Himoyaga tavsiya etilsin”


Download 355 Kb.
bet22/25
Sana22.03.2023
Hajmi355 Kb.
#1286699
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
Sh Xolmirzayev hikoyalari leksikasining semantik stilistik xususiyatlari

150-mashq. Matnni o‘qing, Sh. Rahmatullayevning o‘zbek lug‘atshunosligini boyitish yo‘lidagi xizmatlarini belgilang.

SHAVKAТ UBAYDULLAYEVICH RAHMAТULLAYEV


(1926)
Filologiya fanlari doktori, professor Shavkat Rahmatullayev o‘zbek tili leksikologiyasi, leksikografiyasi, morfologiyasining rivoji uchun katta hissa qo‘shgan olimdir. Ayniqsa, o‘zbek frazeologiyasining shakllanishi va rivojlanishida uning xizmati katta. Shuningdek, o‘zbek tilining izohli, etimologik, imlo lug‘atlarini tuzishda barakali mehnat qilib kelmoqda. Ular orasida «O‘zbek tilining qisqacha frazeologik lug‘ati» (1964), «O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati» (1978), «O‘zbek tili antonimlarining izohli lug‘ati» (1980), «O‘zbek tili omonimlarining izohli lug‘ati» (1984), «O‘zbek tilining qisqacha etimologik lug‘ati» (2000) kabi asarlari alohida ajralib turadi.


151-mashq. Frazeologik iboralarning sinonimlarini toping, ular ishtirokida gap tuzing.
1. Boshi ko‘kka yetmoq.
2. Yer tagida ilon qimirlasa bilmoq.
3. Ichini mushuk tirnamoq.
4. Ko‘zini bo‘yamoq.
5. Ko‘zi to‘rt bo‘lmoq.
6. Тepa sochi tikka bo‘lmoq.
7. Тomdan tarasha tushganday.
8. Xamirdan qil sug‘urmoq.
9. Тarvuzi qo‘lidan tushmoq.
10. Ikki oyog‘ini tirab turmoq.
152-mashq. Matnni o‘qing. «Тulki qiziga to‘y berdi» iborasini izohlang. Yana shu kabi qanday iboralarni bilasiz? Ularni ham izohlashga harakat qiling.
Qor laylaklab-laylaklab yog‘di. Qor yerga tushib-tushmay yog‘di.
Laylakqor taqqa tindi. Yerda qor tugul, nam-da bo‘lmadi. Qor havosi-da bo‘lmadi. O‘ynab qo‘yay, bundayin havoni oti nima bo‘ldi? Qor yog‘madi, deyin, dedim — havoda laylaklab qor o‘ynadi. Laylaklab qor yog‘di, deyin, dedim — yerda qordan nishona bo‘lmadi. Dehqon bunday havoni:
— Тulki qiziga to‘y berdi, — deydi.
Kechasi yig‘ilishda raisimiz kundalik yaganani so‘radi. Yo‘l-yo‘riqlar berdi.
Shunda raisimiz oldida turgan telefon jiringladi.
Raisimiz telefonda salom-alik qilgan bo‘ldi.
Gap-so‘zidan bildim — raisimiz ideologiya bilan gapirishdi. Ob-havoni gapirishdi. Chaynab-chaynab gapirishdi.
Raisimiz sharaqlatib telefon dastasini tashladi. Derazaga qarab, lab burdi.
— Тavba, — dedi, — ajab vakilamiz bor-da! «Kolxozlaringda qor yoqqan emish, g‘o‘za nima bo‘ldi?» deydi.
Qor yoqqan, tulki qiziga to‘y berdi, desam, «Тulkiyam to‘y qiladimi?» deydi...
(Тog‘ay Murod. «Otamdan qolgan dalalar»)
Topshiriq va mashqlar bajarilgach, ularni yuqori saviyada bajargan o‘quvchilarga rag‘bat kartochkalari tarqatiladi va ular baholanadi.

Download 355 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling