Himoyaga tavsiya etilsin”


I BOB. SHUKUR XOLMIRZAYEV HIKOYALARI LEKSIKASINING SEMANTIK-STILISTIK XUSUSIYATLARI


Download 355 Kb.
bet5/25
Sana22.03.2023
Hajmi355 Kb.
#1286699
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Sh Xolmirzayev hikoyalari leksikasining semantik stilistik xususiyatlari

I BOB. SHUKUR XOLMIRZAYEV HIKOYALARI LEKSIKASINING SEMANTIK-STILISTIK XUSUSIYATLARI
Shukur Xolmirzayev zamonaviy o‘zbek nasrining zabardast vakillaridan biridir. U adabiyot 1950 yillarning oxirida kirib keldi. Dastlabki asarlaridan boshlab hayotning o‘ziga yaqin va tanish jihatlarini qalamga oldi, tasvirda samimiylikka intildi, qahramonlar ruhiy olami tahliliga alohida e’tibor berdi.
Sh.Xolmirzayev birinchi navbatda hikoyanavis sifatida tan olingan yozuvchidir. Adib nasrining bu mo‘jaz janrida inson tabiatiga xos ruhiy iztiroblar-u tuyg‘ular tovlanishini butun murakkabligi bilan ko‘rsata oladi. Mazkur bobda buyuk hikoyanavisning ba’zi hikoyalari so‘z boyligining semantik-stilistik xususiyatlari haqida so‘z yuritiladi.
Sh.Xolmirzayev hikoyalari leksikasining o‘ziga xosligini ta’minlovchi lingvistik omillardan biri sinonimik paradigma, antonimlar, polisemantik so‘zlarning maqsadga muvofiq qo‘llanishidir.
1.1.Ma’nodoshlik qatorlari tahlili
Ma’lumki, so‘zlarning semantik munosabati sinonimiyani belgilovchi asasosiy shart hisoblanadi. Ayni mana shu jihatdan sinonimlar ikki tipga taqsimlanadi. Bunda qatordagi so‘zlar ma’nosining o‘zaro qanday aloqada bo‘lishi muhim hisoblanadi.2
Birinchi tipga mutlaq, ya’ni absolyut sinonimlar oid bo‘lib, bunda qatorni shakllantiruvchi so‘zning ma’no munosabati aynan bir xillikka asoslanadi.
Sinonimlar tilda ma’lum lingvistik kategoriya bo‘lib, ularning tadqiq qilinishi uzoq tarixga ega. Ta’kidlash joizki, sinonimik qatorlar o‘zbek tilshunosligida har tomonlama chuqur o‘rganilgan paradigmalardan biri hisoblanadi. So‘zlarning ma’no jihatidan bir xil bo‘lishi, o‘xshashligi va yaqinligi nuqtai nazaridan voqelanadigan til vositasi hisoblanmish sinonimiya borasida, uning tiplari xususida, mavjud adabiyotlarda turfa mulohazalar, fikrlar bildirilgan, lug‘atlar yaratilgan.3
Leksik sinonimiya leksemalarning bir xil ma’no anglatishiga ko‘ra guruhianishidir: yelka, kift, o‘miz (birinchi guruh); in, uya, oshiyon (ikkinchi guruh); nur, shu ia, yog‘du, ziyo (uchinchi guruh) va b.lar. Bunday guruhlar tilshunoslikda sinonimik qatorlar deb nomlanadi. Har bir sinonimik qatorda:

  1. leksemalarning denotativ ma’nosi bir xil, ifoda semalari (ma’no qirralari, uslubiy bo‘yoqlari, subyektiv baho, qo‘llanish doirasi) har xil bo‘ladi. Masalan, ozod, erkin, hur, sarbast leksemalari bitta denotatni — «o‘z erki, haq-huquqiga egalik»ni ataydi, biroq ularda o‘zaro farqlanuvchi ifoda semalari ham bor. Xususan, erkin leksemasi birqadar betaraf ma’noli bo‘lsa, ozod leksemasida ko‘tarinki ruhni ifodalash, hur leksemasida badiiy uslubga xoslik sezilib turadi, sarbast leksemasi esa eskirgan, kitobiydir. Qiyos qiling: Erkin nafas olmoq (O‘TIL, 2, 451). Toki, bizdan olis avlodlarga ozod va obod vatan qolsin. (I.Karimov). Yashnagan el tillarda dosfon, Qutlug‘ nomi hur O‘zbekiston (M.Sh.). Podshohning nikohida bo‘lgan xotinlari posbonlar bilan uncha hisoblashmay, ko‘pincha ularni qo‘lga olib, sarbast yashaydilar (O.);

  2. ifoda semalari ba’zan darajalanadi: yuz, bet, aft, bashara, turq leksemalarining barchasida («yuz»dan boshqalarida) salbiy bo‘yoqli semalar bor, biroq bu semalarda salbiy bo‘yoqning ifodalanish darajasi har xil: u «bet»dan «turq»qa tomon ortib, kuchayib boradi. Qiyos qiling: U betlari yumdalangan, oppoq sochlari yulingan bu telba xotinni o‘zining qirq yillik umr yo‘ldoshiga o‘xshata olmadi. (M.lsm.); Sherbekning ko‘ziga Xo‘jabekovning aftidan nahs tomayotgandek jirkanch bo‘lib ko‘rinib ketdi (S.An.); U bir ko‘ngli, borib, muttaham qozjning tumshug‘iga tushirgisi yo iflos basharasiga tupurgisi keldi. (M.lsm.). Devor ustida turgan o‘n ikki yoshlardagi bir qiz devordan kesak ko‘chirib olib, Mulla Norqo‘ziga o‘qtaldi: «Xu o‘l, turqing qursin!» (A.Q.);

  3. ifoda semalari bo‘lmagan, betaraf ma’noli leksemalar sinonimik qatorning dominantasi sanaladi. Chunonchi, yuz, bet, aft, bashara, turq (dominanta — yuz); nur, shu’la, yog‘du, ziyo (dominanta — nur); yolg‘iz, yakka, tanho (dominanta — yolg‘iz) kabi. Bulardan yuz (birinchi qatorda), nur (ikkinchi qatorda) va yolg‘iz (uchinchi qatorda) betaraf ma’nolidir;

  1. leksemalarning turkumlik semalari bir xil bo‘ladi, bu hol sinonimlarning bir so‘z turkumiga birlashishini taqozo qiladi: bahor va ko‘klam (ot), chiroyli va go‘zal (sifat), so‘zlamoq va gapirmoq (fe’l) kabi.

Yuqoridagi xususiyatlardan, ayniqsa, ifoda semalarining har xilligidan kelib chiqib, leksik sinonimlar quyidagi turlarga ajratiladi:
1. Ma’noviy sinonimlar (ideografik sinonimlar). Bunday sinonimlar ma’no qirralari bilan farqlanadi. Masalan, achchiqlanmoq, g‘azablanmoq, qahrlanmoq leksemalari «g‘azabi kelmoq» ma’nosi bilan bir sinonimik qatorga birlashadi, ammo ularda shu ma’noni ifodalash darajasi bir xil emas, u «achchiqlanmoq»dan «g‘azablanmoq»qa, «g‘azablanmoq»dan esa «qahrlanmoq»qa qarab kuchayib boradi.
2. Uslubiy sinonimlar (stilistik sinonimlar). Bunday sinonimlarning leksik ma’nosi ijobiy yoki salbiy bo‘yoqlar (uslubiy semalar) bilan qoplangan bo‘ladi, ayni shu uslubiy semalar sinonimlarning uslubiy vosita sifatidagi qiymatini belgilaydi. Masalan, jilmaymoq, iljaymoq, irjaymoq, tirjaymoq, ishshaymoq va irshaymoq leksemalarining barchasida bitta leksik ma’no «ovoz chiqarmay miyig‘ida kulish» hodisasini nomlash bor, ammo shu ma’no jilmaymoq leksemasida biroz ijobiy, iljaymoq leksemasida esa biroz salbiy bo‘yoq bilan qoplangan, bu salbiy bo‘yoq irjaymoq, tirjaymoq, ishshaymoq va irshaymoq leksemalarida yana-da ortib boradi. Qiyos qiling: U hamisha kulib, jilmayib turadigan mehribon chehrani ko‘rmadi (M.Ism.). Sho‘xroq qiz, yigitlar iljayib, bir-biriga ko‘z qisib qo‘yishadi («Mushtum»). Fosih afandi bo‘lsa ... qora duldul ustida kuydirgan kalladay i rjayib o‘tirar edi (M.Ism.). Fazliddin tirjayib, egri-bugri tishlarining oqini ko‘rsatdi (O.) Lekin Murzin hayron qolib: «U emas-ku!» — degan edi, kommendant: «Adashmang, aynan o‘zi», - dedi surbetlarcha ishshayib. (Sh.). Yer yutgurlar, nima qilib irshayib turibsizlar, huv, ko‘zlaring teshilsin! dedi xotinlardan biri (M.Os.).
3. Nutqiy sinonimlar — nutqning u yoki bu turiga xoslanishi bilan o‘zaro farqlanadigan sinonimlar. Masalan, ozgina, picha, sal, xiyol, jinday, qittay, jichcha qatoridagi ozgina leksemasi nutqning barcha ko‘rinishlarida (adabiy nutqda ham, so‘zlashuv nutqida ham) qo‘llana olgani holda, picha, xiyol, jinday, qittay, jichcha leksemalari faqat so‘zlashuv nutqiga xoslangandir.
4. Kontekstual sinonimiya — til birligi sifatida o‘zaro sinonim bo‘lmagan leksemalarning ma’lum kontekst doirasida (demak, nutq ichida) sinonimik munosabatga kiritilishi. Masalan, chinni va kosa so‘zlarining leksik ma’nolari bir xil emas: chinni «idish-tovoq, izolatsion materiallar yasash uchun ishlatiladigan oq loy»ni, kosa esa «piyoladan kattaroq idish»ni ataydi. Demak, biri «material»ni, ikkinchisi esa shu materialdan yasalgan «idish»ni anglatadi, shunga ko‘ra ular sinonim hisoblanmaydi, ammo ayrim shevalarda chinni leksemasi «kosa» ma’nosida ham qo‘llanadi, binobarin, shu shevaga xos kontekst ichida u kosa leksemasining sinonimiga aylanadi. Masalan, Xaljonbeka... xitoyi chinnida moy olib keldi (J.Sh.)
Kontekst doirasida sinonimlashish hodisasi ayniqsa muallif leksema­sining nutqdagi qo‘llanishida ko‘p uchraydi. Ma’lumki, muallif leksemasining sememasi tarkibida «yozuvchi», «shoir», «hikoyanavis», «olim», «ixtirochi» kabi qator semalar mujassamlangan. Demak, uning ma’no ko‘lami ancha keng. Kontekst ichida esa muallif sememasining shu semalaridan biri aktuallashadi, qolganlari reallashmaydi. Masalan, roman, hikoya kabi nasriy asarlar haqida gap ketganda muallif leksemasi faqat «yozuvchi» ma’nosida qo‘llanadi, demak, yozuvchi leksemasining kontekstual sinonimiga aylanadi, kontekstdan tashqarida esa bu ikki so‘z sinonim bo‘la olniaydi, chunki ularning ma’no ko‘lami o‘zaro teng emas.
Tilda leksik ma’nolari o‘zaro teng bo‘lib, farqlovchi semalari bo‘lmagan leksemalar ham uchraydi: so‘roq va savol, xabar va darak, tema va mavzu, nom va ot kabi. Tilshunoslikda bu tipdagi leksemalar absolut sinonimlar yoki leksik dubletlar deb ikki xil nomlanmoqda.
Leksemalarning sinonim bo‘la olmaydigan holatlari
Quyidagi holatlarda leksemalar o‘zaro sinonim bo‘la olmaydi:

  1. Turli turkum leksemalari: ot bilan sifat, sifat bilan fe’l va b.lar.

  2. Bir turkum leksemalarida keng tushuncha nomlari bilan tor tushuncha nomlari. Bunday holat ko‘proq terminologiyaga xosdir. Masalan, botanikada tur va xil terminlarining tushuncha doirasi teng emas: tur termini urug‘dosh bo‘lgan bir necha xil va navlarni o‘z ichiga olgan takson tushunchasini ifodalaydi, ayni paytda turlar turkumlarga, turkumlar esa oilalarga birlashadi. Shunga ko‘ra tur va xil, tur va turkum kabi sinonimik qatorlar bo‘lishi mumkin emas.

  3. Ijtimoiy mohiyati teng bo‘lmagan hodisa-voqeliklarning nomlari: qozi va sudya, mirshab va militsioner kabilar. Bulardan qozi va mirshab leksemalari feodal tuzumdagi voqelikni, sudya va militsioner leksemalari esa hozirgi demokratik tuzumga xos voqelikni nomlaydi.

Sinonimik munosabatda bo‘lgan so‘zlar o‘zbek tili lug‘at boyligining turli leksik qatlamlariga mansubdir. Masalan, anglamoq (o‘zb.) — tushunmoq (o‘zb.); go‘zal (umumtil) — suluv (dial.); husn (ar.) — chiroy (f-t.); xat (ar.) — maktub (ar.) — noma (f-t.); kishi (o‘zb.) — odam (ar.); ko‘k (o‘zb.) — osmon (t-f.) — falak (ar.); analiz (r-bl) — tahlil (ar.); tema (r-b.) — mavzu (ar.) kabi.
Sh.Xolmirzayev hikoyalari leksikasida ham bir qancha sinonimik qatorlar aniqlandi. Mazkur sinonimik qatorlardagi leksemalar o‘z va o‘zlashgan qatlamga tegishli ekani bilan xarakterlidir. Quyida mazkur sinonimik qatorlarni tashkil etgan leksemalarning turkumlik semalariga ko‘ra quyidagicha tasniflashni lozim topdik:
1. Ish-harakat, holat ma’nosidagi leksemalardan tashkil topgan sinonimik qatorlar:
rohatlanishzavq olish – xursand bo‘lish: Xursand bo‘lish kerak. Zavqlanish kerak. … Bundan rohatlanish kerak (7-b.).
mizg‘ib olmoq – uxlamoq: Mazkur sinonimik qatordagi mizg‘ib olmoq fe’l leksemasi “ozgina uxlamoq, ko‘z ilintirmoq” ma’nosi bilan (O‘TIL, 2, 590), uxlamoq leksemasi esa “uyquga ketmoq, uxloq holatda bo‘lmoq” ma’nosi bilan (O‘TIL, 4, 305) bir-biridan farqlanadi. Ammo “Bir ko‘rgan tanish” hikoyasida kontekstual antonimlikni hosil qilgan:

  • Yot, mizg‘ib ol.

  • Uyqum kelmayapti, o‘rtoq muallim.

  • Undoq bo‘lsa, men uxlayman. Mana, soat hozir bir. To‘rtda meni uyg‘otasan (8-b.).

kulimsiramoq – jilmaymoq – iljaymoq – tirjaymoq sinonimik qatoridagi ma’nodoshlar o‘zining differensial ma’no nozikliklari bilan bir-biridan farqlanadi. Ya’ni sinonimik qatordagi bosh ma’no kulimsiramoqdan tirjaymoqqa tomon o‘zining salbiy bo‘yog‘i bilan farqlana boradi:
Men yelkamni qisdim va «uzr, o‘rtoq muallim, onam sal xushomadgo‘yroq» deganday, kulimsiradim (11-b.); Er-xotin yosh bolaga jilmayganday bir-biriga jilmaydi...(24-b.); Ochiq eshik oldida hassasiga tayanib turgan chol manglayi tagidan itga tikilib iljaydi, yo‘lkaga qaradi (27-b.); Birovning narsasiga tegishni yomon ko‘radi bu kishi, - dedi kesatib Habibulla, so‘ng bir shumlikni o‘yladimi, tirjaydi: — Ko‘ramiz hali, ko‘ramiz... (15-b.)
Qurimoq – qovjiramoq ma’nodoshlik qatoridagi qovjiramoq fe’l leksemasi “qovjiragan, quruqshagan holatli” ma’nosi bilan qurimoq harakatining kuchli holatini ifodalaydi:
Poyafzal qurib tursin (34-b.); Xoliq ko‘zlari ola-kula bo‘lib, «ketib qolmaysizlar-da!» deganday bo‘ldi, so‘ng supa pastidagi qovjirab qolgan gulzor tarafga ikki qadam bosib:
− Tog‘a, men darrov kelaman! – dedi (107-b.).
2. Narsa-predmet, hodisa, mavhum ma’noli leksemalardan tashkil topgan sinonimik qatorlar: Sh.Xolmirzayev hikoyalari leksikasida bir qancha narsa-predmet, hodisa ma’nosini ifoda etuvchi leksemalardan tashkil topgan sinonimik qatorlar aniqlandi.
O‘t – olov – gulxan
Mazkur sinonimik qatordagi “yonish jarayoni, olov, otash” ma’nosidagi mazkur leksemalar ma’nodoshlik hosil qilgan:

Download 355 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling