Himoyaga tavsiya etilsin”
Nutq jarayonida ikki va undan ortiq ma’noda qo‘llaniluvchi so‘zlarga ko‘p ma’noli so‘zlar yoki polisemiya deyiladi
Download 355 Kb.
|
Sh Xolmirzayev hikoyalari leksikasining semantik stilistik xususiyatlari
Nutq jarayonida ikki va undan ortiq ma’noda qo‘llaniluvchi so‘zlarga ko‘p ma’noli so‘zlar yoki polisemiya deyiladi.
Polisemiya yunoncha poli — ko‘p, semia — ma’no so‘zlaridan olingan bo‘lib, ko‘p ma’noli demakdir. Polisemiya monosemiya (yunoncha mono — bir, semia — ma’no)ga zidlanadi. Ko‘p ma’noli so‘zlarda ma’no qanchalik ko‘p bo‘lsa ham, lekin u bir so‘z hisoblanaveradi. Shuning uchun ham ko‘p ma’noli so‘zlarda ma’nolardan biri to‘g‘ri ma’no (yoki o‘z ma’no), qolganlari esa ko‘chma ma’no bo‘ladi. Ko‘chma ma’nolar nutq tarkibida boshqa so‘z-lar bilan bog‘langanda namoyon bo‘ladi, nutq tarkibidan ajratilganda esa to‘g‘ri ma’nosi asosiy ma’no bo‘lib qoladi. Masalan, tosh so‘zi nutq qurshovidan ajratib olinsa, «qattiq jism» ma’nosini anglatadi. Bir ma’noli so‘zlar tilimizda kam sonni tashkil qiladi va ilmiy, kasb-hunarga doir atamalarni, shuningdek, yangi paydo bo‘lgan so‘zlarni o‘z ichiga oladi. Yangi so‘zlar (neologizmlar) ham davrlar o‘tishi bilan qo‘shimcha ma’nolarni anglatadi. Ko‘p ma’noli so‘zlarning ma’nosini bilish va undan nutq jarayonida o‘rinli foydalanish nutqning ta’sirchan, ifodali bo‘lishiga yordam beradi. So‘zning semantik tarkibidagi leksik ma’nolar dastlab ikkita katta guruhga — hozirgi leksik ma’nolarga va avvalgi leksik ma’nolarga ajratiladi. Hozirgi leksik ma’no til taraqqiyotining hozirgi bosqichiga, avvalgi leksik ma’nolar esa til taraqqiyotining o‘tmishdagi bosqichlariga xosdir. Shuning uchun hozirgi leksik ma’no tavsifiy semasiologiyada, avvalgi leksik ma’nolar esa tarixiy (diaxron) semasiologiyada o‘rganiladi. Hozirgi leksik ma’nolar o‘z navbatida bosh ma’no va hosila ma’no kabi tiplarga bodinadi, ular kontekst talabiga ko‘ra to‘g‘ri ma ’no va ko‘chma ma 'no, nominativ (nomlovchi) ma ’no va majoziy ma ’no, erkin ma 'no va bog‘li ma’no (yoki bog‘langan ma’no) nomlari bilan ham ataladi. Tildagi leksik polisemiya ana shu bosh va hosila ma’nolar tizimiga asoslanadi. Masalan, «O‘zbek tilining izohli lug‘ati»da [121, -136—138] bosh leksemasining 15 ta leksik ma’nosi va yana bir necha ideomatik ma’nolari (frazemalar tarkibidagi qodlanishi) izohlangan: 1. Tananing bo‘yindan yuqori (odamda) yoki oldingi (hayvonlarda) qismi... 2. Ko‘chma s.t. Aql-xush, miya. 3.Boshliq, rahbar. Yaxshi yigit — davraning boshi... 4. Sft. Boshchilik, rahbarlik qiluvchi, eng katta yoki yuqori. Bosh vrach... 5. Sft. Eng muhim, asosiy. Bosh masala... 6. Sft. Eng oldingi, birinchi. Bosh kelin... 7. Ko‘chma. Odam, kishi. Bir boshga biro‘lim... 8. (Snq sonlar bilan) chorva hisobida har bir adad jonivor. O‘n bosh ot. Ikki bosh qo‘y... 9. Tik narsalarning tepa qismi, uchi, cho‘qqisi. Shamol bo‘lmasa daraxtning boshi qimirlamaydi... va b.lar. Download 355 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling