“Himoyaga tavsiya etilsin” Pedagogika fakulteti dekani


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/15
Sana25.01.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1120186
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
takrorlanmaydigan tuzilmali davriyalarga ajratiladi. 
1. Takrorlanadigan tuzilmali davriyada ikkinchi jumla
materiali, uning rivijlanishi birinchi jumla bilan о‗zaro
о‗xshashlik hosil qiladi. О‗xshashlik qirralari turli darajada
bо‗ladi: ba‘zan faqat umumiy tarzda yoki alohida bо‗laklarda
kо‗rinadi. Aksariyat hollarda jumlalarning boshlang‗ich
bо‗laklari о‗xshash bо‗lib, jumlalarning yakunida ayrim
о‗zgarishlar sodir bо‗ladi. 
Takrorlanmaydigan tuzilmali davriyalarda ikkinchi jumla
birinchi jumladan sezilarli darajada farqlanadigan materialda
quriladi. Odatda bunday davriyalarda ba‘zi intonatsion
qarindoshlik saqlanadi va bu ikki jumlani birlashtiradigan omil 
sifatida xizmat qiladi. Mavzu rivojlanishiga kо‗ra murakkab 
bо‗lgan bunday davriyalar nisbatan kam uchraydi (R.Vagner.
―Tangeyzer‖ operasiga uvertyura). 


Kontrast tamoyiliga asoslangan uchta jumlali davriyalar ham
uchraydi (E.Grig. Norvegiya raqsi op. №35, №2). 
Jumlalarga ajratilmaydigan davriya qо„shilib ketgan tuzilmali
yoki yaxlit tuzilmali davriya deyiladi. Bunday davriyalar yorqin 
avj nuqtasiga olib keluvchi yagona kuy - garmoniya
rivojlanishi bilan ajralib turadi(Betxoven, Sonata
op.10,№2,II qism). Katta hajmli, 16 taktli davriyalar ham 
normal toifaga kiritiladi. Ular 8 taktli oddiy kadansli ikki jumladan 
iborat bо‗ladi. О‗ziga xos xususiyatga ega va normativ bо‗lmagan 
davriyalar.Musiqiy nutqni tо‗liq va har tomonlama о‗rganish
uchun yuqorida keltirilgan ―normal‖ davriyalar bilan cheklanish
mumkin emas. Shu sababli boshqa turdagi davriyalar haqida 
ham tasavvurga ega bо‗lish lozim. Davriyalarning ayrim turlari
tez-tez, ba‘zilari esa nisbatan kam uchraydi; ayrimlariga
ekspozitsion bayon xos, boshqalari esa davomiy rivojlanish 
xususiyatiga ega. Aksariyat davriyalarda umumiy qonun-
qoidalardan tashqariga deyarli chiqilmaydi; lekin shunday
davriyalar ham bor-ki, ularda chekinishlar yaqqol kо‗zga
tashlanadi. Davriyaning umumiy qonun-qoidalaridan
chekinishlar davriyaga normativ bо‗lmagan xarakter bag‗ishlaydi. 
Ba‘zi davriyalarda mavzuning rivojlanishi о‗ziga xos kо‗rinishga 
ega va uni ―davriya‖ tushunchasi qolipi doirasiga kiritib
bо‗lmaydi. Bunday davriyalarni erkin tuzilmalar qatoriga
kiritish mumkin. Klassik davriya va erkin tuzilmali 


davriyalarni farqlash uchun normal toifadagi davriyani asos 
qilib olish va unga nisbatan solishtirma tahlil qilish mumkin. 
Bunda, birinchi navbatda, bajariladigan ish klassik uslubdagi
davriyalarda uchraydigan о‗ziga xos, ammo umumiy
belgilangan chegaralardan chiqmaydigan qirralarni topishdan 
iborat. 
1.О‗rta qismi tonikada yakunlanadigan (dominanta о‗rniga)
nomukammal kadensiyali davriyalar kо‗p uchraydi. Tonika
tersiyasi kuy holatida joylashadi. Nisbatan kam hollarda kuy
holatida kvinta ham uchraydi, u sekstakkord kо‗rinishida
bо‗lishi mumkin yoki taktning kuchsiz hissasiga tо‗g‗ri
keladi (M.I.Glinka. ―Ivan Susanin‖, Vanyaning qо‗shig‗i). 
2. Davriyaning ikkinchi jumlasi ayrim hollarda bevosita
parallel majorda boshlanadi (L.Betxoven, Sonata №1,3- qism).
Ba‘zan ikkinchi jumla bevosita subdominanta tonalligida
kiritiladi (L.Betxoven, Kvartet, op.18 №4, 3 - qism;A.Skryabin. 
Prelyudiya, op.11 №10). 
3. Ba‘zi hollarda davriya kichikroq hajmdagi kirish qismdan
boshlanadi. Ushbu kirish qismi davriyaning asosiy
strukturasiga kiritilmaydi, ammo umumiy holda uni 
kengaytiradi (L.Betxoven. Sonata №6, 2- qism). 
4. Ichki qо‗shimcha rivojlovli, kengaytirilgan, yakunlovchi
xarakterga ega bо‗lgan (ibora yoki uchinchi jumlali) davriyalar
kо‗p uchraydi. Bunday kengaytirish holati davriyada


nomukammal yoki uzilgan kadensiyalardan (kо‗picha
qaytariladigan) sо‗ng kuzatiladi. Buning natijasida, davriya
shakli nisbatan kengayadi (L.Betxoven. Sonata №8, 3- qism).
5. Tо‗rtinchi punktda keltirilgan davriya turi bilan
navbatdagisini adashtirmaslik lozim. Chunki davriyaning
shunday turi ham uchraydiki, bunda davriyaga qо‗shimcha
tarzda mustaqil bitta (yoki bir necha) jumla kiritiladi.
Mazkur qо‗shimcha jumla yakunlovchi xarakterga ega bо‗ladi.
Bunday kо‗rinishdagi yakunlovchi jumla davriya tо‗liq tonika
kadansi bilan tamomlangandan sо‗ng qо‗shiladi va nisbatan 
murakkab davriya hosil bо‗lgunicha rivojlantirilishi mumkin 
(L.Betxoven. Sonata №3, 1- qism). 
Davriya shakli ichidagi qо‗shimcha ham, davriyadan sо‗ng
kiritilgan yakunlovchi qо‗shimcha ham, о‗zidan avval kelgan
mavzuiy rivojni ta‘kidlaydi. Bunda klassik uslub uchun
kadanslashning bir necha bor ta‘kidlanishi xos, romantik
kompozitorlar ijodida esa kulminatsiyaga olib boradigan
sekvensi yali rivojlov uchraydi. 
Davriya shaklining о‗ziga xos xususiyatlari turli-tuman
bо‗lib, ular quyidagi toifalar bо‗yicha о‗rganiladi: 
1) hajmiga kо‗ra (taktlar soni); 
2) davriya ichida taktlarnig metrik birlashuviga kо‗ra; 
3) kadans tuzilishiga kо‗ra; 
4) tarkibiga kо‗ra; 


5) modulyatsiyali rivojga kо‗ra. 
Shuni ham nazarda tutish kerakki, yuqorida keltirilgan turli 
tartibdagi xilma – xil xususiyatlar о‗zaro zich bog‗langan; 
masalan, davriyaning hajmi taktlarning metrik birlashuvi bilan,
modulyatsiyali rivojlov kadanslash bilan bog‗liq va h.k.
Shuning uchun ushbu tizimlashtirish ma‘lum bir shartli-
nazariy xarakterga ega, ya‘ni musiqiy voqeliklarni ma‘lum
nuqtai nazardan kо‗rib chiqish uchun asos bо‗ladi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling