Himoyaga tavsiya etildi


Download 198.09 Kb.
bet11/16
Sana08.03.2023
Hajmi198.09 Kb.
#1254338
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Hazratqulov Shamsiddin Moliya kurs ishi

Svop shartnomasi. Svop operatsiyasi – bu hisob-kitob sanalari turlicha bo`lgan, ta`minan teng hajmdagi xorijiy valyutani bir vaqtning o`zida sotilishi va sotib olinishidir. Svop – bu valyutani so`nggi sotuv kafolati bilan vaqtinchalik sotib olish. Amaliyotda svop bir vaqtning o`zida valyuta almashinuvi bilan bog`liq 2 alohida shartnomani imzolanishini ko`zda tutadi. Bu shartnomalar qarama-qarshi yo`nalishlarga va turli hisob-kitob sanalariga ega. Bu shartnomalarni biri bo`yicha birinchi valyuta ikkinchi valyutaga boshqa sanada etkazib berish sharti bilan sotib yuboriladi. Svop valyuta operatsiyalarini ko`p hollarda banklar amalga oshadi.
Valyuta risklarini kamaytirish bilan bog`liq muammolar.
Valyuta risklarini kamaytirish bilan bog`liq muammolarni o`rganish va ularning yechimini topish, bank tizimini barqaror bo`lishini ta`minlaydi. Bugungi kunda tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotni barcha tarmoqlarini investitsiyalash jarayoni ichki va tashqi mablag`lar bilan ta`minlanmoqda. Bunda xorijiy kredit liniyalari bo`yicha ham turli operatsiyalar bajarilmoqda. Bu jarayonda albatta valyuta risklarini e`tiborga olish bankning moliyaviy barqarorligiga ta`sirini o`tkazmay qo`ymaydi. Banklarni xorijiy valyutada amalga oshiriladigan operatsiyalari yanada ko`payib boradi.
Valyuta risklarini kamaytirish muammolari:
Xorijiy valyutada operatsiyalar o`tkazayotgan bank ikkita riskga duch keladi:

  • valyuta kurslaridagi salbiy harakat yoki ustama foizlarining ochiq pozitsiyalariga ta`siri;

  • ikkinchi tomonning spot, forvard yoki depozit majburiyatlari bo`yicha imzolanishidan oldin bankrot bo`lishi.

Bir qancha yirik banklar tomonidan ko`rilgan zararlar bu harakatlarni qo`yidagi ikki omil bilan tasniflash mumkinligini ko`rsatadi:
- boshqaruv yoki bank boshqaruvchisining to`liq xabardorligi yoki vakilligidagi bajariladigan operatsiyalari;
- bank boshqaruvi vakolatsiz yoki vakolatidan tashqari xorijiy valyuta operatsiyalari bo`limi dilerlari tomonidan bajariladigan operatsiyalar.
Valyuta risklari darajasini ikki usul qo`llagan holda kamaytirish mumkin:
1) valyuta narxini to`g`ri tanlash;
2) valyuta pozitsiyalarini shartnomalar bo`yicha muvofiqlashtirish.

Download 198.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling