Himoyaga tavsiya etildi


Download 198.09 Kb.
bet15/16
Sana08.03.2023
Hajmi198.09 Kb.
#1254338
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Hazratqulov Shamsiddin Moliya kurs ishi

Operatsiyalar

Pozitsiya

Uzun

Qisqa

Sotib olish

Sotish

GBP

USD

SEK

CHF

USD

SEK

1ooo GBP

155o USD

1ooo










155o




9oo USD

2295 SEK













65o

2295

2ooo USD

4ooo CHF




1135o




4ooo







395o SEK

1ooo GBP






1655














135o

1655

4ooo







Valyuta pozitsiyasining yopilishi:2

Uzun

Qisqa

Valyutada

GBP

Valyutada

GBP

135o USD

87o,97

4ooo CHF

1228,27

1655 SEK

418,98










1289,95




1228,27

Keltirilgan misolda ochiq valyuta pozitsiyasi 61,68 GBP (1289,95 - 1228,27) daromad keltirdi, ammo bunday hol hamma vaqt ham bo`lavermaydi. Odatda ochiq valyuta pozitsiyasi yuqori darajadagi valyuta riski manbaidir. Valyuta yo`qotishlar manbai bo`lgan ochiq valyuta pozitsiyalarining aniqlanishi bilan valyuta xavf-xatarlarini bartaraf etish zarurati tug`iladi.


Valyuta pozitsiyasiga limit, har bir davlatda, uning iqtisodiyotining holati va mamlakatning moliyaviy tizimining o`ziga xosligidan kelib chiqib o`rnatilishi ma`lum. Quyida keltirilgan ma`lumotlar bunga yorkin dalil bo`ladi. Dunyoning ayrim davlatlarida ochiq valyuta pozitsiyasi quyidagicha miqdorda belgilangan: Avstriya: (1997 yil 31 dekabr holatiga) bir valyuta turi bo`yicha kun davomida 3o foiz va umumiy valyuta pozitsiyasi bo`yicha 5o foiz qilib belgilangan. Xitoy: (1998 yil 31 yanvar holatiga) kun davomida moliya institutlari xorijiy valyutani oldi-sotdi qilishlarida kapitalga nisbatan 2o foiz hajmdan oshirmasliklari lozim.
Shu bilan birga, kunning oxirida, ya`ni valyuta pozitsiyalarini so`ndirishda kapitalga nisbatan 1 foiz miqdorda ochik limit saqlashiga ruxsat etilgan.
Buyuk Britaniya:
(1997 yil 31 dekabr holatiga) bu yerda ochiq valyuta pozitsiyasiga qat`iy limit o`rnatilmagan. Lekin, faqat foizsiz depozitlarning o,35 foizi Angliya bankida saqlanishi ko`zda tutilgan.
Avstraliya:
(1998 yil 31 mart holatiga) 1998 yil 27 martdan ochiq valyuta pozitsiyalariga limitni o`rnatish tashqi valyuta bozorida ishtirok etuvchi dilerlarga vakolat berilgan.
Shvetsiya:
(1997 yil 31 dekabr holatiga) bir valyuta turi bo`yicha kun davomida 15 foiz va umumiy valyuta pozitsiyasi bo`yicha 3o foiz qilib belgilangan.
Vetnam:
(1997 yil 31 dekabr holatiga) kapitalga nisbatan umumiy valyuta pozitsiyasi bo`yicha 15 foiz limitbelgilangan. Litva: (1997 yil 31 dekabr holatiga) bir valyuta turi bo`yicha ochiq valyuta pozitsiyasi bankning kapitaliga nisbatan 2o foiz va umumiy valyuta pozitsiyasi bo`yicha 3o foizdan oshmasligi belgilangan.
Yevropaning ba`zi davlatlarida:
(1997 yil 31 dekabr holatiga) ochiq valyuta pozitsiyalari Yevropa Hamjamiyatining direktivalari bilan tartibga solinadi.
O`zbekiston Respublikasida hozirgi vaqtda amalda Markaziy bank boshqaruvining 1998 yilning 28 martida 392- son bilan qabul qilingan «Ochiq valyuta pozitsiyasini yuritilishi qoidalari» amal qiladi. Yuqorida qayd etilgan tartibda, bir qator o`z echimini topmagan masalalar uchraydi. Xususan, qoidaning 2-bandi bo`yicha: ochiq valyuta pozitsiyasining limit miqdori juda kam o`rnatilgan. Ya`ni, barcha xorijiy valyuta pozitsiyasi bo`yicha 2o foiz, aniq bir valyuta turi bo`yicha esa, 5 foiz. Ushbu foiz miqdorlarini qayta qurish kerak. Chunki, respublika vakolatli banklari asosan, ikki valyuta (evro kiritilishigacha bo`lgan davrda asosan bitta - AQSH dollari) bilan ishladi. Demakki, ular o`z valyuta pozitsiyalarini maksimal darajada 1o foiz qiladilar. Yana boshqa bir valyutalar inobatga olinsa, bu ko`rsatkich eng ko`pi bilan 12-14 foizni tashkil qiladi. Ya`ni, ulaming pozitsiya imkoniyatlari cheklanadi. Mazkur vaziyatni yaxshilash uchun: birinchidan, umumiy valyuta pozitsiyasi miqdorini yana 5-1o foizga oshirish kerak.
Chunki, joriy operatsiyalar bo`yicha konvertirlash masalasi to`la hal qilinsa, banklar, jumladan ulaming mijozlari hisoblangan korxona va tashkilotlar (mulk shaklidan qat`iy nazar) xalqaro jahon bozoriga, ya`ni integratsiya jarayoniga jadal kirishib ketadilar. Demakki, umumiy pozitsiyaning miqdorini kamligi bu jarayongaxalakit berishi mumkin; ikkinchidan, har bir valyuta turi bo`yicha pozitsiya limitini yana 5 foizga oshirish kerak. Mazkur tartib bo`yicha hisobot bir oyda bir kunda tuzilishi ham maqsadga muvofiq emas.
Chunki, joriy valyuta operatsiyalari bo`yicha mavjud cheklashlar olib tashlansa, banklar ushbu limitni buzmaslik uchun hisobot tuzilishi sanasida qisqa pozitsiya qilishlari, va aksincha boshqa kunlar mobaynida pozitsiyani uzun qilib limitni buzishlari mumkin. Shu sababli, mazkur hisobotni taqdim etilish muddatini yana bir bor qayta qurish kerak yoki ushbu chegarani vakolatli banklar har kuni ushlashlarini belgilab kuyish lozim. Shu masala hal qilinmasa, ichki valyuta bozori anchagina likvid mablag`lardan maxrum bo`lishi va faqat oyning bir-ikki kuni davomida juda katta miqdorda likvid mablag`larga ega bo`lishi mumkin. Bu xakkoniy valyuta bozorining shakllanishiga o`zining salbiy ta`sirini ko`rsatadi hamda me`yoriy faoliyat ko`rsatishi buzilishiga olib keladi. Agar bankning mijozi uning uchun valyuta resurslarini sotib olishni talab kilsada, va 5 kun muddat ichida mazkur valyutani sotib olmasa, ushbu valyuta resurslarining miqdori bank uchun uzun valyuta pozitsiyasi hisoblanishi maqsadga muvofiq. Chunki, mijoz xorijiy valyutani o`z vaqtida sotib olmasa, risk to`g`ridan-to`g`ri bankning buyniga tushadi.

Download 198.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling