Himoyaga tavsiya etilsin”
Download 355 Kb.
|
Sh Xolmirzayev hikoyalari leksikasining semantik stilistik xususiyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- varvarizmlar
- Vulgarizmlar
Argotizm va jargonizmlar — biror argo yoki jargonga xos leksemalar. Argo va jargonlar biror ijtimoiy guruh yoki toifalarning, masalan, sportchilar, o‘g‘rilar, olibsotarlar, poraxo‘rlar va boshqalarning «yasama tili»dir. Shuning uchun argo va jargonlar ijtimoiy dialektlar deb ham yuritiladi.
Argotizmlar yashirin ma’no ifodalaydi. Masalan, otarchilar orasida— yakan(«pul»), ichuvchilar orasida - vodka («araq»), qizil («vino») kabi. Jargonizmlarda yashirin ma’no bilan birga tinglovchini yoki o‘zga bir shaxsni kamsitish yoxud uning xislatlarini bo‘rttirib baholash ottenkalari ham mavjud bo‘ladi. Masalan, talabalar jargonida: «topshirilmagan imtihon», «qarz»; jonli so‘zlashuvda: yo ‘rg‘a - «yengil tabiatli», «buzuq» va b.lar. Argotizm va jargonizmlar, asosan, jonli so‘zlashuvda, tor doirada ishlatiladi. Ulardan badiiy asarda obraz va personajlarni tipiklashtirish maqsadida foydalanish hollari ham uchraydi. Masalan: Bu qora yer yutkurning yo‘rg‘a chiqarishini yetti uxlab tushida kim ko ‘ribdi. Gapni aylantirmang. Yog‘liq joy. Yakan katta bo‘ladi! Bir maktabda gap mish-mish, Turg‘unning dumi bormish. Xo‘sh, bu ajab, qanday dum, Hech kimda yo‘q-ku bu dum? Bilsam voqea o‘zga, Ilinmas qo‘lga, ko‘zga! «Ikki» degan oti bor, na o‘zi, na zoti bor...(Q.M.) Badiiy adabiyotda muayyan tasvir maqsadi bilan o‘zga tilga oid so‘z va iboralar qo‘llanishi kuzatiladi. Tilning lug‘at tarkibiga kiritilmagan, faqatgina og‘zaki nutqda mavjud bo‘lgan bunday chet so‘zlaridan badiiy nutqda voqealar bo‘lib o‘tayotgan o‘ringa ishora qilish, nutqiy vaziyat va unda ishtirok etayotganlarning milliy mansubligi, qahramonlar xarakteri haqida ma'lumot berish maqsadida foydalaniladi. Bunday birliklar varvarizmlar deb yuritiladi. Sh.Xolmirzayev hikoyalari qahramonlari nutqida keltirilgan varvarizmlar qahramonning xarakterini to‘liq ochib berishga xizmat qilgan: Ha, eri kulturniy, lekin xotini... (13-b.); Eri durust, lekin xotini ko‘p kisliy ekan (13-b.); Ertasi Hikmatoy «pasadka» e’lon qilingan samolyot maydoni tomon borayotganida ham nozik hollardan biri sodir bo‘ldi... (14-b.); Endi otboy! − dedi Qalandar aka va Ko‘kboyni qornidan ko‘tarib, ayvonga chiqdi (26-b.); Vot masala qaerda! (53-b.); Da-a, qiziq! (74-b.); Ataman bilan xayrlash!(86-b.); Eshaklaring bor, bolalarni olib, bir dalaga chiqsang, lyuboy xirmondan bir qop chor opkelasan, xo‘pmi? (87-b.); Ke, jiyan, malades, jiyan! O‘tir bu yerga! (105-b.); − Hey, Qo‘zi, — dedi Habibulla kinolardagi dahshatli shayka boshliqlariga taqlidan xo‘mrayib (88-b); Bu odamni o‘sal qilib, o‘zlari padlo‘k dakumit tuzgan, shuncha pulni buning bo‘yniga urgan! (99-b.). Tilshunoslikda vulgarizmlar deb ataluvchi haqorat so‘zlarida o‘ta salbiy munosabat, kamsitish, mensimaslik, haqorat kabi bir qator ifoda semalari juda ochiq ko‘rinib turgan bo‘ladi. Bunday so‘zlar ko‘proq nominativ ma'nolariga ko‘ra emas, ayni shu konnotativ ma'nolariga ko‘ra nutqda yashaydi. Haqorat so‘zlari badiiy asariarda asosan, qahramonlar nutqida ishlatiladi. Lisoniy tahlil jarayonida badiiy asarga olib kirilgan vulgarizmlarni kimning (jinsi, ijtimoiy tabaqasi, mavqei, yoshi kabilar) nutqida ishlatilayotganligiga qarab guruhlash, qanday vaziyatlarda va nima sababdan qo‘llanilayotganligini hamda ularning leksik-semantik tarkibi, shevaga xoslanganligi kabilarni aniqlash lozim bo‘ladi. Vulgarizmlar - haqorat ma’nosida qo‘llanadigan so‘zlar: xunasa, dayus, so‘tak, to‘nka kabilar. Bunday leksemalar yoki ularning vulgar ma’nolari adabiy til birligi sanalmaydi, ularni qo‘llash nutq madaniyatiga xilof deb qaraladi, ammo badiiy asar tilida bunday so‘zlardan uslubiy vosita sifatida foydalaniladi. Sh.Xolmirzayev hikoyalari qahramonlari nutqida keltirilgan vulgarizmlar qahramonning xarakter-xususiyatini to‘liq ochib berishga xizmat qilgan: Xudoyo dushmanlarimning ko‘ziga cho‘p suqilsin! (42-b.); U qistaloqlar nega suv bermadi-ya, hovuzga qarang! (87-b.); Hayronman... Voy, pastkash-e! − dedi o‘qituvchi va izg‘irinli ko‘chani boshiga ko‘tarib kulib yubordi (98-b.); Agar hayvon emas, odam naslidan bo‘lsa, keladi u — ukkig‘ar! (99-b.); Mayli, shu o‘tirik puldi deb ket, lekin biring ikki bo‘lmasin. Bir kuni seni bolalaring ham ota deb qolsin, dedim (99-b.). Download 355 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling