Himoyaga tavsiya etildi
Almashuv kursining o`zgarish riski
Download 198.09 Kb.
|
Hazratqulov Shamsiddin Moliya kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Iqtisodiy risk
- 5. Translyatsion risk
1. Almashuv kursining o`zgarish riski - almashuv kursining kutilmaganda o`zgarishi natijasida xorijiy valyutaga qilingan qo`yilmalar qiymatining pasayish xavfi.
2. Konvertirlash riski - valyuta-almashuv operatsiyalarini amalga oshirishga nisbatan cheklovlar o`matish bilan bog`liq bo`1gan risk. 3. Iqtisodiy risk - kelajakda valyuta ayirboshlash kurslarining o`zgarishi natijasida xorijiy valyutadagi aktivlar va majburiyatlaming milliy valyutadagi qiymatining o`zgarishi natijasida zarar ko`rish xavfi. 4. Konversion risk - aniq operatsiyalar bo`yicha valyutaviy yo`qotishlar xavfi. Konversion risklarga quyidagilar kiradi: - ochiq valyuta pozitsiyalari riski; - o`tkazmalar riski; - tranzaksiya riski. Ochiq valyuta pozitsiyalari riski bankning xorijiy valyutadagi talablari va majbu-riyatlarining miqdorlari o`rtasida nomuvofiqlik yuzaga kelganda paydo bo`ladi. o`tkazmalar riski - kompaniyalar va banklaming xorijiy valyutadagi aktivlari va passivlarining qiymatini valyutalar kursining o`zgarishi natijassida pasayishi xavfidir. Tranzaksiya riski - bu valyuta kursining o`zgarishini to`lovlaming kelgusidagi oqiraiga ta`siri natijasida zarar ko`rish xavfidir. 5. Translyatsion risk - bu kompaniya yoki bankning xorijiy valyutadagi aktivlari va passivlarini qayta baholash natijasida zarar ko`rish xavfidir. Valyuta kurslarining muvozanatsizligi xalqaro mehnat taqsimotiga, xalqaro savdo balansiga va hajmiga salbiy ta`sir etadi, shuningdek, tovarlar va xizmatlar ekvivalent almashuvini qiyinlashtiradi. Valyuta kurslarining muvozanatsizligi import va eksport qiluvchilarni o`zlarining xorijdan sotib olish va xorijga sotish operatsiyalarini qisqartirishga majbur qiladi. Chunki import va eksport qiluvchilar Valyutalarning qisqa muddatli davriy oraliqdagi o`zgarishini oldindan bila olmaydilar. Shuning uchun import qiluvchi ma`lum bir tovarni o`zini Valyuta xavf-xatariga qo`yib, chet davlatdan sotib olganidan ko`ra, o`z mamlakatida ishlab chiqarilayotgan o`rinbosar tovarni sotib olgani afzalroqdir. To`lovi kelgusida amalga oshishi ko`zda tutilgan, shartnoma tuzilish paytida ma`lum bir summada qayd etilgan har qanday kredit operatsiyasi, shartnoma Valyutasi ishtirokchi uchun xorijiy bo`lgan tarafning Valyuta xavf-xatariga chalinadi. Kreditor, o`zining xorijlik kontragentlariga kreditni bergan holda, qiymatni ekvivalent miqdorda ololmaslik xavf-xatariga uchraydi. Qarz oluvchi ham, agarda to`lov paytida qarz Valyutasining kursi shartnoma tuzilgan sanaga nisbatan ko`tarilsa, zarar ko`rishi mumkin. Eksport va import qiluvchilar, Valyuta riski bilan, tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirganda to`qnashadilar. Eksport qiluvchi, agarda u tovarlarni to`lovi kechiktirilgan holda sotgan bo`lsa va baho Valyutasi sifatida import qiluvchi Valyutasi yoki uchinchi davlat Valyutasi olingan bo`lsa, Valyuta riskiga duchor bo`ladi. Agarda, baho Valyutasining kursi eksport qiluvchi milliy Valyutasiga nisbatan pasaysa, unda eksport qiluvchi zarar ko`rishi mumkin. Shunday qilib, eksport qiluvchi uchun Valyuta riski bo`lib, shartnomaning tuzilishidan to ijro etilgunga qadar davr ichida, baho Valyutasi kursining milliy Valyutaga nisbatan pasayishi hisoblanadi. Demak, Valyuta riski barcha tashqi iqtisodiy aloqalar bilan bog`liq shartnomalarga ta`sir etadi. Import qiluvchi uchun Valyuta risklari quyidagi holatlarda vujudga keladi: agarda, tovarlar, bahosi chet el Valyutasida qat`iy belgilanib sotib olinayotgan bo`lsa. Bunda, agar chet el Valyutasining kursi import qiluvchi Valyutasiga nisbatan ko`tarilsa, unda import qiluvchi tomonidan sotib olingan tovarlar uchun haq to`lashda, milliy Valyutada ko`proq xarajat qilinishiga to`g`ri keladi. Malumki, hech bir xalqaro savdo shartnomasi bir kun ichida tuzilib, u bo`yicha to`lov ham bir kun ichida amalga oshmaydi. Shunga ko`ra, albatta, Valyuta riski shartnoma muddatiga to`g`ri proporsional ravishda ortib boradi. Bizning fikrimizcha, shartnomaning imzolanish paytigacha (shartnomani tayyor-lash davrida) xorijiy Valyuta kursining o`zgarish riski Valyuta riskiga kirmaydi, u ko`proq baho xavf-xatariga yoki Valyuta kursi o`zgarishi bilan bog`liq raqobat-doshlikning yomonlashish xavf-xatariga kiradi. Bunday risk shartnomaning tuzi- lish davrida, muhokamalar paytida hal etilishi mumkin. Xususan, muzokaralar davrida Valyuta kursini to`satdan o`zgarib ketishi natijasida shartnoma ishtirokchisi (bunday o`zgarish zararlarini qisman yoki to`la qoplash maqsadida) shartnomadagi dastlabki bahoning birmuncha o`zgartirilishini talab qilishi mumkin yoki bu shart-nomadan boshqa kontragent foydasiga butunlay voz kechishi mumkin. Shartnoma tuzilib, imzolanganidan so`ng, yuqorida bayon etilgan o`zgartirishlarni shartnoma shartlariga kiritib bo`lmaydi (agarda shartnoma shartlarida bu xususida Valyuta shartlari (ogovorka) mavjud bo`lmasa). Fikrimizcha, baho o`zgarishi bilan bog`liq riskka, Valyuta shartnomasining inflyat-sion qadrsizlanish riski, ya`ni tovar baholarning o`sishi shaklida ifodalangan Valyuta qiymatlarining tovar baholariga nisbatan o`zgarish riski kiradi. Ba`zi tadqiqotchilar tomonidan ular Valyuta riskining amal qilish shakllariga kiritilgan. Valyuta riski bunday turining zaminida, Valyuta riski paydo bo`lishi bilan bevosita aloqada bo`lmagan, ammo unga bilvosita Valyuta kursi orqali ta`sir etadigan, valu-talarni tovarlarga nisbatan qadrsizlanishining umumiy tendensiyasi yotadi. Uzoq muddatli davrda tashqi iqtisodiy munosabatlar samaradorligi uchun, kurslar o`zgarishi oqibatidagi yo`qotishlarga qaraganda, inflyatsion omil nisbatan chuqur-roq salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Kurslar harakatidagi va Valyutalarni sotib olish qobiliyatidagi farqlar, tashqi iqti-sodiy shartnomalar ishtirokchisi bo`lgan har birining yo`qotishlar va daromadlar balansining nafaqat Valyuta kursini ijobiy yoki salbiy harakatiga, balki Valyutalar kurslari o`zgarishining o`zaro nisbati va birgalikdagi harakatiga bog`liq. Masalan, agarda Valyutalarning tashqi qadrsizlanishi (Valyuta kursining pasayishi) uni ichki bozordagi qadrsizlanishidan o`sib ketsa, unda xorijlik import qiluvchilar qo`shim-cha foyda olish imkoniyatiga ega bo`ladilar. Chunki ular o`z Valyutasida xarajatlarni oshirmasdan turib, qadrsizlanib borayotgan mamlakatning Valyutasiga ko`proq tovarlar sotib olish imkoniyatiga ega bo`ladilar. Yuqorida bayon etilgan fikrlar, barcha xo`jalik shartnomalarining samaradorligiga ta`sir etgan holda, Valyuta riskini tashqi iqtisodiy shartnomalar samaradorligini ko`rsatuvchi ahamiyatli, ammo yago-na omil emasligini ko`rsatadi. Valyuta riskining alohida holati sifatida, Valyuta mablag`larini joylashtirish paytida vujudga keladigan Valyuta avuarlarining (Avuarlar — mijozning bankdagi turli aktivlari, mol-mulki, pul mablag`lari. Ko`pincha bankning xorijda joylashgan boshqa bankning hisobvaraqlarida bo`lgan chet el Valyutasidagi pul resurslariga, qimmatli qog`ozlari va oltinga nisbatan qo`llaniIadi. Birorbir mamlakatga tegishli bo`lgan bunday mablag`larning jami uning chet el avuarlarini tashkil etadi.) qadrsizlanish riskini ko`rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Bunday risk turi bo`yicha Valyuta zararlarini banklar singari, mijozlar va davlat ham ko`rishi mumkin. Bu holda vujudga keladigan Valyuta riski mazmun jihatidan har qanday savdo-kredit operatsiyasidagi Valyuta riski singari bo`ladi, chunki Valyuta mablag`larini joylash-tirish bilan bog`liq operatsiyalar kredit xarakteriga ega. Bu holda Valyuta riskini hisobga olish xususiyatlari va uni sug`urtalash uslublari (Valyuta mablag`larini joy-lashtirishda) riskni Valyuta riskining alohida turiga ajratishga asos bo`ladi. Eksport qiluvchi (kreditor), agarda shartnomaning tuzilishi va u bo`yicha to`lov-ning amalga oshirilishi davri ichida baho Valyutasining kursi uning milliy Valyutasiga nisbatan pasaysa, zarar ko`radi. Import qiluvchi (debitor) uchun esa zararlar, kursning yuqoridagiga nisbatan qarama-qarshi harakati natijasida paydo bo`ladi. Valyuta riski xalqaro savdo va kredit munosabatlarini qiyinlashtirib yuboradi, oqibatda mazkur munosabatlar ishtirokchilari Valyuta xavf-xatarlarini o`rganish orqali ularni bartaraf etish yo`llarini qidira boshlaydilar. Tashqi iqtisodiy shartnoma ishtirokchilari uchun Valyuta riski paydo bo`lishining quyidagi shartlarini ajratib ko`rsatish mumkin: — ochiq Valyuta pozitsiyasining mavjudligi; — shartnoma Valyutasi sifatida xorijiy Valyutadan foydalanish; — shartnomaning tuzilishi va u bo`yicha hisob-kitob orasida vaqt uzilish davrining mavjudligi. Valyuta pozitsiyasi — dilerning talab va majburiyatlari nisbati. U ikki qismdan iborat, ya`ni «uzun» va «qisqa» pozitsiyadan. «Uzun» pozitsiyada dilerning talablari aks etadi. Talablar esa, diler tomonidan Valyuta sotib olinganda hosil bo`ladi. «Qisqa» pozitsiyada dilerning majburiyatlari aks etadi. Majburiyatlar esa, diler tomonidan Valyuta sotilganda hosil bo`ladi. Agarda dilerning talablari majburiyatlaridan ko`p bo`lsa, unda Valyuta pozitsiyasi «uzun» pozitsiya bo`yicha ochiq hisoblanadi. Agarda dilerning majburiyatlari talablaridan ko`p bo`lsa, unda Valyuta pozitsiyasi «qisqa» pozitsiya bo`yicha ochiq hisoblanadi. Dilerning talab va majburiyatlari o`zaro teng bo`lsa, unda Valyuta pozitsiyasi yopiq hisoblanadi. Valyuta kurslari muvozanatsizligi qanchalik yuqori bo`lsa, Valyuta riski shunchalik yuqori bo`ladi. Hozirgacha, biz Valyuta riski tushunchasini faqat bir operatsiyaga nisbatan ko`rib chiqqan edik. Agarda tashqi iqtisodiy aloqalar ishtirokchilari bo`lmish taraflar xorijiy Valyutada ifodalangan majburiyatlar va talablarga ega bo`lib, ko`p turdagi operatsiyalarni amalga oshirsa, unda ular barcha operatsiyalar bo`yicha emas, balki faqat ochiq Valyuta pozitsiyasi bo`yicha Valyuta xatariga uchraydilar. Ochiq Valyuta pozitsiyasi Valyuta riski bilan bog`liq bo`lib, banklarni (firmalarni) qo`shimcha daromad olish yoki ortiqcha xarajat (hatto bankrotlikka) qilishga olib keladi. Shu sababli, ko`pgina mamlakatlarda davlat moliya organlari ochiq Valyuta pozitsiyalari miqdorlarini chegaralaydilar. Odatda, Valyuta riski muammosini hal etish bilan bog`liq firmaning faoliyati ochiq Valyuta pozitsiyasi miqdori, ya`ni Valyuta xatariga tortiladigan xorijiy Valyutadagi summalarni aniqlashdan boshlanadi. Bu yerda shuni hisobga olish kerakki, xorijiy Valyuta sotib olinganda Valyuta pozitsiyasining uzun pozitsiyasi ko`payadi yoki shu Valyutadagi qisqa Valyuta pozitsiyasi kamayadi (talablar oshadi yoki majburiyatlarning bir qismi bajariladi), xorijiy Valyuta sotilganda esa buning teskarisi bo`ladi, ya`ni qisqa Valyuta pozitsiyasi ko`payadi yoki uzun pozitsiya kamayadi. Ochiq Valyuta pozitsiyasi yuqori darajadagi Valyuta riski manbaidir. Valyuta yo`qotishlarni manbai bo`lgan, ochiq Valyuta pozitsiyalarini aniqlanishi bilan, Valyuta xavf-xatarlarini bartaraf etish zarurati tug`iladi. Shunday qilib, yuqorida ko`rib chiqilgan Valyuta riskining paydo bo`lish sharoitlariga (shartnomalarda xorijiy Valyutaning ishlatilishi, shartnoma tuzilishi va ijro etilishi orasida vaqt uzilishining mavjudligi) yana bir sharoitni, ya`ni ochiq Valyuta pozitsiyasi mavjudligini qo`shsa bo`ladi. Yuqorida ko`rib chiqilgan Valyuta xavf-xatarlarining paydo bo`lish sharoitlari, birinchi navbatda, tashqi savdo va kredit shartnomalari bilan bog`liq aniq operatsiyalarga aloqadordir. Ular esa, o`z navbatida tashqi iqtisodiy aloqalar ishtirokchilarining Valyutada zarar ko`rishiga olib kelishi mumkin. Download 198.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling