“Himoyaga tavsiya etilsin” Pedagogika fakulteti dekani


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/15
Sana25.01.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1120186
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
DAVRIYA VA UNING TURLARI 
Ma‘lum darajada yakunlangan musiqiy fikrni ifodalovchi shakl 
davriya deb yuritiladi. Davriya uchun mavzuni namoyish etish 
(ekspozitsion) vazifasi xos. Shu bilan birga davriyaning
rivojlanish va yakuniylik darajalari uni nafaqat tarkibiy qism,
balki mustaqil asar shakli sifatida ham namoyon bо‗lishini
ta‘minlaydi.
Mazkur shakl fortepiano miniatyurasi janriga xos bо‗lib,
romantizm yо‗nalishi kompozitorlari (Friderik Shopen, Robert 
Shuman) ijodida keng rivojlangan.Jumlalar davriya shaklining 
tarkibiy qismidir. Davriyaning kadensiya bilan yakunlanadigan
nisbatan yirik qismi jumla deb ataladi. Davriya asosan ikki 
jumladan tarkib topadi. Jumlalar, о‗z navbatida, ikki: ochiq va
yopiq turga bо‗linadi. Davriyaning birinchi jumlasi ochiq, ikkinchi 
jumlasi esa yopiq bо‗ladi. Ochiq jumlaning mustaqilligi yopiq
jumlanikiga qaraganda nisbatan kamroq bо‗ladi. Har bir jumla
ikki yoki undan ortiq iboradan tarkib topadi. Kadans 
yakuniyligi, ritmik sezura (pauza yoki tovush jaranglashining
uzaytirilishi) kabi omillar jumla mustaqilligini ta‘minlaydi.
Sezuraning belgilari: 
a) musiqiy fikrning dastlabki yoki yangi tonallikda yakunlanishi; 
b) yangi musiqiy fikrning paydo bо‗lishi; 
s) avval berilgan mavzuning о‗zgarishsiz yoki biroz
о‗zgargan holda takrorlanishi. 


Jumlalar kadensiya deb nomlanadigan garmonik davra bilan
yakunlanadi.
Tо‗liq va tо‗liqsiz kadensiyalar farqlanadi. Tо‗liq
kadensiyalar: S-D-T. Tо‗liqsiz kadensiyalar: S-T, D-T.
D-T – avtentik kadensiya deyiladi. 
S-T – plagal kadensiya deyiladi. 
Kadensiya davriya shakli ichida joylashishiga kо‗ra о‗rtaliq va 
yakunlovchi turga ajratiladi. О‗rtaliq kadensiya dominantada
(ba‘zan subdominantada ham) yakunlanadigan birinchi jumla
oxirida keladi. Yakunlovchi kadensiyalar davriyaning oxirida
keladi. Ular quyidagi turlarga bо‗linadi: agar tonika primasi 
kuy holatida kelsa, bu turdagi kadensiya mukammal, kuy
holatida tonikaningtersiya yoki kvinta tovushi joylashtirilsa, bu
kadensiya nomukammal kadensiya sanaladi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling