Himoyaga tavsiya etilsin”
O‘t boshiga cho‘nqaydim. Etigimni sug‘urib, tagini olovga
Download 355 Kb.
|
Sh Xolmirzayev hikoyalari leksikasining semantik stilistik xususiyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sofligi
O‘t boshiga cho‘nqaydim. Etigimni sug‘urib, tagini olovga qaratib qo‘ydim (1-b.); O‘rtada gulxan yonar, chetroqda oqchil chakmon kiygan, o‘rta bo‘y bir kishi eshagining ayilini bo‘shatardi (1-b.).
Soflik – to‘g‘rilik Sofligi, to‘g‘riligi. Lekin, u, bu kishilarga yoqay deb hatto o‘ylaganiyam yo‘q. Ko‘ngli nimani tusagan bo‘lsa, shuni qildi (9-b.). Park – xiyobon Vosit katta park orqasidagi shofyor o‘g‘li bilan uzzukun janjal qiladigan Navoxon ayaning uyida yettinchi oy ham yashab qoldi (30-b.); Men velosipedni turg‘izib xiyobonga chiqardim (58-b.). tikanzor – yantoqzor: Qiz yo‘lni qoldirib, oqarib turgan tikanzorga kirdi, etagini andak ko‘tarib olib, tikanlar ustidan sakray-sakray qiya betga o‘rladi (60-b.); Yana bolalarini yantoqzor ortiga boshladi (177-b.). Qalb – ko‘ngil – dil: Garchi u shu kunlarda xotini bilan begonalardek yashagan bo‘lsa-da, bari bir u qalbining muhim bir go‘shasini tabiiy holda to‘ldirib turgan ekan (14-b.); Chiqqanlarida hammasi shirakayf, ko‘ngillari yana ichimlik tusar, hatto ba’zilari shuni taklif ham qilar edi (132-b.); Azim gulning sovuqqina bandidan ushlab unga tikilib turar ekan, dili zavqu shavqqa to‘lib toshdi (23-b.). Sohil – qirg‘oq: Soy sohiliga ko‘kchil tuman o‘rmalayapti (2-b.). Oxiri arna qirg‘oqlari pasaygan joyni topdilar-da, otni shitob bilan haydadilar (78-b.). Belgi-xususiyat bildiruvchi leksemalardan iborat sinonimik qatorlar: Sh.Xolmirzayev hikoyalari so‘z boyligida bir nechta belgi-xususiyat bildiruvchi leksemalardan iborat sinonimik qatorlar aniqlandi, ular quyidagilar: yakka –yolg‘iz: Goh o‘rtoqlar bilan chiqsak, goho... yakka o‘zim chiqardim (3-b.); U asli buxorolik, u yerdagi yolg‘iz onasini anchadan beri ko‘rmagan edi (35-b.). ko‘ngli bo‘sh – ta’sirchan Mazkur sinonimik qatordagi frazeologizm va leksema frazeologik-leksik sinonimlikni hosil qilgan: Azim tabiatan ko‘ngli bo‘sh, ta’sirchan yigit (23-b.). epchil – chaqqon: Ismat bo‘lsa, hamon qadimgiday: epchil, chaqqon, mergan... (23-b.); xayoliy – ajib – go‘zal Gul favqulodda nozik va iffatli edi! Uning haligina qor ichidan chiqib turishi shu qadar xayoliy, ajib va go‘zal edi! (23-b.) yalqov – xayolparast – lallaygan: Vosit nimjon, yalqov va xayolparast bola edi (29-b.). U olti oy o‘tmay kvartirasini almashtirar, bunga goh o‘zi sababchi bo‘lsa − ijara haqini vaqtida to‘lolmasa, goh uy egasi sababchi bo‘lar − bu lallaygan bolani yoqtirmay qolar edi (29-b.). sag‘ir – yetim: Ko‘ktosh qishlog‘idan qimmatchilikda bir sag‘ir bola chiqib ketib, endilikda professor, doktor bo‘lgan ekan (42-b.); Urush yillarida ota-onasidan ayrilib, yetim bolalar uyida tarbiya topdi (46-b.). yosh – navqiron: Bu yoshlar yosh ziyoli er-xotinlar o‘rtasidagi rasm bo‘la boshlagan bir odatni − yoshlikda dunyoni ko‘rib kelish uchun xorijga chiqishni o‘zlariga qabul qilgan, mana uch yildirki ular goh yolg‘iz, goh birlikda chetga chiqishar edi (13-b.); Domla shu topda qalbida g‘ayritabiiy bir kuch sezib o‘zini xuddi navqirondek his etar, qarilik — kam quvvatlikni ham unutgan, go‘yo shu ketishda tog‘lardan ham oshib ketgudek vajohatda edi (69-b.). qiziq – g‘aroyib: Umuman olganda, hayotning har qanday ko‘rinishi ham qiziq, g‘aroyib! (194-b.) Download 355 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling