Himoyaga tavsiya etilsin”


Mezbon dasturxon yozdi, qo‘sh non keltirdi, kosada qatiq qo‘ydi (33-b.). Xomush – xursand: Inod u bilan xomush


Download 355 Kb.
bet9/25
Sana22.03.2023
Hajmi355 Kb.
#1286699
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25
Bog'liq
Sh Xolmirzayev hikoyalari leksikasining semantik stilistik xususiyatlari

Mezbon dasturxon yozdi, qo‘sh non keltirdi, kosada qatiq qo‘ydi (33-b.).
Xomushxursand:
Inod u bilan xomush ko‘rishdi (66-b.);
Qalay, onajon, xursandmisiz? — dedi u yo‘lda yonma-yon o‘tirishar ekan (45-b.).


1.3. Polisemantik so‘zlarning hikoyalar so‘z boyligidagi o‘rni

Yozuvchining tildan foydalanish mahoratini belgilashda badiiy nutq ifodaliligini qay darajada ta'minlay olganligiga e'tibor qaratiladi. Buni ko‘p ma'noli so‘zlarni o‘z o‘rnida, muayyan estetik maqsad bilan qo‘llay olishidan ham aniqlasa bo‘ladi. Ko‘p ma'noli so‘zlar nutqning ifoda imkoniyatlarini kengaytirishga ko‘maklashuvchi lisoniy vosita hisoblanadi.


Ko‘p ma’nolilik so‘zning semantik strukturasiga oid hodisalardandir. Birdan ortiq ma’noga egalik (polisemiya) deyarli barcha so‘z turkumlarida uchraydi7.
Polisemiya har qanday tilda ham salmoqli o‘rin tutadi. Til boyligi faqat so‘zlar, iboralar miqdori bilan emas, so‘zlarning leksik ma’nolari miqdori bilan ham o‘lchanadi. So‘zlarning ko‘p ma’noliligi til boyligida shubhasiz o‘z o‘rniga egadir.
Tildagi polisemiya hodisasi juda qadimdanoq olimlar diqqatini o‘ziga jalb qilib keldi. Adabiyotlarda qayd etilishicha, eramizdan avval falsafa va uslubiyat nuqtai nazaridan o‘rganildi. Bu masalada Xitoy va Hind olimlari fikr yuritgan bo‘lib, eramizning boshlariga kelib yunonlar ham shug‘ullanishgan.8 Buyuk leksikograf M.Koshg‘ariy ham e’tibor bergan bo‘lib, lekin poli­semantik so‘z tarkibidagi har bir leksik ma’noni bir so‘z sifatida qaraydi.9 Bu holatni “Attuhfatuz zakiyati fil lug‘atit turkiya” lug‘atida ham,10 Zamaxshariyning “Muqaddimatul adab” lug‘atida ham11 ko‘ramiz. A.Navoiy ham turkiy til imkoniyatlarini fors tili imkoniyatlariga solishtirib tahlil qilganida, so‘zlarning ma’no boyligiga alohida to‘xtab o‘tgan edi.12 Bularning hammasi tilshunoslik emas, turli sohalar nuqtai nazaridan berilgan fikrlardir.
Тilimizdagi so‘zlarning juda katta qismi ko‘p ma’nolidir, chunki kishilar o‘zining kundalik hayotida yangi paydo bo‘lgan tushun­chalarning har biri uchun alohida-alohida so‘zlar qo‘llayveradigan bo‘lsa, so‘zlarning soni o‘ta ko‘payib ketib, ularni xotirada saqlash mumkin bo‘lmay qolardi. Natijada tildan foydalanish ham qiyinlashib, u sekin-asta yaroqsiz holga kelib qolgan bo‘lardi.
Shuning uchun ham har qaysi tilda sanoqli til birliklarning turli xil kombinatsiyalaridan cheksiz tushuncha va fikrlarni ifodalashga harakat qilinadi. Ana shunday harakat tufayli tilda ilgari mavjud bo‘lgan so‘zlarga yangi-yangi ma’nolar yuklanadi. Natijada ko‘p ma’noli so‘zlar maydonga keladi. Masalan, tosh so‘zi dastlab «qattiq», «sovuq jism» ma’nosida qo‘llangan: «Yo‘lda tosh yotibdi.» Keyinchalik «qattiqlik» ma’nosini faollashtirib, tosh bag‘ir, bag‘ri tosh birikmalarida bag‘irning sifatlovchisi vazifasida ko‘chma ma’noda qo‘llanila boshlangan. Yoki ko‘z so‘zi dastlab faqat «tirik organizmning qavariq shaklga ega bo‘lgan ko‘rish a’zosi» ma’nosida qo‘llangan bo‘lsa, keyinchalik «qabariqlik» ma’nosini faollashtirish asosida «daraxtning ko‘zi», «yorug‘lik bilan ta’minlash» ma’nosini faollashtirish orqali «derazaning ko‘zi» ma’no­larida qo‘llanila boshlandi.

Download 355 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling