Himoyaga tavsiya etildi


Download 198.09 Kb.
bet10/16
Sana08.03.2023
Hajmi198.09 Kb.
#1254338
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
Hazratqulov Shamsiddin Moliya kurs ishi

Fyuchers shartnomalari. Fyuchers operatsiyalari muddatli valyuta operatsiyalari turkumiga kiradi. Fyuchers operatsiyalari – muddatli valyuta operatsiyalari bo`lib, shartnomaning kursi shartnoma tuzilayotgan paytda qayd etiladi, shartnomaning o`zi esa, kelgusidagi ma`lum bir sanada aks etadi. SHartnoma ishtirokchilari bo`lib sotuvchi va sotib oluvchilar bo`lib, ular shartlarga asosan bo`nak to`lovini kafolat sifatida to`laydilar. Ishtirokchilar orasidagi hisob-kitoblar kliring palatasi orqali amalga oshadi. Fyuchers shartnomalarining maqsadi tovar etkazib berish emas, balki xedjirlashdir.
Birjadagi marja tizimi hosil bo`lishi mumkin bo`lgan har qanday kamomadni
qoplash imkonini beradi. Mazkur marjaning manbasi ishtirokchilar badallaridir. Badallar ishtirokchilar tomonidan shartnoma amalga oshgunga qadar birjada to`lanadi.
Masalan, 25ooo AQSH dollar qiymatga ega shartnomana tuzish uchun 15oo AQSH dollar hajmida sotuvchi va sotib oluvchi tomonidan bo`nak hosil qilinishi zarur.
Opsion shartnomalari. Odatda qo`shimchalar sifatidagi mukofot yoki diskontlar kontragentlarni shu soha bo`yicha qanchalik ma`lumotga ega bo`lganligiga bog`liq va ular shartnoma predmeti bo`lib hisoblanadi. Bu munosabatda opsion shartnomalari muhim ahamiyat kasb etadi.
Opsion- lotincha so`zdan olingan bo`lib, tanlov ma`nosini bildiradi. Opsion –ma`lum bir aktivni shartnomada qayd etilgan bahoda oldindan kelishilgan sanada yoki kelishilgan ma`lum bir davr ichida sotib olish yoki sotish huquqini boshqalarga berilishi haqidagi ikki taraflama shartnomadir.
Shartnoma bo`yicha bir broker opsionni yozib boshqa brokerga beradi. Boshqa broker esa, uni sotib oladi va opsiosh shartlari ko`zda tutgan muddat ichida uni o`rnatilgan kurs asosida opsionni yozib bergan shaxsdan ma`lum bir miqdordagi valyutani sotib olish yoki unga bir valyutani sotish huquqiga ega bo`ladi.
Shunday qilib, opsional sotuvchi valyutani sotishga majbur, opsionni sotib oluvchi shaxs esa buni qilishi shart emas, ya`ni u valyutani sotib olishi yoki sotib olmasligi mumkin.
Opsionning 3 turi mavjud:
1. Sotib olishga opsion – bu opsionni sotib oluvchi shaxsni valyuta kursining o`sishi xavfidan o`zini himoya qilish maqsadida uning mazkur valyutani sotib olish huquqidir.
2. Sotishga opsion – bu opsionni sotib olgan shaxsni valyuta qadrsizlanishidan o`zini himoya qilish maqsadida shu opsionni sotishga huquqini bildiradi.
3. Opsion –stellaj. Bu opsion egasiga valyutani bazis bahosi bo`yicha sotib olish yoki sotish huquqini beradi.
Opsionda uning muddati ko`rsatiladi. Opsionning muddati bu sana yoki ma`lum bir davr bo`lib, sana yoki davr muhlati o`tib ketsa, mazkur opsionni ishlatib bo`lmaydi.
Amaliyotda opsionning 2 usuli mavjud: evropacha va amerikacha.
Yevropacha stilda opsion faqat ma`lum bir belgilangan sanaga ishlatilishi mumkin.
Amerikacha usulda opsion davrining istalgan paytida ishlatilishi mumkin. Opsion o`z kursiga ega. Opsion kursi bu strayk bahodir. Bu valyutani sotib olish yoki sotish mumkin bo`lgan bahodir. Opsionni sotib oluvchi shaxs opsionni sotuvchi yoki uni yozib bergan shaxsga mukofot deb ataluvchi komissiya haqini to`laydi. Mukofot - bu opsionning bahosidir. Opsionni sotib oluvchi shaxsning xavf-xatari shu mukofot miqdori bilan cheklanadi, o`z navbatida opsionni sotuvchi shaxsning riski esa olingan mukofot miqdoriga kamayadi. Opsionga egalik qilish uni sotib olgan shaxsga oldindan bilib bo`lmaydigan kelgusidagi o`zgarishlardan o`zini himoyalash imkonini beradi.
Opsion shartnomasi opsion egasi uchun ijro etilishi majburiy bo`lgan shartnoma emas. Shuning uchun ham agarda opsion amalga oshmasa egasi uni berib yuborishi yoki ishlatmasdan qoldirishi mumkin.

Download 198.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling