Himoyaga tavsiya etildi
Download 198.09 Kb.
|
Hazratqulov Shamsiddin Moliya kurs ishi
Pul bozori xedjiri deyilganda o`zgarish ehtimoli mavjud Valyutada ma`lum pozitsiyani egallash tushuniladi. Bunda agar korxona ma`lum muddatdan so`ng xorijiy Valyutani to`lashi lozim bo`lsa va xorijiy Valyuta qadri oshishi kuzatilayotgan bo`lsa, milliy Valyutada bankdan kredit oladi va bu mablag`ni xorijiy Valyutaga ayirboshlab, bankka belgilangan muddatga qadar depozitga joylashtiradi.
Valyuta opsioni orqali xedjirlash nisbatan qimmat va o`z navbatida qulay hisoblanadi, u xaridoriga majburiyat emas, balki huquq beradi. Agar opsion bitimi kursi amaldagi kursga nisbatan noqulay bo`lsa, unda xaridor opsiondan foydalanmaydi va uni muddati o`tgandan so`ng bekor bo`lishiga yo`l qo`yib beradi va qulay bahoda bozordan zarur mablag`ni xarid qiladi. Valyuta riskini kamaytirish qiyin bo`lgan turi bu iqtisodiy riskdir. Chunki firma bozordagi mavjud konyunktura o`zgarishidan ham talafot ko`rishi mumkin. Kurs o`zgarishi hisobiga korxona sotib oladigan xomashyo tovarlari va u sotadigan tayyor mahsulot kuchli ta`sir ostida qoladi. Bunda korxonaning rejalashtirilgan tushumga erisholmay qolishi Valyuta kursi iqtisodiy riskining yorqin salbiy oqibati hisoblanadi. Chunki korxona talab va taklif qonunini tartibga solish imkoniyatiga ega emas. Shu tufayli bunday riskni kamaytirish usuli sifatida quyidagilarni ajratib ko`rsatish mumkin: 1. Korxona operatsion faoliyatini restrukturizatsiya qilish. Bunda korxona xarid qiladigan xomashyolar va sotadigan tovar- lari bitimining bir-biriga nisbatan teskari korrelyatsiyada bo`lgan Valyutalarda tuzilishi maqsadga muvofiq sanaladi. 2. Sotib olinadigan va sotiladigan tovarlar bitimi muddatini birxillashtirish. Bunda korxona tovarlarini sotgan kuni xomashyo sotib oladi va Valyuta kursi riskidan ma`lum ma`noda himoyalanadi. Lekin korxona tovarlarini qachon va qancha miqdorda sotilishini rejalashtira olmaydi. Translyatsion risk turli xorijiy Valyutadagi mablag`larni jamlanma moliyaviy hisobotni tuzish paytida bitta Valyutaga ayirboshlashda yuzaga keladi. Bunda kurs o`zgarishi haqiqatda salbiy ta`sirni yuzaga keltirmaydi. Chunki xorijiy Valyutadagi mablag1 haqiqatda ayirboshlanmaydi, u hisobraqamda turadi, faqat bitta Valyutaga hisobot uchun translyatsiya qilinadi. Lekin bunda muammo bu translyatsiyaning bozor ishtirokchilariga bir aksiyaga to`g`ri keladigan daromad sifatida signal berishida namoyon bo`ladi. Boshqacha aytganda, joriy kurs bo`yicha tarnslyatsiyalangan mablag`ning kamayishi hisobiga aksiya bahosi pasayishi mumkin. Bu esa, investorlar uchun noxush xabar hisob- lanadi. Shu tufayli, korxonalar translyatsion riskni ham muddatli Valyuta bozori bitimlari yordamida xedjirlashga kirishadi. Buning salbiy tomoni shundaki, korxona mablag`lari haqiqiy Valyuta riski yo`qotishiga duch kelmagan holda, tuzilgan bitim summasiga haqiqiy riskka uchraydi. Buning natijasida haqiqiy yo`qotishlar ham yuzaga kelishi mumkin. Download 198.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling