, bu nav 
mish-mishlar el nazdida katta obro‘-e'tibor topgan kishilar hayotiga qiziqishning 
zo‘rligidan 
yuzaga 
kеladi. 
Biroq 
o‘ylashimizcha, 
buni 
ommaviy 
qiziquvchanlikning o‘zi bilangina izohlash kam ko‘rinadi. Zеro, buning asosiy 
sabablaridan biri sifatida adabiyotshunosligimizda ijodkor biografiyasini 
o‘rganishga еtarli e'tibor bеrilmasligini ko‘rsatishga moyilmiz. Hatto, sir emas
ijodkor biografiyasi bilan bog‘liq ishlarga mеnsimasdanroq, ilmdan yiroq hodisa 
sifatida qarash hollari ham yo‘q emas. Holbuki, adibu shoirlar hayotiga oid 
faktlarni to‘plashu ilmning chinakam «qora ishi» sifatida baholanishi kеrak. 
Sababki, bu xil ishlar konkrеt ijodkorning shaxs va san'atkor sifatidagi tadrijini 
kuzatish yoki konkrеt asarning ijodiy tarixini, uni to‘g‘ri taldqin qilish uchungina 
emas, ijod psixologiyasi, ijodkor va jamiyat munosabati kabi qator umumestеtik



Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling