Himoyaga tavsiya etilsin”


O‘t boshiga cho‘nqaydim. Etigimni sug‘urib, tagini olovga


Download 355 Kb.
bet6/25
Sana22.03.2023
Hajmi355 Kb.
#1286699
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Sh Xolmirzayev hikoyalari leksikasining semantik stilistik xususiyatlari

O‘t boshiga cho‘nqaydim. Etigimni sug‘urib, tagini olovga qaratib qo‘ydim (1-b.); O‘rtada gulxan yonar, chetroqda oqchil chakmon kiygan, o‘rta bo‘y bir kishi eshagining ayilini bo‘shatardi (1-b.).
Soflikto‘g‘rilik
Sofligi, to‘g‘riligi. Lekin, u, bu kishilarga yoqay deb hatto o‘ylaganiyam yo‘q. Ko‘ngli nimani tusagan bo‘lsa, shuni qildi (9-b.).
Parkxiyobon
Vosit katta park orqasidagi shofyor o‘g‘li bilan uzzukun janjal qiladigan Navoxon ayaning uyida yettinchi oy ham yashab qoldi (30-b.); Men velosipedni turg‘izib xiyobonga chiqardim (58-b.).
tikanzoryantoqzor:
Qiz yo‘lni qoldirib, oqarib turgan tikanzorga kirdi, etagini andak ko‘tarib olib, tikanlar ustidan sakray-sakray qiya betga o‘rladi (60-b.); Yana bolalarini yantoqzor ortiga boshladi (177-b.).
Qalbko‘ngildil:
Garchi u shu kunlarda xotini bilan begonalardek yashagan bo‘lsa-da, bari bir u qalbining muhim bir go‘shasini tabiiy holda to‘ldirib turgan ekan (14-b.);
Chiqqanlarida hammasi shirakayf, ko‘ngillari yana ichimlik tusar, hatto ba’zilari shuni taklif ham qilar edi (132-b.);
Azim gulning sovuqqina bandidan ushlab unga tikilib turar ekan, dili zavqu shavqqa to‘lib toshdi (23-b.).
Sohilqirg‘oq:
Soy sohiliga ko‘kchil tuman o‘rmalayapti (2-b.).
Oxiri arna qirg‘oqlari pasaygan joyni topdilar-da, otni shitob bilan haydadilar (78-b.).

  1. Belgi-xususiyat bildiruvchi leksemalardan iborat sinonimik qatorlar: Sh.Xolmirzayev hikoyalari so‘z boyligida bir nechta belgi-xususiyat bildiruvchi leksemalardan iborat sinonimik qatorlar aniqlandi, ular quyidagilar:

yakkayolg‘iz:
Goh o‘rtoqlar bilan chiqsak, goho... yakka o‘zim chiqardim (3-b.);
U asli buxorolik, u yerdagi yolg‘iz onasini anchadan beri ko‘rmagan edi (35-b.).
ko‘ngli bo‘shta’sirchan Mazkur sinonimik qatordagi frazeologizm va leksema frazeologik-leksik sinonimlikni hosil qilgan:
Azim tabiatan ko‘ngli bo‘sh, ta’sirchan yigit (23-b.).
epchilchaqqon:
Ismat bo‘lsa, hamon qadimgiday: epchil, chaqqon, mergan... (23-b.);
xayoliyajibgo‘zal
Gul favqulodda nozik va iffatli edi! Uning haligina qor ichidan chiqib turishi shu qadar xayoliy, ajib va go‘zal edi! (23-b.)
yalqovxayolparastlallaygan:
Vosit nimjon, yalqov va xayolparast bola edi (29-b.).
U olti oy o‘tmay kvartirasini almashtirar, bunga goh o‘zi sababchi bo‘lsa − ijara haqini vaqtida to‘lolmasa, goh uy egasi sababchi bo‘lar − bu lallaygan bolani yoqtirmay qolar edi (29-b.).
sag‘iryetim:
Ko‘ktosh qishlog‘idan qimmatchilikda bir sag‘ir bola chiqib ketib, endilikda professor, doktor bo‘lgan ekan (42-b.);
Urush yillarida ota-onasidan ayrilib, yetim bolalar uyida tarbiya topdi (46-b.).
yosh – navqiron:
Bu yoshlar yosh ziyoli er-xotinlar o‘rtasidagi rasm bo‘la boshlagan bir odatni − yoshlikda dunyoni ko‘rib kelish uchun xorijga chiqishni o‘zlariga qabul qilgan, mana uch yildirki ular goh yolg‘iz, goh birlikda chetga chiqishar edi (13-b.);
Domla shu topda qalbida g‘ayritabiiy bir kuch sezib o‘zini xuddi navqirondek his etar, qarilik — kam quvvatlikni ham unutgan, go‘yo shu ketishda tog‘lardan ham oshib ketgudek vajohatda edi (69-b.).
qiziqg‘aroyib:
Umuman olganda, hayotning har qanday ko‘rinishi ham qiziq, g‘aroyib! (194-b.)

Download 355 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling