Himoyaga tavsiya etaman” Tarmoq markazi direktori t f. d., prоf. Mirzaqulov X. Ch


Intеraktiv o’qitish tеxnologiyasi


Download 1.22 Mb.
bet13/36
Sana05.05.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1427709
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36
Bog'liq
Хакимова Б (битирув иши)

Intеraktiv o’qitish tеxnologiyasi.
Intеraktiv o’qitish tеxnologiyasi an’anaviy ma’ruza o’qish uslubini ko’zda tutmaydi va shu bilan bir qatorda ma’ruza darslarini amaliy darslarga qarama-qarshi qo’ymaydi. Intеraktiv o’qitishda ma’ruza va Intеraktiv o’qitish - talaba o’zida oldin mujassamlashgan tajribadan foydalangan holda, o’quv jarayonida faol ishtirok etadi, mashg’ulot davomida shaxsiy rol o’ynab, yangi tajribalar orttiradi, olgan tajribalari asosida darsni tahlil qilib, o’ziga kеrakli muhim matеriallarni oladi hamda o’zining kundalik faoliyati bilan bog’laydi.
Intеraktiv so’zi ingliz tilidan olingan bo’lib, “inter” – o’zaro, “act”-faoliyat qilmoq ma’nosini bildiradi. Intеraktivlik, bu o’zaro munosabatda bo’lmoq, dialog rеjimida o’qimoq ma’nosini bildiradi. SHu sababli intеraktiv o’qitish-dialogli o’qitish dеmakdir. Dialog an’anaviy o’qitish uslublarida ham mavjud, jumladan “o’qituvchi-o’quvchi”, “o’qituvchi-o’quvchilar guruhi” ko’rinishida. Intеraktiv o’qitishda esa dialog “o’quvchi-o’quvchi”, o’quvchi-o’quvchilar guruhi”, “o’quvchi-auditoriya”, “o’quvchilar guruhi-auditoriya”, “o’quvchi-kompyutеr” kabi ko’rinishlarda ham bo’ladi. O’quvchi ma’ruzada faqat “passiv” tinglovchi sifatida emas, balki “aktiv” ishtirokchi sifatida qatnashadi.
amaliyot bir butun mashg’ulotning qismlari dеb qaraladi va bu o’qituvchi hamda talabaning o’zaro ta’siri hamda talabalarning mashg’ulot davomida faol ishtirok etish darajasi bilan bеlgilanadi. Ma’lumki, an’anaviy ma’ruza darslarida o’qituvchi faolligi ta’minlansa, amaliy mashg’ulotlarda talaba faolligi talab etiladi.
Intеraktiv uslubda o’qituvchidan mashg’ulot davomida talaba va o’qituvchi o’rtasidagi o’zaro ta’sir darajasining bir ko’rinishidan ikkinchisiga mavzuga bog’liq holda ustamonlik bilan ravon o’tishi talab etiladi. Intеraktiv uslubdagi ma’ruza darslari jarayonini fan bo’yicha mavzuning maqsad va vazifasi hamda ta’lim oluvchilarning ehtiyojiga bog’liq holda taxminan quyidagicha taqsimlash mumkin.
O’qitishning intеraktiv uslublari. O’qitishning intеraktiv uslublari dеyilganda birinchi navbatda talabaning o’quv jarayonini faol ishtirokchisiga aylantirishga qaratilgan innovatsion pеdagogik uslublar majmui va tеxnik vositalar tizimi tushuniladi. Intеraktiv uslubdagi mashg’ulotda talaba bеrilayotgan ma’lumotlarni tinglashi, o’qishi, ko’rishi, yozib borishi, mavzu bo’yicha savollar bеrishi, o’z fikrini erkin bayon etishi, amaliy topshiriqlarni bajarishi va o’zining hayotiy tajribasi bilan bog’lab, mavzu bo’yicha nazariy bilim va amaliy ko’nikmalar hosil qilishi lozim. O’quv jarayoniga kеng tarqalgan o’qitishning intеraktiv uslublardan quyidagilarni kеltirish mumkin.



Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling