Himoyaga tavsiya etildi


,83 EUR – 1oooooo EUR  -7865,17 EUR


Download 198.09 Kb.
bet14/16
Sana08.03.2023
Hajmi198.09 Kb.
#1254338
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Hazratqulov Shamsiddin Moliya kurs ishi

992134,83 EUR – 1oooooo EUR  -7865,17 EUR.
Bu summani bank o`z mablag`lari (ustav kapitali) hisobidan sotib olishi kerak, chunki mijozning talabini qondirish uchun unga mablag`lar etishmaydi.
Odatda qulaylik yaratish maqsadida ochiq valyuta pozistiyasi bazaviy valyutada hisoblanadi, masalan: dollarShvetsariya franki tipidagi operastiyalarda bank 6 mln. dollar miqdoridagi umumiy uzun pozistiyaga ega. Turli valyutalardagi ochiq pozistiyalar bo`yicha kumulyativ risk hajmini aniqlash uchun ularni umumiy qilib yagona ekvivalentda baholash mumkin – masalan, AQSh dollarlarida. Mazkur vaziyatda bank uchun valyuta riski quyidagi ko`rinishga ega bo`ladi:
3-jadval1
Valyuta pozistiyasi

Valyuta konversiyasi

Uzun pozistiya

Qisqa pozistiya

Kurs

EURUSD

 924ooo USD

- 1oooooo EUR

o.924o

GBPUSD

 2oooooo GBP

- 2912ooo USD

1.456o

USDCHF

 25995oo CHF

- 15ooooo USD

1.733o

USDJPY

 1oooooo USD

- 12o85oooo JPY

12o.85oo

USDRUB

 3o117ooo RUB

- 1oooooo USD

3o.117o

Umumiy dollardagi pozistiya  - 3488ooo USD

O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki milliy valyutaning xorijiy valyutalarga nisbatan kursining o`zgarashi natijasida yuzaga keladigan valyuta riskini tartibga solish maqsadida vakolatli banklar uchun ochiq valyuta pozistiyalarining limitlarini belgilaydi. Jumladan, har qanday xorijiy valyutaning bir turi bo`yicha ochiq valyuta pozistiyasining limiti har bir operastion kun yakunida vakolatli bank regulyativ kapitalining 1o% dan ortmasligi kerak.
Har bir operastion kun yakunida ochiq valyuta pozistiyalarining umumiy qiymati bank regulyativ kapitalining 2o% idan oshib ketmasligi lozim. Ochiq valyuta pozistiyalarining belgilangan limitlardan ortib ketgan qismi bank tomonidan keyingi operastion kunga o`tkazilmaydi. Ochiq valyuta pozistiyalari belgilangan limitlardan ortib ketgan sharoitda bank joriy kun yakuniga qadar ochiq valyuta pozistiyalarini belgilangan limitlarga olib kelish maqsadida zaruriy balanslovchi bitimlarni (masalan, xorijiy valyutani sotishni) amalga oshirishi kerak.
Xalqaro bitimning amalga oshirilishi davri mobaynida shartnomadagi valyuta kursi boshqa valyutalar kurslariga nisbatan bir qator iqtisodiy omillar ta`siri ostida o`zga-rishi mumkin. Bu esa o`z navbatida shartnomada ishtirok etuvchi taraflarni ma`lum bir yo`qotishlarga olib kelishi mumkin.
7o-yillarning boshidan barcha davlatlarning erkin suzadigan kurslar rejimiga o`ti-shi tashqi iqtisodiy munosabatlar sohasida salbiy oqibatlarga olib keldi. Boshqacha qilib aytganda, jahon bozorida valyuta kurslarining erkin suzishi sharoitida iqtiso-diy muvozanatsizlik kuchaydi. 
Valyuta riski deganda, keng ma`noda, valyuta kurslari tebranishi oqibatida tashqi iqtisodiy operatsiyalar natijalari va tashqi iqtisodiy munosabatlar ishtirokchilari bo`lmish xo`jaliklar faoliyatlari natijalarining o`zgarish ehtimoli tushu-niladi. Valyuta riski ta`siriga tashqi iqtisodiy munosabatlarning barcha sub`ektlari tushadi: davlat, banklar, savdo va sanoat kompaniyalari, boshqa yuridik hamda jismoniy shaxslar.
Valyuta kursining o`zgarishi xatari - bu, ochiq pozitsiya sharoitida xorijiy valyu-tadagi ehtimoliy yo`qotishlar xataridir. Ushbu xavf-xatar kurs xatari deb ham belgilanadi.
Xorijiy valyutadagi pozitsiya qanchalik ko`p vaqt davomida ochiq tursa valyuta kursining nomuvofiq o`zgarishi xatarining ehtimoli shunchalik yuqori bo`ladi. Kursning kuchli tebranishi sharoitida esa ushbu xatar bitim tuzilishi paytidayoq paydo bo`ladi.
Masalan, "A" bank mijozga 5 mln. AQSh dollarini shved kronasiga 1,555o kurs asosida sotayotgan bo`lsa va ushbu summani shu zahoti yopmasa, unda kursning o`sishi sharoitida quyida keltirilgan jadval ma`lumotlariga asosan valyuta yo`qo-tishlari paydo bo`ladi hamda misolimizda ushbu yo`qotishlar 25ooo (78ooooo -7775ooo) kronani tashkil etadi.


Bitim USD Kurs SEK

Sotuv 5oooooo 1,555o 7775ooo

Kursning o`sishi +o,oo5o 

Sotib olish 5oooooo 1,56oo 78ooooo


Valyuta kurslarining o`sgan muvozanatsizligi xalqaro mehnat taqsimotiga salbiy ta`sir etadi, tovarlar va xizmatlarning ekvivalent almashuvini qiyinlashtiradi, xal-qaro savdoning balanslashganligi hamda hajmiga salbiy ta`sir etadi.


Valyuta kurslarining muvozanatsizligi qanchalik yuqori bo`lsa, valyuta tavakkal-chiligi shunchalik yuqori bo`ladi. hozirgacha biz valyuta riski tushun-chasini faqat bir operatsiyaga nisbatan ko`rib chiqqan edik. Agarda tashqi iqtisodiy aloqalar ishtirokchilari bo`lmish taraflar xorijiy valyutada ifodalangan majburiyat-lar va talablarga ega bo`lib, ko`p turdagi operatsiyalarni amalga oshirsa unda ular barcha operatsiyalar bo`yicha valyuta xatariga uchramaydilar, balki ushbu xavf-xatar faqat ochiq valyuta pozitsiyasi bo`yicha saqlanib qoladi.
Ochiq valyuta pozitsiyasi valyuta riski bilan bog`liq bo`lib, banklarni (firmalarni) qo`shimcha daromad olish yoki ortiqcha xarajat qilishga olib boradi (hatto bankrotlikka). Shu sababli ko`pgina mamlakatlarda davlat moliya organlari ochiq valyuta pozitsiyalari hajmlarini chegaralaydilar. Masalan, 1974 yilda "Hershtadt" bankning bankrotligidan so`ng Germaniyada ochiq valyuta pozitsiyasi bo`yicha limit bank balansining 3o foizidan 2o foizigacha pasaytirilgan edi. (O`zbekistonda ochiq valyuta pozitsiyasi bo`yicha chegaralar alohida valyutalar bo`yicha 5,5 foiz, bir nechta valyutalar bo`yicha esa 2o foiz). 
Odatda valyuta riski muammosini hal etish bilan bog`liq firmaning ishi ochiq valyuta pozitsiyasi miqdorini, ya`ni valyuta xatariga tortiladigan xorijiy valyuta-dagi summalarni aniqlashdan boshlanadi. Ochiq valyuta pozitsiyalarining hosil bo`lishini misolda ko`rib chiqamiz. Bu yerda shuni hisobga olish kerakki, xorijiy valyuta sotib olinganda valyuta pozitsiyasining uzun pozitsiyasi ko`payadi yoki shu valyutadagi qisqa valyuta pozitsiyasi kamayadi (talablar oshadi yoki majbu-riyatlarning bir qismi bajariladi), xorijiy valyuta sotilganda teskarisi bo`ladi, ya`ni qisqa valyuta pozitsiyasi ko`payadi yoki uzun pozitsiya kamayadi. Quyida jadval ko`rinishida berilgan:
4-jadval


Download 198.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling