Birinchi qism ikki jumladan
iborat bir tonalli yoki
modulyatsiyalovchidavriyadir. Uchta jumladan iborat davriyalar
ham uchraydi (Betxoven. Sonata op
2 №1, Menuet). Shaklning о‗rta qismi (о‗rtaliq) chekka
qismlariga qarama-qarshi qо‗yiladi. О‗rtaliq davriya yoki
rivojlov xarakteridagi tuzilmalar qatorini hosil qiladi.
Uchinchi qism – repriza, birinchi qismning aynan yoki
о‗zgartirilgan takroridan iborat.
Oddiy uch qismli shakl qismlarga bо‗laklangan
yoki qismlari
qо‗shilib ketgan bо‗lishi mumkin.
Qismlarga bо‗laklangan shaklda, odatda, birinchi qism, keyin
esa о‗rtaliq va repriza birgalikda takrorlanadi. Qismlar aniq
takrorlanganda repriza belgisi qо‗yiladi. Aniq takrorni harfiy
kо‗rinishda quyidagicha ifodalash mumkin : ||:A:|| + ||:B + A:||
I. О‗rtaliq qism.Oddiy uch qismli shakl о‗rtalig‗ining quyidagi
turlarini farqlash mumkin.
1. Rivojlantiruvchi toifadagi о‗rtaliq qismi.
Mazkur qism
noturg‗un xarakterga ega bо‗lib, birinchi qism mavzusini
rivojlantiradi. Rivojlantiruvchi о‗rtaliqli
uch qismli shakl bir
mavzuli deb yuritiladi.
2. О„rtaliq qismda birinchi qism mavzuining rivojlovi :
bо‗laklash, parchalash, ta‘kidlash, garmonik rivojlantirish kabi
usullar yordamida ishlov beriladi (P.Chaykovskiy. «Yil
fasllari», «Troykada» Allegro moderato).
Harfiy
ifodasi quyidagicha: A + R + A.
3.
Kontrastlovchi toifadagi, yangi musiqiy materialga
tuzilgan о„rtaliq (L.Betxoven. Sonata №7 III q.). Harfiy
ifodasi quyidagicha: A + B + A. Kontrastlovchi о‗rtaliqli uch
qismli shakl ikki mavzuli deb yuritiladi.
4
. О„rtaliq mavzusi aniq ifodalanmagan о„tishdan iborat
Do'stlaringiz bilan baham: