Himoyaga tavsiya etilsin”
-mashq. Ixtiyoriy mavzuda matn tuzing. Unda iboralardan unumli foydalaning. 145-mashq
Download 355 Kb.
|
Sh Xolmirzayev hikoyalari leksikasining semantik stilistik xususiyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 147-mashq.
144-mashq. Ixtiyoriy mavzuda matn tuzing. Unda iboralardan unumli foydalaning.
145-mashq. Ko‘chiring. Iboralarning ostiga chizing. Ma’nosi qaysi so‘zga to‘g‘ri kelishini ayting. 1. Unga yetib olganimda, vujudimni sevinch qoplagan, kutilmagan uchrashuvdan boshim osmonga yetgan edi. (O‘. Umarbekov) 2. Issiqning va yog‘liq ovqatlarning damini kesish uchun hech kim piyoladan, choynakdan qo‘l uzmas edi. (Oybek) 3. Ba’zan davon oshishingga ko‘zing yetmay, yuraging orqangga tortib ketadi. 4. So‘nggi bir-ikki soat ichida yuz bergan bu ikki quvonchli hodisa Rahim Saidovning boshini aylantirib qo‘ygan, kim bilandir ularning o‘rtoqlashgisi kelib qolgan edi. 5. Voy, qulog‘ingizga tanbur chertyapmanmi? Uzukni-da. Qarang, shunaqasi menga juda yarashar ekan. (O‘. Umarbekov) 6. Тansiq go‘yo bo‘g‘ilganday uh tortdi. Shunday qarindoshlarni ko‘kka ko‘targan dadasidan xafa bo‘ldi u. (Oybek) 7. Zokir o‘z bo‘yniga olgan tashvishining naqadar qiyinligini endi sezdi. (P. Qodirov) 8. Ammo Egamberdi mashinaning quli. Тez orada uncha-muncha mexanikka ham so‘z bermay qo‘yadi u. (Oybek) 9. Bu yoqda Jamol Bo‘riboyevday og‘aynilari bo‘lgan, yulduzni benarvon uradigan bunaqa odamlardan hayiqmoq kerak. (O. Yoqubov) 10. Rabbimning marhamatiga loyiq yashamoq, dunyo noz-ne’matlariga shukur keltirmoq, dard yopishganida sabr-toqatli bo‘lmoq, baxtli onlarida es-hushini yig‘ishtirib olmoq chinakam mo‘minning fazilatidir. (Gazetadan) 146-mashq. Keltirilgan frazeologizmlarga antonimik juft bo‘ladigan til birliklari tanlang va ular ishtirokida gaplar tuzing. Yerga urmoq, ichi qora, qo‘li egri, pixini yorgan, sirkasi suv ko‘tarmaydigan, qildan qiyiq topmoq, terisiga sig‘may ketdi, yer bilan yakson qilmoq, iрidan ignasigacha. 147-mashq. Badiiy asarlardan frazeologizmlarga misollar topib yozing, ularni izohlang. 148-mashq. Тo‘rtliklarni o‘qing. Iboralarni topib, uslubiy xususiyatlarini tushuntiring. 1. Bilaman, ta’rifing so‘zga sig‘maydi, Go‘zallik haqida gap sotmoq bekor. Dildagi husndan andoza olgan — Go‘zalliging qalbni etadi takror. 2. Yurak og‘rir, sezdirmaydi til, Jism mag‘rur, bo‘zlaydi ko‘ngil Bu keng dilga sig‘olmaydi qil Men kutgan kun, sen kelmagan kun. 3. Bir kun ko‘zlarimdan qochdi uyqular, Bir kun yuragini ochdi tuyg‘ular... Men seni esladim entikib, yonib, Men seni izladim baridan tonib. Sen ilk muhabbatim, vafoli yorim, Sensiz qo‘shig‘imni aytolmadim men. 4. Yangi tong, do‘stginam, boshlanmay turib Ushbu tun bag‘riga birpas tut quloq. Bu tunning bag‘rida g‘ofil bo‘linmas, Bu tunning bag‘rida baxting bor oppoq. (Nazira as-Salom) Download 355 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling