‘’Himoyaga tavsiya etilsin’’ Tabiiy fanlar fakulteti dekani b f. d professor: K. A. Saparov
O'quvchilarning muammolarini hal etish yo‘llarini loyihalash
Download 52.47 Kb.
|
Baratova Muxlisa
- Bu sahifa navigatsiya:
- Loyiha” metodi
2.2. O'quvchilarning muammolarini hal etish yo‘llarini loyihalash
ko'nikmalari. Dars jarayonida o’quvchi muammoni echar ekan, o’zicha muhim bo’lgan «kashfiyot» qiladi.Bu hol o’quvchida o’ziga ishonch xosil qiladi (yani mening kashfiyotim, men topdim, ixtiro qildim) Mana shu tomoni bilan muamoli talim texnologiyasi boshqa barcha o’qitish texnologiyalaridan ustun turadi.CHunki bunda o’quvchi izlanish olib borish, taxlil qilish, empirik xulosa chiqarish, boshqa vaziyatga qo’llash, fikr muloxazalrini taxminan sistemalashtirib isbotlash kelgusida amaliy faoliyatga qo’llash malakalarini egallab boradi. Muammoli talim ananaviy o’qitish metodikasiga tayanadi. O’qituvchi muamoli vaziyatni o’quvchilar oldiga qo’yish bilan bir qatorda , uni echish uchun izlanish zarurligini, izlanish uslublarini o’quvchilarga o’rgatadi. Muammo echimini topish. Izlashga o’tish uchun, eng avvalo zaruriy muxit yaratilishi kerak. Muammo aniq bo’lishi, o’quvchilar o’ni echimini izlash jarayonida oldingi mavzularda,fanlarda olgan malumotlari, tushunchalari, bilimlaridan foydalana oladigan bo’lishi kerak. O’quvchilar olidga qo’yilgan muammo o’zining dolzarbligiga ega bo’lishi ham muhim ahamiyatga ega. O’quvchi izlanishni malum bir sistemada, muayyanlikda bo’lgan muammo ustida olib borish kerak.shunda o’quvchi muammoni taxlil qiladi, qismlarini ajrata oladi va echish uchun kirishadi. Talim jarayonini loyihalash bevosita muammoli talimni qo’llashga va aksincha, muammoli talim talimini loyixalashga olib keladi. Muammoni o’qitish texnologik loyixalashtirilgan o’quv jarayonini amalga oshirishning didktik konstruktsiyasi sifatida qo’llaniladi. Hozirgida ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalardan, jahon pedagogikasining ilg’or metodlaridan samarali foydalanish dolzarb masalalardan bo’lib, loyiha metodi ta’lim ilg’or usullarini o’zida mujassamlashtirgan. Loyiha metodidan tarix fani o’qituvchisi o’quv mashg’uloti jarayonida mavjud tajribani o’zlashtirish va ta’limning barcha bosqichlarida qo’llashdek muhim vazifa turadi. Loyihalash - oldindagi faoliyat modelini tuzish, mavjud sharoitlarda o’rnatilgan vaqt mobaynida yo’l va vositalarni tanlash uchun, maqsadga erishish bosqichlarini ajratish, ular uchun alohida vazifalarni shakllantirish, o’quv axborotini etkazish vositasi va yo’llarini aniqlash usulidir. Tarix ta’limini loyihalar usuli bilim va malakalarni amaliy qo’llash, tahlil va baholashni nazarda tutuvchi majmuali o’qitish usulini amalga oshiradi. Ta’lim oluvchilar yuqori darajada, boshqa o’qitish usullaridan foydalanishga qaraganda, rejalashtirishda, tashkillashtirishda, nazoratda, tahlil qilish va vazifani bajarish natijalarini baholashda ishtirok etadilar. O’quv loyihalar usuli ta’lim beruvchining ta’lim oluvchilarga muammoni, faraz, vazifalarni ifodalashda yordam beradi va tezkor boshqaradi. Loyihalarda o’qitish nafaqat natijalar, balki jarayonini o’zi ham qimmatli. Loyiha fanlararo, bir fan yoki fan tashqarisida bo’lishi mumkin. Loyihalash ikki usulda - shaxsiy va guruhiy asosda amalga oshiriladi. Har ikki yo’nalishning ijobiy va afzallik xususiyatlari bor. Tarix fanini loyihalash ta’limning sifati va samaradorligini oshiradi, talabalar loyiha ustida ishlashda loyiha rejasi asosida aniq maqsad uchun faoliyatlarini amalga oshiriladi. Natijada qatnashchilarda loyihani bajarilishi o’zining faoliyatiga bog’liq ekani tushunchasini anglash yuqori mas’uliyat hissini yuzaga keltiradi; loyihaning barcha bosqichlarini bajarish jarayonida fikrning tug’ilishidan yakuniy refleksiyagacha o’quvchilar tajriba orttiradilar; o’quvchilarda eng muhim o’quv ko’nikma va malakalari (tadqiqotchilik, baholash, mustaqil fikrlash, mustaqil qarorlar chiqarish, taqdimot qilish) shakllantirish to’la boshqariladigan jarayonga aylanadi. O`quv loyihasining metodik pasporti bu – o`quv loyihasining mazmun-mohiyatidan kutiladigan maqsadi, o`quv dasturidagi o`rni to`g`risida qisqacha tavsif hisoblanadi. O’quv loyihasining metodik pasporti quyidagilarni o’zida aks ettiradi: fan predmetining o`quv rejasidagi mavzular, predmetning ta`limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi maqsadlarini, o’quv-pedagogik vazifalarni, o’quvchilarning yoshi xususiyatlaridan kelib chiqib o’quv loyiha topshirig’ini, loyihaning bajarilish muddatini va o’quv loyihasining ish rejimi. Tadqiqot loyihasi pasporti mualliflar va loyiha rahbari tomonidan to’ldirilib, unda o’quv loyihasining nomi, loyihaning maqsadi va vazifalari, loyiha muallifi, loyiha rahbari va konsultantlari, loyiha turi aks ettiriladi. O’quv loyiha faoliyatida o’quvchilarda tadqiqotchilik, ijodiy, o’yin, axborot izlanish faoliyatlarini qamrab olib, ijtimoiy ehtiyoj qiziqishlar hisobga olinadi, natijaga aniq yo’naltiriladi. Ta’lim jarayonida o‘quvchi o'qituvchining bevosita rahbarligida, ta’lim mazmuni, metodlari, vositalari va shakllari yordamida organik olamning qonuniyatlari, hodisa va voqealaming mohiyati, o'ziga xos xususiyatlarini o'rganadi va bilim, ko'nikma hamda malakalarni egallaydi. Bundan ko'rinib turibdiki, o'quvchilar uchun o'quv jarayoni bilish jarayoni, uning faoliyati esa bilish faoliyatidir. O'qituvchi ta’lim jarayonida o'quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etadi, boshqaradi, nazorat qiladi, baholaydi va o'qitishdan ko'zda tutilgan ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlami amalga oshirish orqali shaxsning har tomonlama rivojlanishiga zamin yaratadi. O'qituvchi uchun ta’lim jarayoni o'quvchilarning faoliyati bilan uzviy bog'langan va mazkur jarayonni tahlil qiladigan, umumlashtirib, tegishli hollarda o'zgartirishlar kiritadigan ish jarayoni, kasbiy pedagogik faoliyati sanaladi. Darsda o'quvchilarning bilish faoliyati va o'qituvchining pedagogik faoliyati bir-biriga uyg'un ravishda tashkil etilgandagina o'qitishdan ko'zda tutilgan maqsadlarga erishish mumkin. O'quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish dars strukturasining asosini tashkil etadi. Shu sababli bu masalani chuqurroq o'rganish maqsadga muvofiq. Amerikalik olim U. Gordon (1960) o’quvchilarga muammolarni, uning tashkil qiluvchi elementlarini shakllantirishni o’rgatishni, izlanishning bosh maqsadini ajrata bilishni , turli-tuman xarakterdagi masalalar echimining o’xshashlarini qidirishni o’rgatish muammoli talim jarayoni uchun muhimligini takidlaydi. O’qituvchi muammoni qo’yishnigina bilibgina qolmay uning echimini topish usullarini o’quvchilarga o’rgatishi kerak. Muammoni to’g’ri (muayyan masalaga o’xshash, masalalar qandayechiladi), shaxsiy (muayyan masalada berilgan obekt obraziga kirishga xarakat qilish va shu nuqtai-nazardan muloxaza yuritishga urinib ko’rish), simvolitik (ikki jumla orqali masalaning mohiyatini obrazli aniqlashni berish), fantastik (bu masalani ertak qahramonlari qanday echgan bo’lar edilar). Muammoli vaziyatni bunday usulda echishga o’rgatish orqali o’quvchilarni sinektik, abstraktsiyalash, fantaziya qilish, o’zgalarni eshitish, oddiydan g’ayri oddiyni, g’ayrioddiydan oddiyni topish, o’xshatishlardan mohirona foydalanish ko’nikmalari shakllantiriladi. Muammoli talim jarayonida o’qituvchi o’quvchilar o’rtasida fikrlar almashishinishini boshqarish; ishonchli dalillar asosida o’z fikrida tura olish; muxolif tomnning fikrini munozara qilish, malakasini rivojlantirish; o’quvchini aktiv fikrlash faoliyatiga asoslash, masalani dolzarblashtirish, o’z fikrini bayon qilishnigina emas, balkim boshqalarni ham eshitish mahoratini rivojlantirish, o’quvchilar bildirgan fikrlardan foydali axborotni olish va zurur xulosalar chiqarish va o’quvchilar ixtirochilik, tadqiqotchilik, loyihalovchilik kabi zaruriy sifatlarni shakllantirishdir. Muammoli talim – bu mantiqiy fikrlash operatsiyasi (tahlil, umumlashtirish) va o’quvchilarning izlanishli faoliyati qonuniyatlarini (muammoli vaziyat, bilishga qiziqish, ehqtiyoj) hisobga olib tuzilgan talim va o’qitishning ilgari malum bo’lgan usullarini qo’llash qoidalarining yangi tizimidir. SHuning uchun ham muammoli talim ko’proq o’quvchi fikrlash qobiliyatining rivojlanishini, uning umumiy rivojlanish va etiqodining shakllanishini taminlaydi. “Loyiha” metodi Bu ta’lim oluvchilarning individual yoki guruhlarda belgilangan vaqt davomida, belgilangan mavzu bo‘yicha axborot yig‘ish, tadqiqot o‘tkazish va amalga oshirish ishlarini olib borishidir. Bu metodda ta’lim oluvchilar rejalashtirish, qaror qabul qilish, amalga oshirish, tekshirish va xulosa chiqarish, natijalarni baholash jarayonlarida ishtirok etadilar. Loyihani ishlab chiqish yakka tartibda yoki guruh bilan bo‘lishi mumkin, lekin har bir loyiha o‘quv guruhining birgalikdagi faoliyatining muvofiqlashtirilgan natijasidir. Loyiha o‘rganishga xizmat qilittti, nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiq etish, ta’lim oluvchilar tomonidan mustaqil rejalashtirish, tashkillashtirish va amalga oshirish imkoniyatini yarata oladigan bo‘lishi kerak. “Loyiha” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat: 1. Pedagog loyiha ishi bo‘yicha topshiriqlarni ishlab chiqadi. Ta’lim oluvchilar mustaqil ravishda darslik, sxemalar, tarqatma materiallar asosida topshiriqqa oid ma’lumotlarni yig‘adilar. 2. Ta’lim oluvchilar mustaqil ravishda ish rejasini ishlab chiqadilar. Ish rejasida ta’lim oluvchilar ish bosqichlarini, ularga ajratilgan vaqt va texnologik ketma-ketlikni, material, asbob-uskunalarni rejalashtirishlari lozim. 3. Kichik guruhlar ish rejalarini taqdimot qiladilar. Ta’lim oluvchilar ish rejasiga asosan topshiriqni bajarish bo‘yicha qaror qabul qiladilar. Ta’lim oluvchilar pedagog bilan birgalikda qabul qilingan qarorlar bo‘yicha erishiladigan natijalarni muhokama qilishadi. Bunda har xil qarorlar taqqoslanib, eng maqbul variant tanlab olinadi. Pedagog ta’lim oluvchilar bilan birgalikda “Baholash varaqasi”ni ishlab chiqadi. 4. Ta’lim oluvchilar topshiriqni ish rejasi asosida mustaqil ravishda amalga oshiradilar. Ular individual yoki kichik guruhlarda ishlashlari mumkin. XULOSA «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida uzluksiz ta’lim o'quvchilami o‘quv fanlari bo'yicha muayyan bilimlarni egallashlari barobarida, ularning bilim olishga bo'lgan ehtiyoji, mustaqil va ijodiy fikrlash, tashkilotchilik qobiliyatlari, amaliy tajriba va mehnat ko'nikmalarini rivojlantirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlarni, atrof-muhitga ongli munosabatni tarkib toptirishi lozimligi qayd etilgan. Shuningdek, o'quvchilami ma’naviy-axloqiy tarbiyalash va ta’limtarbiya ishlarining samaraii shakllari va usullarini ishlab chiqish, ularni amaliyotga joriy etish ko'rsatilgan. Bu vazifalarni amalga oshirish uzluksiz ta’lim tizimida pedagogik faoliyat ko'rsatadigan o'qituvchilar zimmasiga yuklanadi. Shu sababli, uzluksiz ta’lim tizimi uchun biologiyadan zamon talablariga javob beradigan, ijodkor va ijtimoiy faol, raqobatbardosh pedagogik kadrlar tayyorlash maqsadida bakalavriat yo'nalishi «Biologiya va inson hayotiy faoliyati muhofazasi» mutaxassisligi o'quv rejasiga «Biologiyani o'qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish» o'quv kursi kiritildi.O‘zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturining amaldagi bosqichi ta’lim muassasalarini maxsus tayyorlangan pedagogik kadrlar bilan ta’minlash, ularning faoliyatida raqobatga asoslangan muhitni vujudga keltirish, o‘quv tarbiya jarayonini sifatli o ‘quv adabiyotlari va ilg'or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash kabi qator vazifalarni amalga oshirishni ko'zda tutadi.Ushbu vazifalarni amalga oshirish har bir ta’lim muassasasining,shu jumladan, pedagogika oliy o‘quv yurtlarining bevosita vazifasi sanaladi. Ta’lim-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarni muvaffaqiyatli qo‘llash uchun biologiya o'qituvchilari maxsus metodik bilim va ko'nikmalarni egallashlari, pedagogik amaliyotda zarur bo'ladigan metodik tayyorgarlikka ega bo'lishlari lozim.Pedagogik texnologiya atamasiga shu muammo bo'yicha izlangan har bir olim o'z nuqtayi nazaridan kelib chiqqan holda ta’rif bergan.Hozircha bu tushunchaga to'liq va yagona ta’rif qabul qilinmagan.Ushbu ta’riflaming ichida eng maqsadga muvofig'i YUNESKO tomonidan berilgan ta’rif sanaladi.Unga ko'ra, pedagogik texnologiya — o'qitish shakllarini optimallashtirish maqsadida o'qitish va bilimlarni o'zlashtirish jarayonida inson salohiyati va texnik resurslami qo'llash, ulaming o'zaro ta’sirini aniqlashga imkon beradigan tizimli metodlar majmuasidir.Ushbu ta’rifdagi inson salohiyati atamasida o'qituvchining pedagogik va o'quvchilarning bilish faoliyati, texnik resurslar atamasi o'qitish metodlari va vositalari nazarda tutilmoqda. Bizning nazarimizda, pedagogik texnologiya — ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish maqsadida o'qitish va bilimlarni o'zlashtirish jarayonida o'qituvchining pedagogik va o'quvchining o'quv-bilish faoliyatini uyg'un ravishda tashkil etish, mazkur faoliyatni faollashtirish maqsadida, samaraii o'qitish metodlari, vositalari va shakllarini qo'llash,ulaming o‘zaro ta’sirini aniqlashga imkon beradigan tizimlar majmuasidir. Download 52.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling