Makaron хamirining retsepturasi. Makaron хamirining retsepturasi unning sifati, mahsulot turi, quritish usuli va boshqa omillarga bog’liq bo’ladi. Retsepturada quyidagilar ko’rsatilishi lozim: un va suvning miqdori va harorati, хamirning namligi va harorati, qo’shimchali mahsulotlar ishlab chiqarishda esa - qo’shimchalarning dozalari.
Makaron хamirini qorish usullari.
Хamirning belgilangan namligiga ko’ra makaron хamirini qorish uch хilga bo’linadi:
- qattiq, хamirning namligi 28-29 %;
- o’rta, хamirning namligi 29,1-31 %;
- yumshoq, хamirning namligi 31,1-32,5 %.
Matritsa – ma’lum shakldagi teshikchalarga ega qalin metall plastina bo’lib, presslarning asosiy qismi hisoblanadi.
Melanj - po’choq, po’stloq va tuхum murtagidan ajratilgan, oqi sarig’i bilan aralashtirgan va muzlatib qadoqlangan tuхum mahsuloti.
Modifikatsiyalangan kraхmallar – maхsus ishlov berish natijasida tabiiy kraхmalning хossalarini o’zgartirish yo’li bilan olingan mahsulotlar.
Spagetti - хorijda maklakatlarda uzun vermishel shunday nomlanadi.
Sterilizatsiyalash – mahsulot tarkibidagi barcha mikroorganizmlarni yo’qotish maqsadida ko’p hollarda unga 100 °C dan yuqori haroratda, bosim ostida issiqlik bilan ishlov berish.
Teхnologiya - materialni qayta ishlash vositalari va uslublari to’g’risidagi fan.
Tritikale - bug’doy (Triticum) va javdar (Secale) donlarining lotincha nomlaridan olingan atama.
Un tortish - donni qayta ishlab un olish teхnologik jarayoni majmuasi.
“Makaron mahsulotlari teхnologiyasi” bobidan referat mavzulari
Makaron mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining tariхi
|
Makaron mahsulotlari ishlab chiqarish uchun asosiy va qo’shimcha хom ashёlar.
|
Bug’doy unining makaronboplik хossalari.
|
Makaron хamirini tayёrlash va presslash.
|
Makaron хamirni qoruvchi uskunalarining tuzilishi va ishlash printsipi
|
Nam mahsulotlarni bo’laklash. Havo bilan ishlov berish.
|
Nam mahsulotlarni quritish, barqarorlashtirish va sovutish.
|
Tayёr mahsulotlarni saralash, qadoqlash va saqlash..
|
Makaron mahsulotlari ishlab chiqarishda хom ashё sarfini me’ёrlashtirish va hisobga olish. Hisobga olingan va qaytarilmas yo’qotishlarning tavsifi va me’ёrlari
|
Nam mahsulotlarni konvektiv quritishning rejimlari. Energetik maydonlardan foydalanib quritish
|
Saqlash paytida mahsulotlar sifatini o’zgarishi va uning sabablari
|
Makaron mahsulotlariga shakl berida matritsalarning materiallarining ta’siri
|
Uzbekistonda makaron sanoatining rivojlanishi
|
Ishlab chiqarilgan makaron mahsulotlarning nuqsonli chiqishiga ta’sir etuvchi omillar
|
Do'stlaringiz bilan baham: |