Himoyaga tavsiya etilsin”
Download 355 Kb.
|
Sh Xolmirzayev hikoyalari leksikasining semantik stilistik xususiyatlari
VII.Yangi mavzu bayoni:
O‘qituvchi yangi mavzuni bayon etishda “Taqdimot usulida tashkil etish” va “Interaktiv o‘qitish” texnologiyasidan foydalanadi. Shunday ekan, avvalambor, yangi mavzu rejasi hamda tayanch tushunchalar o‘qituvchi tomonidan tayyorlangan taqdimot(slayd)da aks etadi. Reja: 1. Barqaror birikmalar haqida. 2. Barqaror birikmalarning turlari: Frazeologizm maqol matal hikmatli so‘zlar. O‘qituvchi yangi mavzu haqidagi nazariy ma’lumotlarni berishdan avval “oddiydan murakkabga” tamoyiliga amal qilgan holda o‘quvchilarga yangi mavzu bayonidan oldin berilgan darslikdagi topshiriqni bajartiradi. Bu esa yangi mavzuning o‘quvchiga tushunarli bo‘lishini ta’minlaydi. Topshiriqda, jumladan, shunday vazifalar beriladi: 1-topishriq. Boshi osmonga yetdi va quvondi o‘rtasidagi umumiy va farqli jihatlarni ayting 2-topshiriq. Vatanni sevish haqida uchta maqol keltiring va ularning o‘ziga xos tomonlarini tushuntiring. O‘qituvchi mazkur topshiriqlarning bajarilishini nazorat qiladi, o‘quvchilarning tahlillarini tinglaydi hamda barcha fikrlarni jamlagan holda antonimlar haqidagi fikrlarni umumlashtiradi. “KLaster” usulidan foydalangan holda yangi mavzuni yoritib beradi: Nutqiy jarayonda fikrimizni bayon qilish uchun so‘zlar yordamidagina emas, balki bir necha so‘zlarning barqaror bog‘lanishidan hosil bo‘lgan birikmalardan ham foydalanamiz. Masalan, Тoshkentdagi istiqlol davrida qurilgan inshootlarni ko‘rib, og‘zim ochilib qoldi. Bu gapda og‘zim ochilib qoldi birikmasi so‘zlovchi tomonidan nutqqa tayyor holda olib kirilgan. Og‘iz ochilib qolmoq birikmasi nutq jarayoniga qadar ham tayyor holda barqaror birikma sifatida mavjud va mazmunan bir leksema hayron bo‘lmoq leksemasi ifodalagan ma’noga teng keladi. Yoki yer haydasang kuz hayda, kuz haydamasang yuz hayda, deydi xalqimiz, jumlasida deydi xalqimiz birikmasi tarkibidagi so‘zlar o‘zaro erkin bog‘langan bo‘lsa, undan oldingi so‘zlar so‘zlovchining nutqiga qadar xalqimiz tomonidan yaratilgan, tilimizda tayyor holda so‘zlarning xuddi shunday tarkibini doimiy saqlagan holda mavjuddir. Ikki va undan ortiq so‘zlarning o‘zaro barqaror munosabatidan tashkil topgan, nutq jarayoniga tayyor holda olib kiriluvchi, til egalari xotirasida imkoniyat sifatida mavjud bo‘lgan til birliklari barqaror birikmalar deyiladi. Barqaror birikmalarning eng xarakterli belgilari quyidagilar: 1. Nutq jarayoniga qadar tilda mavjudlik: nutqqa tayyor holda olib kirishlik. 2. Ma’no butunligi. 3. Тuzilishi va tarkibining barqarorligi. Barqaror birikmalardan o‘rinli foydalanish nutq go‘zalligini ta’minlaydi, shuning uchun ular nutqimiz ko‘rki hisoblanadi. Barqaror birikmalarni o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi paremiologiya (lot. parema — barqaror, logos — ta’limot), barqaror birikmalar lug‘atini tuzish muammolarini o‘rganuvchi bo‘lim esa paremiografiya (lot. parema — barqaror, grofho — yozmoq) sanaladi. 142-mashq. Quyida berilgan barqaror birikmalardan foydalanib, gaplar tuzing. Birikmalar ma’nolarini izohlang. Yerga ursa ko‘kka sachraydi, yaxshi ko‘rmoq, me’dasiga tegmoq, yuragi toza, tepa sochi tikka bo‘lmoq, ko‘nglida kiri yo‘q, og‘ziga tolqon solmoq, podadan oldin chang chiqarmoq, oq ko‘ngil, ko‘nglini yozdi, o‘takasi yorildi, tishini tishiga qo‘ymoq, iрidan ignasigacha, og‘zining tanobi qochadigan. 143-mashq. Quyidagi iboralarni yozing. Ular yordamida gaplar tuzing. Ishtahasi karnay, qo‘ling dard ko‘rmasin, og‘zi ochilib qoldi, gullab qo‘ydi, ko‘kragini yerga bermoq, loy bo‘lmoq, misi chiqmoq, tuyog‘ini shiqillatmoq, aravani tortmoq, og‘zi qulog‘iga yetmoq, tegirmonga tushsa butun chiqmoq, boshi osmonga yetmoq, arpasini xom o‘rmoq, taqdirga tan bermoq, quloq solmoq, misi chiqdi. Download 355 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling