Himoyaga tavsiya etildi
Download 198.09 Kb.
|
Hazratqulov Shamsiddin Moliya kurs ishi
Forvard shartnomasi. Muddatli valyuta shartnomalari bir necha turdan iborat. Forvard shartnomasi ularning ko`rinishlaridan biridir. Forvard odatda 6 oyga, ya`ni asosan 1 yilgacha muddatga tuziladigan shartnomadir. Uning asosiy ishtirokchilari tijorat bank va mijoz.
Mukofot va diskont uslubi orqali aniqlangan kurs «Autrayt» kursi deb ataladi. Muddatiga qarab forvard kurslari – 1 oylik, 2 oylik, 3 oylik va h.k 1 yilgacha kurslar bo`lishi mumkin. Agarda spot operatsiyasining asosiy maqsadi sotib olish va sotish bahosi farqi sifatida foyda omili bo`lsa, forvard operatsiyasining maqsadi – bu valyuta xavf-xataridan himoyalash, ya`ni xedjirlash. Forvard operatsiyasi - bu muddatli valyuta operatsiyasi bo`lib, shartnoma yilgacha bo`lgan muddatda tuziladi, ammo kurs shartnoma tuzilgan kunda belgilanadi. Shartnomaning ijrosi esa belgilangan muddatda amalga oshadi. Amaliyotda forvard kurslari oldindan muddatlariga qarab bankda hisoblangan bo`ladi va ko`pincha valyutalarni bir-biriga yoki mukofot kotirovka qilinishiga va kotirovka uslublariga e`tibor beriladi. Forvard kursi zaminida spot kursi yotadi. To`g`ri kotirovkada mukofot spot kursga qo`shiladi, diskont esa ayriladi. Teskari kotirovkada mukofot spot kursdan ayriladi va diskont esa qo`shiladi. Forvard shaotnomalariga zarurat asosan eksportyor va importyorlarga tug`iladi hamda bu zarurat valyuta kursini o`zgarishi bilan bog`liq risk tufaylidir. SK x FSO`F x FShM (kunlarda) U / D = (36o x 1oo) + BVFS x FSHM (kunlarda) Bu yerda: U / D -ustama yoki diskonl. SK - spot kurs. FSO`F - foiz stavkalari o`rtasidagi farq. Foiz stavkalari o`rtasidagi farq aniqlanayotganda bitim valyutasi bo`yicha kreditlaming foiz stavkasi olinadi, baholovchi valyuta bo`yicha esa, depozitlaming foiz stavkasi olinadi. FShM - forvard shartnomasining muddati. BVFS -bitim valyutasi bo`yicha foiz stavkasi. Agar bitim valyutasi bo`yicha kreditlaming foiz stavkasi baholovchi valyutadagi depozitlaming foiz stavkasidan kichik bo`lsa, u holda formula orqali aniqlangan natija ustama hisob- lanadi. Agar bitim valyutasi bo`yicha kreditlaming foiz stavkasi baholovchi valyutadagi depozitlaming foiz stavkasidan katta bo`lsa, u holda formula orqali aniqlangan natija diskont hisoblanadi. Forvard marjasi quyidagi sabablarga ko`ra kotirovka qilinadi: Birinchidan, forvard marjalari ko`pchilik holatlarda o`zgarmasdan qoladi, spot kurslari esa tez-tez o`zgaradi, shu sababli, ustarna va diskontlarning kotirovkasiga kam tuzatish kiritiiadi. Ikkinchidan, valyuta bitimlarining sezilarli qismida forvard kurslarini emas, balki ustama va diskontni bilish talab qilinadi. Ustama va diskontning o`lchov birligi pips deb ataladi. Forvard kursi spot kursidan ustama yoki diskont summasiga farq qiladi. Agar bitim valyutasi bo`yicha kreditlaming foiz stavkasi baholovchi valyutadagi depozitlaming foiz stavkasidan kichik bo`lsa, olingan natija ustama hisoblanadi va bunda forvard kursi spot kursidan yuqori bo`ladi. Aksincha, bitim valyutasidagi kreditlaming foiz stavkasi baholovchi valyutadagi depozitlaming foiz stavkasidan katta bo`lsa olingan natija diskont hisoblanadi, bunda forvard kursi spot kursidan past bo`ladi. Download 198.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling