BMIning metodlari. BMI mavzusini yoritishda an’anaviy lingvistik metodlar − tavsifiy, qiyosiy tahlil, shuningdek, kuzatish, analiz, induksiya, tajriba-sinov, umumlashtirish kabi metodlardan foydalanildi.
BMIning ilmiy-metodik yangiligi.
− Sh.Xolmirzayev hikoyalari lug‘at tarkibidagi o‘z va o‘zlashgan qatlamga oid leksik birliklar tahlil qilingan;
− asarda ishlatilgan leksik qatlamlarning hozirgi o‘zbek adabiy tiliga munosabati, leksemalar semantikasida sodir bo‘lgan ma’no kengayishi, ma’no torayishi hodisalari misollar asosida ochib berilgan;
− leksikologiyaning nazariy qoidalariga tayangan holda hikoyalar leksikasidagi turli mavzuiy guruhlarga oid leksik birliklarning qo‘llanish doirasi dalillangan;
− asarlardagi sinonimlarning o‘z va o‘zlashgan qatlamga tegishli so‘zlardan iborat ekanligi aniqlangan;
− asar matnidagi antonimik uyalarga oid so‘zlarning leksik-semantik xususiyatlari ochib berilgan;
− asar leksikasidagi polisemiya hodisasi, asosan, ot, fe’l, sifat turkumlariga oid leksik birliklar doirasida ro‘y bergani hamda tasvir jarayonida muallifning, asosan, metafora, metonimiya va sinekdoxa kabi ma’no ko‘chish usullaridan foydalangani dalillangan.
BMI natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati uning o‘zbek adabiy tilining shakllanish bosqichlari xususida mazkur sohada mavjud fikr va mulohazalarni muayyan darajada oydinlashtirishga xizmat qilishi bilan izohlanadi.
BMI natijalarining amaliy ahamiyati mazkur ish ushbu yo‘nalishda bajarilgan dastlabki ishlardan bo‘lganligi sababli bu kabi tadqiqotlarga keng yo‘l ochadi. BMIni yozish jarayonida to‘plangan faktik materiallardan o‘zbek tili stilistikasi, matn lingvistikasi fanlari bo‘yicha darslik, o‘quv qo‘llanmalari, uslubiy majmualar yaratishda unumli foydalanish mumkin.
BMIning tuzilishi va hajmi. Mazkur bitiruv malakaviy ish ... sahifadan tashkil topgan boʻlib, kirish, uch asosiy bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |