Himoyaga tavsiya etildi


Download 198.09 Kb.
bet3/16
Sana08.03.2023
Hajmi198.09 Kb.
#1254338
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Hazratqulov Shamsiddin Moliya kurs ishi

Operatsion Valyuta riski. Operatsion risk asosan savdo operatsiyalari, shuningdek, dividend to`lovlari va moliyaviy investitsiyalash bo`yicha pulli shartnomalar bilan bog`liq holda yuzaga keladi. Operatsion risk pul mablag`lari harakatida yuzaga kelgan holda foyda darajasiga bevosita salbiy ta`sir ko`rsatadi. Bu riskni pul mablag`larining kutilayotgan oqimiga almashinuv kursi o`zgarishining bevosita ta`siri natijasida yuqori foydaga erishmaslik yoki zararning yuzaga kelishi holati sifatida ta`riflash mumkin.
Sotilgan mahsulotga xorijiy Valyuta olishi lozim bo`lgan eksport qiluvchi milliy Valyutaga nisbatan xorijiy Valyuta kursining pasayishi natijasida zarar ko`radi. Xorijiy Valyutada to`lovni amalga oshirishi lozim bo`lgan import qiluvchi esa, milliy Valyutaga nisbatan xorijiy Valyuta kursining oshishidan zarar ko`radi.
Valyutalar almashinuvini taqozo qiluvchi bitimlar bilan bog`liq risk narxlar siyosati yordamida boshqarilishi mumkin. Shuningdek, riskka pulni to`lash va olish muddatlari ham birmuncha ta`sir ko`rsatishi mumkin. Agar Valyuta tushumi va Valyuta xarajatlari o`zaro bir-biriga muvofiq bo`lsa operatsion riskni kamaytirish mumkin.
Translyatsion Valyuta riski. Mazkur risk hisob-kitob yoki balans riski sifatida ham ma`lumdir. Uning manbai bo`lib, turli mamlakatlar Valyutalarida ifodalangan aktiv va passivlar o`rtasidagi nomuvofiqlik holati hisoblanadi. Bu riskning paydo bo`li-shiga kompaniya balansini hisob-kitob qilish jarayonida aktiv va passiv tomonlari o`zaro munosabatlarining to`g`ri kelmasligi sabab bo`ladi. Kompaniya shoxob-chalari turli mamlakatlarda joylashgani va shu mamlakatlarda milliy Valyuta kursi o`zgarib turishi ushbu risklarni yuzaga keltiruvchi asosiy shartlardir.
Masalan, Britaniya kompaniyasi AQSHda o`zining sho`ba kompaniyasiga ega bo`lib, uning AQSH dollaridagi aktivlari mavjud. Agar Britaniya kompaniyasining AQSH dollaridagi yetarlicha passivlari bo`lmasa, ushbu aktivlarning AQSH dollaridagi to`langan qiymati tufayli kompaniya riskka duchor bo`ladi. Funt ster-lingga nisbatan AQSH dollarining qadrsizlanishi natijasida sho`ba kompaniyalar aktivlari qiymatining balans bahosini pasayishiga olib keladi, chunki asosiy kompaniyaning balans hisoboti funt sterlingda ifodalanadi. Shu singari, mazkur Valyuta kursining oshishi holatida xorijiy Valyutadagi passivlar bilan kompaniya riskka duchor bo`ladi. Agar kompaniya o`z faoliyatida translyatsion riskni muhim aha- miyat kasb etmaydi deb hisoblasa, u holda bunday riskni xedjirlashga zaruriyat sezilmaydi. Chunki aktiv va passivlar o`zgarishini balans hisobotida ularning asosiy Valyutadagi bahosida ifodalash muhim ahamiyat kasb etmaydigan buxgalteriya hisob-kitoblari hisoblanadi. AQSHdagi sho`ba kompaniyasining funt-sterlingda ifodalangan aktivlari qiymati AQSH dollarining funt sterlingga nisbatan almashinuv kursi harakati bilan birgalikda tebranadi, bu holat esa, sho`ba kompaniyaning foyda darajasiga yoki asosiy faoliyatiga umuman ta`sir ko`rsatmasligi mumkin. Shuning uchun, translyatsion riskni xedjirlashga qilinadigan xarajatlar hech qanday ahamiyat kasb etmaydi, chunki amalda kurs tebranishda yo`qotish riski yuzaga kelmaydi. Agar kursning o`zgarishi barqaror kursga nisbatan og`ish sifatida baholansa ushbu fikr o`zini oqlaydi. Biroq kurs o`zgarishining muayyan tendensiyasi mavjud bo`lsa, u holda kursdan u yoki bu tomonga og`ish holati mavjud bo`lganda bu tendensiya sezilarli ta`sir ko`rsatishi mumkin.

Download 198.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling