Himoyaga tavsiya etildi


Download 198.09 Kb.
bet2/16
Sana08.03.2023
Hajmi198.09 Kb.
#1254338
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Hazratqulov Shamsiddin Moliya kurs ishi

Kurs ishining ob`yekti sifatida tijorat banklarining valyuta operatsiylari olingan.
Kurs ishi predmeti sifatida valyuta riskini kamaytirishning usullari olingan.
Kurs ishidan ko`zlangan maqsad va vazifalar:
* Valyuta risklarini kamaytirishning tub mohiyati va uning ahamiyatliligini ko`rib chiqish.
* Valyuta risklarining yuzaga keltiradigan sabablarni va ularni bartaraf etish usullarini tahlil qilish.
* O`zbekistondagi tijorat banklarining valyuta riskining oldini olishdagi amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy yo`nalishlari.
Asosiy qism

        1. Valyuta riskining iqtisodiy mohiyati, turlari va yuzaga kelish sabablari.

Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning uzoq yillar mobaynidagi tajribasi asosida tovarlar va xizmatlar, ekvivalent qiymatlar bilan o`zaro almashinishning o`zaro manfaatli shakllari shakllandi.
Xalqaro savdo-kredit va to`lov munosabatlari hamma vaqt Valyuta hisob-kitoblari bilan qamrab olingan. Bu degani, tashqi iqtisodiy faoliyatning subyekti hisob-kitoblarni uning uchun xorijiy hisoblangan Valyutada amalga oshiradi.
Xalqaro shartnomani amalga oshirish davrida, bir qator iqtisodiy omillarning ta`siri ostida shartnomadagi Valyuta kursi boshqa Valyutalar kursiga nisbatan o`zgarishi kuzatiladi. Bu esa o`z navbatida shartnomada ishtirok etuvchi taraflarning ma`lum bir yo`qotishlariga olib kelishi mumkin.
7o-yillarning boshidan barcha davlatlarning erkin suzadigan kurslar rejimiga o`tishi, tashqi iqtisodiy munosabatlar sohasida sezilarli salbiy oqibatlarga olib keldi. Boshqacha qilib aytganda, jahon bozorida Valyuta kurslarining erkin suzish sharoitida iqtisodiy muvozanatsizlik kuchaydi.
Valyuta riski deganda, tashqi iqtisodiy faoliyat jarayonida ayirboshlash kurslarining o`zgarishidan yoki boshqa turli Valyuta operatsiyalarini amalga oshirilishida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan yo`qotishlar (yoki daromad olish) tushuniladi. Valyuta risklari yuzaga kelishining asosiy sababi — Valyuta kurslarining o`zgarishi hisoblanadi. Valyuta riski tijorat riskining bir ko`rinishi bo`lib, xalqaro moliya munosabatlari ishtirokchilari faoliyatida yuzaga keladi.
Valyuta risklari xorijiy Valyutalarni turli xil kurs asosida sotish va sotib olish jara-yonlarida muayyan zarar sifatida ifodalanadi. Valyuta risklari bank operatsiyalari bozorining baynalminallashuvi, transmilliy korporatsiyalar va moliyaviy tashkilotlarning tashkil etilishi hamda ular faoliyatining diversifikatsiyalashuvi bilan bog`liq bo`lib, Valyuta kurslarining keskin tebranishi natijasida pul yo`qotishlari holatini yuzaga keltiradi. Bunda Valyuta kurslarining bir-biriga nisbatan o`zgarishi bir qator omillar ta`siri orqali sodir bo`ladi: jumladan, Valyutalarning ichki qiymati o`zgarishi bilan bog`liq pul oqimlarining mamlakatlar o`rtasida doimiy ko`chib yurishi, spekulyatsion operatsiyalarning rivojlanishi va boshqalar.
Istalgan Valyutani tavsiflovchi asosiy omil boiib, rezident va norezidentlarning Valyutaga boigan ishonch darajasi hisoblanadi. Valyutaga boigan ishonch murakkab ko`p omilli mezon boiib o`z ichiga mamlakat iqtisodiyotining ochiqlik darajasi, iqtisodiyot- ning erkinlashuvi va almashinuv kursi rejimi, mamlakat savdo balansi holati, asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlar holati va istiqbolda mamlakat rivojlanishining barqarorligiga investorlarning ishonchi kabi bir qator ko`rsatkichlarni qamrab oladi.
Valyuta riskini uch turga ajratish mumkin:
— operatsion valyuta riski;
translyatsion Valyuta riski;
— iqtisodiy Valyuta riski.

Download 198.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling