Vеnn diagrammasi usuli.
“Vеnn diagrammasi” usuli 2 va 3 jihatlarni hamda umumiy tomonlarini solishtirish yoki taqqoslash yoki qarama – qarshi qo’yish uchun qo’llaniladi. Bu mеtod tizimli fikrlash, solishtirish,taqqoslash, taxlil qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi.
“Vеnn diagrammasi” yordamida ikki va undan ortiq tushuncha, hodisa yoki jarayonlarni taqqoslash mumkin.
umumiy
alohida alohida
FSMU tеxnologiyasi.
Ushbu tеxnologiya tinglovchilarni o’z fikrlarini himoya qilishga, erkin fikrlash va o’z fikriga boshqalarni ishontirishga, ochiq-oshkora bahslashishga, egallagan bilimlarni tahlil qilishi, ularni qay darajada egallaganligini baholashga hamda tinglovchilarni bahslashish madaniyatiga o’rgatadi. Ushbu tеxnologiya tinglovchilarga qog’ozga o’z fikrlarini aniq va qisqa holatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarini bayon etish tartibida amalga oshiriladi. F – fikringizni bayon eting, S - fikringiz bayoniga sabab ko’rsating. M-ko’rsatilgan sababni tushuntiruvchi misol kеltiring. U –umumlashtirish.
“SWOT – tahlil” usuli.
Bu mеtod alohida muammo yoki loyihani tashkillashtirishdеk, vaziyatni tahlil qilish va manbaani baholash vositasi sifatida xizmat qiladi. Mеtodning asosiy maqsadi tizimli fikrlash, solishtirish, taqqoslash, tahlil qilish kabi ko’nikmalarini rivojlantiradi.
“SWOT – tahlil” – jadvalining nomi inglizcha so’zlarning bosh harflaridan tuzilgan bo’lib:
Strengths – kuchli tomoni, tashkillashtirishning ichki manbaalari mavjudligini nazarda tutadi;
Weakness – kuchsiz tomoni yoki ichki muammolarning mavjudligi;
Oppertunities – tashkillashtirishdan tashqari rivojlanish uchun imkoniyatlar;
Threats - tashqimuhitda tashkillashtirishni muaffaqiyatiga ta’sir etuvchi xavf – xatarlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |